So`rilish.
Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta'sirlar natijasida parchalanib,
suvda erigan holga kelgandan so`ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga
so`riladi. Me'dada suv, alkogol, ba'zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so`rila
boshlaydi. Yangi tug`ilgan bolalarda me'da ko`proq ovqat moddalari so`riladi. Yosh
ortishi bilan so`rilish kamayadi. Ichakning shilliq qavatida juda ko`p miqdorda
so`rgichlar bo`ladi. (Har bir mm2 22-40 ta). Ichak so`rgichlarining qisqarishini piyoz,
chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So`rgichlar qon tomirlariga juda boy.
Oqsillar ichak devorlaridan aminokislotalari holida, uglevoddan suvda erigan
monosahariddan, yog``lar esa yog`` kislotasi va glitsirin xolida qon va limfaga
so`riladi. Bolalarda ichakdan juda oz miqdorda oqsillar so`riladi. Suv va uglevoddan
yo`g`on ichak devorlaridan yaxshi so`riladi (katta odamlarda). Bolalarda ichakdan
aminokislotalar va monosaharidlarni so`rilishi katta odamdagi so`rilishga nisbatan tez
bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan so`rilish kamayadi. Shuningdek tuzlarning
so`rilishi ham susayadi. Tuzlarning so`rilishi maktab o`quvchilarida bog`cha
bolalariga nisbatan 2 marta ortiq. Jinsiy balog`at yoshida so`rilish yana kamayadi.
Issiq sharoitda bolalarning ovqatlanish vaqti va gigiyenasiga e'tibor berish kerak. Bu
sharoitda bog`cha yoshidagi bolalarda yog``ning hazm bo`lishi qiyinlashadi, chunki
yuqori temperaturada me'da, ichak, me'da osti bezidan shirani ajralishi, me'da
shirasining kislotaligi juda kamayib ketadi. Buning natijasida ba'zi qiyin
hazmlanadigan ovqat moddalari hazm bo`lmay, hazm kanallida chiriy boshlaydi.
Buning natijasida bola turli mikroblarga qarshi kurash qobiliyatini susaytiradi va u
dizenteriya, dispepsiya kasalliklariga yo`liqadi.
Bolalar orasida me'da — ichak kasalliklari 1 yoshgacha — 40%, 5
yoshgacha-30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto`g`ri
ovqatlanish, ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit og`riq bolalarda ovqat
hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish
sistemasining harakterli belgisi: shilliq, qavati nozik, qon va limfa tomirlariga boy,
elastikligi sust. Bu esa me'da-ichak traktining tez yallig`lanishiga va kasallikning
og`ir kechishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori
o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol
o`tishini ta'minlaydi. Bolalarda me'da shirasida kislotalik kam bo`ladi, fermentlar
kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va
tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi. Jigarning etarli
rivojlanmaganligi ham bolalarda me'da ichak kasallarini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |