Buyrak usti bezlari.
Bir juft bo`lib, ikkita buyraklarning ustida joylashgan.
Bezning vazni yangi tug`ilgan bolalarda 7-8 g. 1-2 yoshda 5 g, 3-5 yoshda 5,5 g, 8-10
yoshda 7 g, 11-15 yoshda 8,5 g, kattalarda 14-15 g keladi. Bez po`stloq va mag`iz
qismdan iborat. Bezning mag`iz qismi bola 2 yoshga to`lguncha rivojlanib boradi.
Buyrak usti bezining po`stloq qavatida uch guruh kortikosteroit gormonlar ishlab
chiqariladi: Moddalar almashinuviga ta'sir etuvchi glyukogokortikoid gormonlar,
mineral tuzlar almashinuvini boshqaruvchi mineralokortikoidlar, erkak va ayol
jinsiy gormonlarining bir turi androgenlar va estrogenlar ishlab chiqariladi.
Buyrak usti bezining mag`iz gormonlari ishlab noradrenalin va adrenalin
gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar qon aylanishini, muskullar qisqarishini
tezlashtradi, nafas olishni kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi, jigarda glikogen
parchalarini jadallashtiradi, me`da va ichaklar qisqarishi sekinlashadi, Ko`z
qorachig`i kengayadi. Emotsional holatda (qo`rqqanda, hayajonlanganda) adrenalin
ko`p ishlab chiqiladi, natijada yurak urishi tezlashib, qon bosimi ortadi.
Androgenlar ko`p ishlab chiqilsa yosh bolada balog`atga etish belgilari
paydo bo`ladi. Ba'zan yoshi keksaygan ayollarda androgenlar ko`p ishlab chiqarilsa,
ularning iyagida soqol o`sadi, ovoz erkaklarnikiga o`xshab qoladi.
Me'da osti bezi
. Me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi
ro`parasida joylashgan bo`lib, og`irligi yangi tug`ilgan bolada 4-5 g, balog`atga etish
davrida 15-20 baravar kattalashadi. Uning vazni kattalarda 70-80 g, uzunligi 16-20
sm gacha bo`ladi. Me'da osti bezi aralash bez bo`lib, to`qimasining 98-99 % tashqi
sekretsiya funktsiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi shira yoki
fermentlarni ishlab chiqaradi. qolgan bir ikki foizi ya'ni Langergans orolchasi deb
ataluvchi qismi ichki sekretsiya funktsiyasini bajaradi. Bezning Langergans orolchasi
qismida glyukagon, insulin va gastrin gormonlari ishlab chiqariladi.
Glyukagon – alfa hujayralaridan ishlab chiqiladi. Bu yog`` to`qimalaridagi
yog``ning parchalanishini tezlashtiradi. Sekresiya funktsiyasida jigar muskullarida
zahira holda to`plangan glyukogen moddasini parchalab glyukozaga aylantiradi.
Gastrin gormoni esa qon orqali me'daning ferment ajratish funktsiyasini boshqarishda
ishtirok etadi.
Insulin ta'sirida qondagi qand yani uglevodlar zapasi glikogenga aylanadi.
Insulinning kamayishi qandlik diabetga olib keladi. Insulin organizmda yog``
to`planishini yaxshilaydi. Insulin B betta- hujayralaridan ishlab chiqiladi. Oqsillarni
sintezlashda embrionning dastlabki rivojlanishida uning qoniga insulin ko`p bo`ladi.
Tug`ilgandan keyin insulin miqdori o`zgarishlarga uchraydi. Sog`lom odam qonida
qandning normal miqdori 80-120 mg % bo`ladi, qandli diabet kasalligida esa uning
miqdori 150-250 ml g % ga ko`tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Bu kasallik
turli yoshlarda ayniqsa 6-12 yoshli bolalarda ko`p uchraydi. Uning kelib chiqishiga
sabab, ko`p siqilish va uglevodlarga boy ovqatlar, hamirli ovqat, qand, shirinliklarni
haddan tashqarii ko`p eyish natijasida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |