Анатом- меш


Kerakli material va jihozlar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/134
Sana20.07.2022
Hajmi2,98 Mb.
#826034
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Kerakli material va jihozlar. 
Rostomer, santimetr lenta, dinamometr, 
spirometr, paxta, spirt, jadvallar. 
Mavzuning maqsadi.
O’sish yoshidagi organizmning jismoniy 
rivojlanishini antropometrik usullar yordamida gigienik baholash. Ishni bajarish tartibi. 
1.Somatometrik o’lchovlar
. L.Bo’yning o’lchamini olish uchun bo’yning 
balandligi rostomer - bo’y o’lchash asbobi yordamida o’lchanadi. Tekshiriluvchi 
orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tovoni 
rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bo’y rostomer shkalasining chap qismidan 
aniqlanadi. O’tirgan holda o’lchanganda tekshiriluvchining kuraklari rostomerga tegib 
turishi kerak. O’tirgan holda odamning bo’yi rostomerning o’ng tomonidan 
o’lchanadi. 
2.Ko’krak qafasi aylanasi.
Ko’krak qafasining aylanasi uchta holatda-
maksimal nafas olganda, maksimal nafas chiqarganda va pauzada o’lchanadi. Bunda 
tekshiriluvchi qo’llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda ko’krak aylanasi o’lchanganda 
santimetr lenta kurakning pastki uchiga va ko’krak bezini o’rtasiga qo’yiladi.Ayollarda 
santimetr lenta yordamida ko’krakning yuqori qismidan aylantirib o’lchanadi. 
3.Bosh aylanasi santimetr lenta yordamida peshona usti bilan aylantirib 
o’lchanadi. 
4.Vazn tibbiyot tarozisida kiyimlarni engillashtirilgan holda o’lchanadi. 


79
2.Somatoskopik o’lchovlar.
Somatoskopik ko’rsatkichlarga tashqi qoplam, 
yog’ qatlami, mushaklarning rivojlanganligi, suyaklarning rivojlanganligi, oyoqlar 
shakli, ko’krak qafasining shakli, qaddi-qomat kabi ko’rsatkichlar kiradi. 
1.Tashqi qoplam. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko’rsatkich 
barmoqlar bilan qo’l kaftining terisi yuqoriga tortib qo’yib yuboriladi. Agarda teri 
tezda o’z holatiga qaytsa, uning elastikligi me’yorda bo’ladi, agarda tezda o’z holatiga 
qaytmasa uning elastikligi kam bo’ladi. 
2. Yog’ qatlami. Yog’ qatlami bo’yinning pastki qismi va o’mrov suyaklari 
sohasida aniqlanadi. Agarda shu sohalardagi suyaklar yaqqol ko’rinsa yog’ qatlami 
kam, agarda sezilar-sezilmas darajada bo’lsa yog’ qatlami meyorda, agarda umuman 
sezilmasa yog’ qatlami ko’p bo’ladi. 
3. Mushaklarning rivojlanganligi. Mushaklarni ushlab ko’riladi. agarda 
mushaklar qalin etli va tarang bo’lsa yaxshi rkvojlangan, ma’lum darajada etli va 
taranglikka ega bo’lsa meyorda, etsiz va bo’sh bo’lsa yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. 
4. Suyaklarning rivojlanganligi. Suyaklarni ushlab ko’rib yirik yoki nozik 
ekanligini bilish mumknn. Suyaklar qalinligiga qarab yo’g’on, me’yorda va nozik 
bo’lishi mumkin. Yo’g’on suyaklar organizmda A vitamini ortib ketganda, ya’ni 
gipervitaminozda uchraydi va kasallik hisoblanadi. Me’yordagi suyaklar ma’lum 
darajadagi qalinlikda bo’ladi. Nozik suyaklar nisbatan ingichkaligi bilan ajralib 
turadi. 
5. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N - meyorda, O - simon va X-simon 
shaklda bo’ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O-
simon shakl bolani noto’g’ri yo’rgaklash va raxit kasalliklari tufayli vujudga kelishi 
mumkin. Bunda tizzalar bir-biriga tegib turmaydi. X-simon oyoq shakli ham 
yuqoridagi sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunda tizza ichkariga bukilgan 
bo’ladi. 
6. Ko’krak qafasi shakli. Uch xil ko’krak qafasi shakli farq qilinadi-
konussimon, tsilindrik, yassi. Konussimon ko’krak qafasi asosan sportning og’ir 
atletika va suzish turlari bilan shug’ullangan, muskullari yaxshi rivojlangan 
odamlarda bo’ladi. Yassi ko’krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda 
kuzatiladi. Tsilindrik ko’krak qafasi normal hisoblanadi. 
7. Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, elka kamari, ko’krak qafasining shakli, 
umurtqa pog’onasi, qorni, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog’liq bo’ladi. 
Normal, egilgan, lordoz, kifoz, skolioz qomat xillari farqlanadi. Normal qomatda bosh 
to’g’ri joylashadi, elka biroz orqada, umurtqa pog’onasi normal egriliklarga ega, 
ko’krak qafasi tsilindr yoki konus shaklida bo’ladi. Egilgan qomatda elka oldinga 
egilgan, lordoz qomatda umurtqa pog’onasining ko’krak qismidagi egrilik meyordan 
ortiq, kifoz qomatda umurtqa pog’onasining bel qismidagi egrilik meyordan ortiq 
bo’ladi. Skolyoz qomatda umurtqa pog’onasinnng o’ng yoki chap tomonga egilishi 
kuzatiladi. 
Sinf partalarining bolani bo’yiga mos kelmasligi, bolalarning o’quv va 
mehnat faoliyatini tashkil etishda o’quv va mehiat sharoitlarining gigienaga to’g’ri 
kelmasligi, sinf jihozlarining maqsadga muvofiq bo’lmasligi, portfelini doim bir 
qo’lda olib yurishi, uydagi yumushlarni bajarishda ish o’rnining gigienik jihatdan 
to’g’ri kelmasligi, o’rin - qo’rpaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo’lishi 


