TANA SUYAKLARINING BIRLASHUVI
Umurtqalarning birlashuvi
Umurtqalar o‘zaro tanasi, bo‘g‘im o‘siqchalari va ravog‘i bi-
lan birlashadi (33-rasm). Umurtqalarning tanasi o‘zaro umurtqa-
lar orasidagi disk yordamida qo‘shiladi. Umurtqa pog‘onasida ja-
mi 23 ta tog‘ay disk bo‘lib, ular II–III bo‘yin umurtqalari o‘rta-
sidan bosh lanib, to V bel va I dumg‘aza umurtqa oralig‘igacha
davom etadi. Umurtqalar orasidagi disk ikki qismdan: tashqi–to-
lali tog‘aydan tuzilgan
fibroz halqa
va markazda joylashgan diril-
doq o‘zakdan
iborat. Diril doq o‘zak xuddi bosilgan prujina sin-
gari bosim ostida turib amortizator vazifa-
sini bajaradi.
Umurtqalar orasidagi diskning kengli-
gi umurtqa tanasidan katta bo‘lgani uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |