Og‘iz bo‘shlig‘i
Og‘iz bo‘shlig‘i (cavitas oris) hazm a’zolari tizimining bosh-
lang‘ich qismi. Og‘iz bo‘shlig‘i pastdan og‘iz diafragmasi, yuqo-
ridan qattiq va yumshoq tanglay, yon tomondan lunjlar, old to-
mondan lab lar bilan chegaralansa, orqada tomoq teshigi vosi-
tasida halqum bilan qo‘shiladi. Tish lar va jag‘larning alveolyar
o‘simtalari og‘iz bo‘sh lig‘ini ikki: og‘iz dahlizi va xususiy og‘iz
bo‘shlig‘iga ajratadi.
Og‘iz dahlizi
tashqi tomondan lablar va lunj bilan, ichki to-
mondan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og‘iz dahliziga
kirish og‘iz yorig‘i
lablar bilan chegaralanadi.
Milk
ustki va pastki jag‘larning alveolyar o‘sig‘ini qoplagan
shilliq parda. U juda qalin va pishiq bo‘lib, tish bo‘ynini o‘rab
oladi va suyak usti pardaga mustahkam birikadi.
Ustki va pastki labning
asosini og‘iz tirqishi atrofidagi aylana
mu shak tashkil qiladi. Uni tashqi tomondan teri,
Do'stlaringiz bilan baham: |