80
umurtqa pog’onasining rivojlanish xususiyatlariga etarlicha baho bermaslik tayanch - 
harakat apparatining noto’g’ri o’sib - rivojlanishiga olib keladi. Tayanch - harakat 
apparatining shakllanishida gigienik qonunlarga rioya qilmaslik umurtqa 
pog’onasining noto’g’ri rivojlanishiga, ya’ni qad - qomatning buzilishiga olib keladi. 
Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad-qomat deymladi. 
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda bopga bir oz oldinga egilgan, 
elkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botikrok, korni oldinga chiqqan bo’ladi. 
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar kanotga o’xshash ko’tarilib turadi va 
bukir holat yuzaga keladi. 
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa kismi tekis, ko’krak 
qafasi yassi, korni oldinga chikkan bo’ladi, umurtqa pog’onasining bel qismi 
normadak ko’prok oldinga bukilishi kuzatiladi. 
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda elkalarining biri 
past, biri balaid, ko’kraklari ham past, baland bo’lib, ko’krak qafasining bir tomoni 
bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat 
tashqi ko’rinishni emas, balki ichki organlar (o’pka, yurak, jigar, buyrak,
 
oshqozon 
va ichak kabilar) ning rivojlannshi va funktsiyasyaga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
8. Yassioyoqlik. Yassioyoqlik darajalari oyoq kaftining ichki botig’iga 
qarab aniqlanadi.Buni aniqlash uchun oyoq izlari tekis joyga tushiriladi. Agarda oyoq 
kaftining ichki botig’i kam yoki umuman bo’lmasa yassioyoqlik hisoblanadi. 
Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori 
vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og’ir yuk ko’targanda, tor 
poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib 
chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyoqning tovon-panja va boldir muskullarida og’riq 
bo’ladi. Yassioyoqlik tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Yassioyoqlikning 
tug’ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda 
yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurishi, uzoq vaqt tik turishi, yosh bola 
poshnasi yumshoq poyabzal kiyishi, o’quvchilarning kun bo’yi poshnasiz sport 
poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyishi, og’ir yuk 
ko’tarishi. Ana shularni hisobga olib, yasioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish 
kerak. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish