An’anaviy iqtisodiyot



Download 17,65 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi17,65 Kb.
#819924

28-bilet

  1. An’anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy
    tizimdir. U hozirgi davrda ham ba’zi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan
    mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga
    asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. An’anaviy iqtisodiyotda natural
    yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi.

Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyoti
hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy,
aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan
iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi
Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir.
Aralash iqtisodiyot – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tuc olgan turi boʻlib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan oʻzining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mul kiy xilma-xillik(Mulkchilikning 3 shakli mavjud boʻlib, bular xusu-siy mulk, jamoa mulki va davlat mulkidan iborat buladi.), b) xoʻjalik yuritish xilma-xilligi. v) xoʻjalik faoliyati miqyosida muvozanatning ta’minlanishi.

  1. Sanatsiya (lotincha: canatio — sogʻlomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va boshqalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank choratadbirlari tizimi. Asosiy yoʻnalishlari — nochor korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki faoliyat turlarini oʻzgartirish, oʻz xomiyligiga oʻtkazish va boshqa S. bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga koʻra, bir korxonaning gullabyashnab ketishi, boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. S. orqali davlat bozor iktisodiyotiga taʼsir etadi

Tashqi boshqaruv - bankrot boʻlgan korxonada ishni qayta tashkil etish jarayoni. Tashqi boshqaruv xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda qoʻllaniladigan bankrotlik taomilidir. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa Tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, molmulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida xoʻjalik sudi tomonidan joriy etiladi.

  1. Iqtisodiy siyosat - iqtisodiyotni boshqarish, mamlakat maqsaddari, vazifalari, manfaatlariga muvo-fiq holda iqtisodiy jarayonlarga mu-ayyan yoʻnalish berish sohasida davlat, hukumat faoliyatining bosh yoʻnalishi, tadbirlari tizimi; iqtisodiyot fani soxalaridan biri. Tarkibiy, investitsiya, moliya-kredit, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnika, soliq, byudjet sohalardagi siyosatni qamraydi (qarang Iqtisodiy islohotlar).Iqtisodiy siyosat tarkibi bular: 1.Mercantilizm 2.Fiziocretizm 3.Classik 4.Marjinalizm 5.Neoklassik 6.Keynschilik

  2. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi.

Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir.
Valyuta munosabatlari - bu xalqaro aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi va jahon xo’jaligida valyuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o’ziga hos pul munosabatlarining majmuidir. Valyuta munosabatlari jahon valyuta tizimining asosi bo’lib xizmat qiladi

  1. Befarqlik egri chizig`i-bu iste`molchi uchun bir xil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi.

Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflik shuncha yuqori bo`ladi
Download 17,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish