Sochlar
(pili) terini turli sohalarida turlicha qoplagan. Ular
epidermis hosilasi bo‘lib, teri usti qismi va ildizi tafovut qilina-
di. Ildizi teri ichida joylashib, sochning o‘suvchi kengaygan qismi
soch piyoz chasini hosil qiladi. Soch ildizi biriktiruvchi to‘qimali
qopcha ichida yotadi. Bu qopcha ichiga moy bezlarining chiqa-
ruv nayi ochiladi. Uni sochni ko‘taruv chi mushak o‘raydi. U qis-
qarganda moy bezini siqadi va soch tikkayadi. Sochning rangi
uning tarkibidagi pigment ga bog‘liq. Soch tarkibida havo pufak-
chalari paydo bo‘lib, pigment yo‘qolsa soch oqaradi.
Tirnoqlar
(unguis) epidermisni dag‘allashishidan paydo bo‘la-
di. U tirnoq o‘rnida yotadi. Bu tirnoqni o‘suvchi qismi hisobla-
nadi. Tir noqda tirnoq yorig‘ida joylashgan ildizi
,
tanasi va tirnoq
o‘rnidan tash qarida joylashgan erkin chekkasi tafovut qilinadi.
Tirnoqni ildizi va yon tomonidan chegaralagan teri burmalarni
tirnoq bolishlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |