20–ko‘ruv o‘qi; 21–ko‘z olmasining tashqi o‘qi.
495
chi qadigan sohada unga birikib ketadi. Koz olmasining qon to-
mirli par dasi uch qism dan: oldingi – rangdor parda, o‘rta – kip-
rikli tana va orqa – xususiy qon to mirli pardadan iborat.
Rangdor parda aylana shakliga ega bo‘lib, o‘rtasida ko‘z qo-
rachi g‘i bor.
Rangdor pardada pigment bo‘lib, ko‘zning rangi
uning miq doriga bog‘liq, agar pigment ko‘p bo‘lsa – rangi qo-
ramtir, kamroq bo‘l sa – zangori, pigment bo‘lmasa – qizil rang-
da bo‘ladi. Rang dor parda ichida qorachiq atrofini halqa shaklida
o‘ragan, qorachiqni toraytiruvchi va radiar joylashgan qorachiqni
kengaytiruvchi mu shak bor.
Kiprikli tana ko‘z olmasini qon tomirli pardasining qalinlash-
gan o‘rta qismi bo‘lib, muguz pardani skleraga o‘tish sohasida ay-
lana shaklida joylashgan. Uning orqa qismi kiprikli aylana xusu-
siy tomirli pardaga o‘tib ketadi. Kiprikli tananing oldingi qismi 70
ga yaqin radiar yo‘nalgan uzunligi 3 mm bo‘lgan kiprikli o‘sim-
talar hosil qiladi. Kiprikli tana ichida tolalari meridonial, radiar,
bo‘ylama va aylanma yo‘nalishdagi silliq mushak tolalaridan ibo-
rat kiprikli mushak joy lashgan. Bu mushak qisqarganida ko‘zni
akkomodatsiya qiladi.
Xususiy qon tomirli parda ko‘z olmasining o‘rta qavatini orqa
katta qismini tashkil qiladi. Xususiy qon tomirli parda bilan skle-
ra o‘rtasida tomirlar atrofidagi oraliq bor.
Ko‘z olmasining ichki pardasi yoki to‘r parda nur sezuvchi
qismi bo‘ lib, qon tomirli pardani ichki tomonidan qoplab turadi.
To‘r pardada tashqi pigmentli qavat va ichki murakkab tuzilgan
nur sezuv chi qavat tafovut qilinadi. Nur sezish faoliyatiga qa-
rab orqa katta nur sezuvchi hujayralar (tayoqchalar va kolbacha-
lar) joylash gan ko‘ruv qismi va oldingi kichik ko‘ruv hujayralari
bo‘lmagan ko‘r qismiga bo‘linadi. To‘r pardaning orqa qismiga
ko‘z olmasining tubiga oftalmoskop bilan qaraganda, ko‘ruv ner-
vi diski, uning markaz da esa to‘r pardaga kirayotgan to‘r parda-
ning markaziy arteriyasi ko‘rinadi. Ko‘ruv nervi diskidan tashqi-
roqda orqa qutb sohasida sariq dog‘ a uning markaziy chuqurcha-
si ko‘rinadi. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar to‘plangan
bo‘lib, eng yaxshi ko‘rish sohasi hisoblanadi.
Ko‘z olmasining ichki muhitini ko‘z gavhari, shishasimon tana
va ko‘z olmasining oldingi va orqa kameralarining suv kabi suyuq-
ligi tashkil qiladi.
Ko‘z gavhari ikki tomoni qavariq linzaga o‘xshaydi va kuch-
496
li nur sindirish qobiliyatiga ega. Uning oldingi yuzasi va oldin-
gi qutbi ko‘z olmasining orqa kamerasiga qaragan. Orqa yuzasi
qabariq roq bo‘lib, orqa qutb bilan shishasimon tanaga tegib tu-
radi. Uning oldingi va orqa yuzalari qo‘shilgan chekkasi gavhar
ekvatori deyiladi. Gavhar moddasi rangsiz, qattiq, qon tomir va
nervlari bo‘lmaydi. Gavharning ichki qismi – gavhar o‘zagi, pe-
riferik – gavhar po‘stlog‘iga nisbatan qattiq. Ko‘z gav hari tashqi
tomondan tiniq, elastik xalta bilan qoplangan bo‘lib, gavharning
oldingi va orqa yuzalaridan boshlanuv chi sinnon boylamlari vosi-
tasida kiprikli tanaga birikadi. Kiprikli mushak qisqarganida xusu-
siy tomirli parda oldinga suriladi va kiprikli tana gavharning ekva-
toriga yaqinlashadi, sinnon boylami bo‘shashib, gavharning oldin-
gi-orqa o‘lchami kattalashadi. Uning qavariqligi oshib, nur sindi-
rish qobiliyati ortadi. Kiprikli mushak bo‘shashganida kiprikli ta-
na gavhar ekvatoridan uzoqla shadi, sinnon boylami taranglashib,
gavhar yassilashadi va uning nur sindirish qobiliyati kamayadi.
Shishasimon tana gavharning orqa tomonida joylashadi. U ti-
niq, qon tomirlar va nervlari yo‘q quyuq mas sadan iborat. Tashqi
tomondan shi sha simon tana pardasi bilan o‘ralib, shishasimon
tana stromasi va tiniq suyuqlikdan iborat. Uning nur sindirish
qobiliyati ko‘z olmasi kameralari suyuqligi ko‘rsatkichiga yaqin.
Ko‘z olmasida muguz parda bilan rangdor parda o‘rtasida ko‘z
olmasining oldingi, rangdor parda bilan gavhar o‘rtasida ko‘z ol-
masining orqa kameralari mavjud bo‘lib, ularda joylashgan suv
kabi suyuq lik
ham nur sindiruvchi apparat tarkibiga kiradi. Oldin-
gi va orqa kameralar o‘zaro qorachiq teshigi orqali qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: