Oyoqning kaft ustu-kaft bo‘g‘imlari (lisfrank bo‘g‘imi) kubsi-
mon va ponasimon suyaklarning kaft suyaklari bilan birlashishidan
hosil bo‘ladi. U uchta alohida bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, birinchi-
si medial ponasimon va I kaft suyagi o‘rtasidagi alohida bo‘g‘im
xaltasi bilan o‘ralgan egarsimon bo‘g‘im. Ikkinchi bo‘g‘im oraliq-
dagi va lateral ponasimon suyaklar bilan II ва III kaft suyakla-
ri o‘rtasidagi ikkita bo‘g‘im bitta bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan.
Uchinchi bo‘g‘im kubsimon suyak bilan IV va V kaft suyaklari
o‘rtasida joylashgan. Bu ikki bo‘g‘im ham bitta bo‘g‘im xaltasi bi-
lan o‘ralgan. Bo‘g‘im xaltasi ust ki va oyoq kaftidagi kaft usti-kaft
boylamlari hamda ponasimon va kaft suyaklariaro boylamlar
bilan
mustahkamlanadi. Bu boylamlardan medial ponasimon suyak bi-
lan II kaft suyagi o‘rtasidagisi amaliyotda ahamiyatga ega bo‘lgani
uchun lisfrank bo‘g‘imi kaliti deyiladi. Kaft oldi-kaft bo‘g‘imlari
yassi bo‘g‘im turiga kirsa ham, harakat juda chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |