375
ki chekkasi sohasida boshlanadi. Yelka sohasida yelka arteriyasi
yelka ning ikki bosh li mushagini medial tomonidagi egatda o‘z no-
midagi venalar va o‘rtadagi nerv bilan tirsak chuqurchasiga bora-
di. Bu chuqurchada bilak suyagi bo‘yni sohasida bilak va tirsak ar-
teriyalariga bo‘linadi. Yelka arteriyasining eng katta tarmog‘i yel-
kaning chuqur arteriyasi bilak nervi bilan yelka-mushak kanalida
yo‘nalib, yelka suyagini va yelka mushaklarini qon bilan ta’min-
laydi, uning tarmoqlari, shuningdek, tirsak bo‘g‘imi arterial to‘ri-
ni hosil qilish da ishtirok etadi. Yelka arteriyasining tarmoqlari
bo‘lgan tirsak tarafdagi yuqori va pastki arteriyalar tirsakning qay-
tuvchi arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashib, tirsak bo‘g‘imi
to‘rini hosil qilishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: