148
Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari
Tananing orqa tomonidagi mushaklari juft bo‘lib, tananing or-
qa yuzasida dumg‘aza va yonbosh suyaklari qirrasidan kalla asosi-
gacha bo‘lgan sohani egallaydi. Ular birnecha qavat bo‘lib joyla-
shadi. Orqa mushaklari yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi.
Tananing orqa tomonidagi mushaklarning yuza guruhi yel-
ka kamari va yelka suyagiga birikib (81-rasm), bir nechta qa-
vat bo‘lib joylashadi. Ularga trapetsiyasimon mushak, orqaning
serbar mushagi, katta va kichik rombsimon mushaklar, kurakni
ko‘taruvchi mushak, orqaning yuqorigi va pastki tishli mushakla-
ri kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: