Analog raqam o’zgartgich (АЦП,ADC )
Elektr aloqa tizimlarida axborotlar signallar yordamida uzatiladi. Axborotlarni kanal bo`yicha uzatish uchun taqdim qilish shakli signal deb ataladi. Ishlatilish sohalariga qarab va vaqt bo`yicha aniqlanishiga ko`ra, signallar 4 turga ajratiladi.
Analog bu uzliksiz signal bo’lib, deyarli hayotimizdagi barcha fizik o’zgarishlar (quyosh chiqishi, haroratning o’zgarishi, tovushlar, sezgilarimiz …..) analog ko’rinishda bo’ladi.
Analog signal deb, analog signal amplitudasining max va min oralig`ida cheksiz qiymatlar sonini qabul qilinishiga aytiladi.
Analog signal
Biz datchik bilan biror qurilmani boshqarmoqchimiz, masalan haroratni o’lchab shunga mos ravishda shamollatish tizimini boshqarishimiz kerak. Bilasizmi datchikdan olinadigan signal analog ko’rinishda biz ishlayotgan programma esa raqamli ko’rinishda. Demak bizga analog ko’rinishdagi signalni raqamliga o’tkazishimiz kerak bo’ladi. Buning uchun analog raqam o’zgartgichdan foydalanamiz.
Grafikka e`tibir bersak, haroratni o`lchaydigan asbobdan kelayotgan analog signalning vaqt bo`yicha uzluksiz o`zgarayotganini ko`ramiz. Bu esa yuqori berilgan ta`rifga mos tushadi.
Diskret signal deb, cheklangan qiymatlar qabul qiladigan signalga aytiladi. Diskret signal raqamli signal bo`lishi mumkin.
Umuman olganda analog-raqamli o`zgartirgichlar(АЦП,ADC) kompyuter va datchiklar orasida tarjimon vazifasini bajaradi.
Ana endi Arduino platasining analog signallar bilan ishlashga mo`ljallangan qismi bilan tanishsak.
Arduino platasida ham analog signallarni raqamli signallarga o`zgartirib berish imkoniyati mavjud. Buning uchun alohida pinlar ya`ni oyoqlar bor va ular quyidagicha :
Ko`rib turganizdek (A0……A5) « A » harfi bilan belgilangan oyoqlari analog signallarni o`qishga ham mo`ljallangan. Biz analog signallarni o`qishda quyidagi buyruqdan foydalanamiz:
analogRead (pin);
Bu buyruq analog siganalni o`qi degan ma`noni anglatadi.
Endi analog oyoqlaridan foydalanib potensiometrdan signal qabul qilishni sinab ko`ramiz.
Potensiometr-o`zgaruvchan rezistor( qarshilik ) hisoblanadi. Ya`ni kirish signalini chiqishda o`zgartirib chiqarish imkoniyatiga ega.
Ko`rib turganizdek potensiometrning 3 ta oyog`i bor va ularni Arduinoning qaysi oyoqlariga ulanishi ham ko`rsatilgan.
Hamma potensiometrni ko`rsatilgandek ulasin va monitor portda potensiometrdan kelayotgan signalni kuzatsin.
Ko`rib turganimizdek potensiometrdan kelayotgan ma`lumot 0 dan 1023 gacha o`zgarmoqda. 1024 ta qism ya`ni 210 ikkining darajasiga qarab ishlash razryadi tushuniladi. Arduino platasidagi analog-raqamli o`zgartirgich 10 lik razryadda ishlaydi. Buning ma`nosi kirish signalini (kuchlanishni) 1024 ta bo`lakka bo`lib o`qiydi. Bo`laklar soni qanchalik ko`p bo`lsa sezgirlik va aniqlik shunchalik yuqori bo`ladi. Ya`ni, kichik o`zgarishni ham sezadi.
Razryad degani belgilangan katakchalarga 0 va 1 raqamini nechchi hil usulda joylashtirish mumkinligini ko`rsatadi. Masalan 10 lik razryad, ya`ni 1024. Bu degani 10 ta katakka 0 va 1 raqamini 1024 hil usulda joylashtirish mumkin degani.
1
0
0
1
0
1
1
1
0
0
Do'stlaringiz bilan baham: |