VIII juft – dahliz-chig‘anoq nervi (n. vestibulocochearis) se-
zuv chi nerv. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuv-
chi tolalardan tuzilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz
qismi nerv hujayralari ichki eshituv yo‘li tubidagi dahliz tuguni-
da joylashgan. Ularning periferik o‘siqlari ichki quloqning parda
labirintida retseptorlar hosil qilib tugaydi. Markaziy o‘siqlari esa
rombsimon chuqurchada joylashgan vestibulyar o‘zaklarga boradi.
Chig‘anoq qismi spiral kanalda joylashgan chig‘anoq tuguni hu-
jayralarining o‘siqlaridan iborat. Ularning periferik o‘siqlari spi-
ral a’zoda tugasa, markaziy o‘siq lari rombsimon chuqurchada-
gi chig‘anoq o‘zaklarida tugaydi. Nerv miya asosidan ko‘prikning
orqasidan, yuz nervi ildizidan lateralroq dan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |