Anamnez yigish xususiyatlari. Kasallik tarixi sxemasi. Tekshirish usullari


ANAMNEZ YIGISH XUSUSIYATLARI. KASALLIK TARIXI SXEMASI. TEKShIRISh USULLARI



Download 25,51 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi25,51 Kb.
#232296
1   2
Bog'liq
kasallanish

ANAMNEZ YIGISH XUSUSIYATLARI. KASALLIK TARIXI SXEMASI. TEKShIRISh USULLARI

Fizikal tekshiruv usullariga quyidagilar kiradi: so'rab - surishtirish, ko'rish, palpatsiya, perkussiya va auskultatsiya. Bolalarda ham ushbu usullar asosiy hisoblanadi. Qo'shimcha tekshiruv usullariga: laborator va instrumental tekshirish usullari kiradi. Asosiy tekshiruv usullari sub'ektiv va ob'ektiv turlarga bo'linadi. Kasalni subektiv tekshiruv usuli bolaga o'z kasalligining boshlanishi, qanday boshlanganligi haqida ma'lumot beruvchi subekt sifatida qarash hisoblanadi. Bemor yoki uning ota - onasi kasallik to'g'risida, hayoti to'g'risida bergan ma'lumotlari ularning bu muammoga bo'lgan sub'ektiv qarashlarini bildiradi. Kasal haqida sub'ektiv ma'lumotlarni shifokor so'rab - surishtirish (con stitution) usuli bilan oladi. Tekshirishning obektiv (fizikal) usullari bemorni tekshirish ob'ekti deb qaraydi, bunda shifokor o'z sezgi a'zolari va amaliy ko'nikmalarni qo'llay olishiga asoslangan holda ish yuritadi. Ob'ektiv usullarga quyidagilar kiradi:  bemordan so'rash yoki anamnez (yunoncha "anamnesis" eslash).  ko'rish (inspectio)  paypaslash (palpatio)  tukullatish (percussion)  eshitish (auscultation) Bemorning yoshi va oilaviy sharoitiga qarab, sizning bemorni so'rab - surishtirishingiz o'zgaradi va siz so'rab - surishtirishga o'zgartirish kiritishingizga to'g'ri keladi. Ota - onalar bilan suhbat. 5 yoshgacha bo'lgan bolalardan siz barcha ma'lumotlarni uchinchi shaxsdan, ota - onasidan biri yoki boquvchisidan olasiz. Pediatrlar odatda ham ota - onadan, ham bolaning o'zidan so'rab - surishtiradilar. Bu esa ota - ona va bolani kuzatishga sharoit yaratadi. Bunda siz ularni o'zaro munosabatini tushunib olasiz, shuningdek ota - onalar o’rtasitdagi munosabatni, bolani chal?itishni, qo'rqmasligini uqdirasiz va sekin so'rab surishtirgandan keyin ko'ruvga o'tasiz. Bolaning oldida ota - onasidan so'rab - surishtirish o'z kamchiliklariga ega. Agar siz faqat ota - onasidan so'ragan bo'lsangiz, anamnez to'liq bo'lmasligi mumkin, kam hollarda aniq bo´ladi. Bola qatnashganda ota - onalar bilan chuqurroq mavzuda suhbat o'tkazishning iloji bo'lmaydi, shuning uchun siz ota - ona bilan keyinroq yana suhbat o'tkazishingizga to'g'ri keladi (bola xonadan chiqqandan so'ng, qabulning oxirida). Ota - onalar bilan suhbat o'tkazish 24 usuli, katta yoshdagi bemorlar bilan so'rab - surishtirishga ko'p jihatdan o'xshaydi, lekin ba'zi bir xususiyatlari ham bo´ladi. Ota- onasi bolada bo´ladigan belgilarni tasvirlaganda o'z xissiyotlarini qo'shib gapirishadi va bu ob'ektiv hisoblanmaydi. Masalan, ota - onalar fikricha, surunkali yo'tal bolada tez - tez shamollash oqibatida deb biladi, bronxial astmaning yuzaga kelishi emas deb o'ylaydilar, ular bolaning maktabda yomon shug'ullanishidan qayg'uradilar, buning sababi bolani qobiliyati yo'qligi emas, balki o'qituvchisi ko'proq zo'riqtirgan deb tushuntiradilar. Ota - onalar bolalariga o'zgacha qaraydilar, ijtimoiy noadekvat hatti - harakatini tan olmaydilar. Ota - onalarga bolalar hammasini to'g'ri bajarayotgandek tuyuladi. Siz onadan bolasining sog'ligi to'g'risida so'rasangiz, ba'zi hollarda onaga baho berasiz, shuning uchun uning javoblarini diqqat bilan kuzatish kerak. O'z bolasi muammolarini hal qilishga harakat hilgan ota - ona, shifokor yo’rdamiga, uni qo'llab - quvvatlashiga muhtoj bo´ladi. "Nima uchun uni oldinroq olib kelmadingiz?" yoki "Sizga buni bajarish kerak emas edi" degan sharhlar shifokor bilan kasal bolaning ota - onasi o'rtasidagi o'zaro munosabatga yo’rdam bermaydi. Bola haqida so'ralganda, uning ismini aytib chaqirish kerak, "u", "bola" so'zlarini ishlatmaslik lozim. Agar oilaviy ahvolini onadan darrov aniqlab bo'lmasa, uni qiynamaslik kerak, otasi haqida so'raganda, savollar berish kerak "Nargizani otasi sog' - salomatmi?", "Sizning turmush o'rtogingiz sog' - salomatmi?" deb so'ramaslik kerak. Ota - onalarga, masalan, "Xurmatli N" deb murojaat qilish kerak, ismini aytib, "onasi" yoki "otasi" deb aytmaslik kerak. Agar siz bemorning ota-onasi bilan ko’pdan beri tanish bo'lsangiz, u holda ularni ismi bilan murojaat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, ota - onalarning sizga ismingizni aytib murojaat qilishlariga ham tayyor bo'lishingiz kerak. Kasallarni so'rab - surishtirganda to'g'ridan to'g'ri savol berishdan ko'ra, yordamchi savollar berish samarasi yuqoridir. Ammo, sizning suhbatingiz psixologik muammoga tegishli bo'lsa, to'g'ri ochiq savollar o'rinli hisoblanadi, chunki ota - onalar bu mavzuda o'zlari gapirmaydilar. Suhbat so'ngida asosiy shikoyatlarning murojaat qilishning haqiqiy sababi bilan bog'liqligini bilish shart. Bemorning shikoyatlari davolash uchun "kirish bileti" bo'lib xizmat ?iladi, ota - onalar murojaat qilishning asosiy sababini yashiradilar, ular buni zaruriy deb bilmaydilar. Ota - onalar o'z holatlarini to'laqonli yoritib berishlari uchun do'stona vaziyat xosil qilishga harakat qiling. Suhbatni yengillashtirish uchun mavzuga to'g'ri keladigan savollar bering: "Nargizada boshqa o'zgarishlar ham bormi, siz ular haqida menga xabar bermoqchimisiz?", "Siz bu yerdan chiqqaningizdan so'ng qanday yo’rdam olishni istardingiz?", "Nargiza haqida men sizga yana nimalarni tushintirishimni hohlaysiz?", "Balki siz men bilan boshqa bolalar yoki turmush o'rtog'ingiz haqida gaplashmoqchidirsiz? ".
Download 25,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish