Tana suyaklari va ularning birlashuvi
Tana skeleti umurtqa pog‘onasi
va ko‘krak qafasidan iborat.
Umurtqa pog‘onasi (columna vertebralis) 33–34 ta umurtqadan
hosil bo‘ladi. Shundan 24 tasi erkin (7 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak,
5 ta bel) bo‘lib, 5 ta dumg‘aza umurtqalari o‘zaro birlashib, du-
mg‘aza suyagini, 3–5 ta dum umurtqalari dum suyagini hosil qi-
ladi.
Umurtqa
(vertebra) (22-rasm) tana
va ravoqdan
iborat.
Umurt qa tanasi oldinga qaragan bo‘lib, tayanch vazifasini baja-
radi, u past ga tomon gavdaning og‘irligiga qarab kattalashib bo-
radi. Umurtqa ravog‘i tananing orqasida joylashib, tana bilan ik-
kita umurtqa ravog‘ining oyoqchalari vositasida birikib, umurt-
qa teshigini hosil qiladi. Umurtqa teshiklari o‘zaro qo‘shilishidan
umurtqa kanali hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |