Kerakli material va jihozlar
. Jadvallar, santimetr lenta, termometr, lyuksometr.
Mavzuning maqsadi.
Talabalarda sinf xonasining yoritilishi va isitilishiga
qo’yilgan talablar haqida tushuncha hosil qilish. Ishni bajarish tartibi
1.Tabiiy yoritilishni gigienik baholash uchun quyidagilarni aniqlanadi.
A.Sinf derazalari partada o’tirgan o’quvchilarga nisbatan qaysi tomonda
joylashganligini toping (yorug’lik o’quvchilarga chap tomondan tushishi kerak).
B. Sinf xonasining yorug’lik koeffitsientini aniqlang. Buning uchun,
derazalarning oynalangan yuzasini polning sathiga bo’lgan nisbatini hisoblab chiqing.
Namuna: sinfning umumny sathi 48 kv.m. hamma derazalarning oynalangan yuzasi 8
kv.m., bo’lsa sinfning yorug’lik koeffitsienti 1:6 bo’ladi (normada yorug’lik
koeffitsienti 1:4,1:6 bo’lishi kerak).
V. Deraza tokchasining polga nisbatan balandligini aniqlang (normada
tokchaning balandligi 75-80sm, derazalar oralig’i 50-75sm.bo’lishi kerak).
G. Sinfning shifti, devori panelini gigienik baholang (normada shift, devor
eshik va romlarning rangi oq, panelning uzunligi 1,30sm, rangi och sariq och havo
ranglarda bo’lishi kerak).
D. Sinfning eng qorong’i qismida tabiiy yorug’lik etarliligini aniqlash
uchun o’quvchiga o’sha erda kitobni 30-35 sm uzoqlikda o’qitib ko’ring. Agarda
kitobni qiynalmay o’qisa tabiiy yorug’lik etarli, qiynalsa etarli emas. Bunda sun’iy
yorug’likdan foydalaniladi.
2.Sun’iy yorug’likni gigienik baholash uchun quyidagilar aniqlanadi:
103
A.Sinf xonasining yoritilish tipini aniqlang (xona cho’g’langan lampa yoki
lyumenetsent lampalar bilan yoritilishi mumkin).
B.Xonadagi elektr lampochkalari quvvatini aniqlang (normada 2100-2400
vatt yoki 175-3 50lyuks bo’lishi kerak).
V.Sinf doskasi maxsus yoritilganmi?
3. Sinf xonalarining isitilishini gigienik baholash uchun quyidagilarni
aniqlang:
A. Xona nima yordamida isitiladi (pechka yoki markaziy isitish sistemasi).
B. Termometr yordamida xona, koridor, garderob va sport zalining
haroratini o’lchang (normada sinf xonasining harorati qishda-17-19°S, bahorda 23-
24
0
S, kuzda-24-26°S , sport zali harorati 15-16°S, namligi 40-65% bo’lishi kerak).
4.Tabiiy va sun’iy ventilyatsiyyani quyidagicha gigienik baholanadi:
a) xonadagi fortochkalarning soni va umumiy hajmini hisoblang;
b) Fortochkalar yuzasini polning sathiga nisbatini aniqlang.
Namuna:fortochkalarning eni 0,6 m., balandligi 0,5m, xonaning yuzasi 50
kv.m.deb olsak, fortochkalar yuzasining xona poli sathiga bo’lgan nisbati 1:80 bo’ladi.
v) Har darsdan so’ng xona elvizak usulida shamollatiladimi?
g) Ximiya, fizika va biologiya laboratoriyalarida, ustaxonalarda sun’iy
so’rg’ich yoki ventilyatsiya bormi?
4-ilova
Mavzuni yanada mustahkamlash uchun «Mutaxassislar» uchrashuvi usulidan
foydalanamiz. Har bir talaba maktabda o’tkazilgan tekshiruv va kuzatuvlar asosida
guruh ichida o’zaro bilim almashadilar. Talabalar sinf xonasini yoritilishini, isitilishi
va shamollatilishini mutaxassis sifatida kuzatadi. Demak, guruhdagi talabalar
«mutaxassislar» bo’lib, o’zaro uchrashadilar. Guruhni 3 ta 1-guruhchaga bo’lib olamiz:
1-guruh yoritilishi tekshiruvchi mutaxassislar hisoblanadilar. Ular quyidagilarga e’tibor
berishlari kerak.
- sinf xonasini tabiiy yoritilish etarlimi;
- sun’iy yoritilish uchun qaysi yoritkichlardan foydalanamiz;
- sinf xonasini devorlari och rangda bo’yalganmi;
- derazaga qanaqa parda osish zarur;
- derazaga gullar qo’yilganmi?
- deraza oynalari tozalanganmi?
2-guruh talabalari xonani isitilishiga e’tibor beruvchi «muta-xassislar»
hisoblanadilar. Ular quyidagi narsalarni kuzatadilar:
- xona qaysi isitkich asbobi yordamida isitiladi ?
- sinf xonasini, koridor, ustaxona, sport zallari bir xil isitiladimi?
- xonada issiqlik etarli bo’lsa, o’quvchilar engil kiyimda o’tirishadi;
- xona isitilganda fortochkalarning holati.
3- guruh talabalari xonani shamollatilishini tekshiruvchi «mutaxassislar»dir.
Ular quyidagi holatlarga e’tibor beradilar. xonada fortochkalar soni, uning katta
kichikligiga e’tibor berish;
- o’quvchilar tanaffusda tashqariga chiqib, xonani shamollatilishi;
- elvizak usulida shamollatilishi kuzatiladi;
104
3 ta guruh bajargan topshiriqlarni prezentatsiya asosida yoritib beradilar,
talabalar o’rtasida savol-javob o’tkazilib mavzu mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |