Ishni bajarish tartibi. Aralashma tarkibiga kirgan kationlaming aniq konsentratsiyali eritmalari (100 ml hajmda 1-5 mg bo’lgan) ularning kimyoviy toza nusxalaridan yuqoridagi tartibda 0,5 % jelatinadan 20 tomchi qo‘shilgandan so‘ng ammiakli bufer eritma bilan suyultirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmalardan quruq elektrolitik bo‘g‘inga 20 ml solinib, unga 0,5 g natriy sulfit qo‘shiladi va 5 daqiqadan so‘ng tekshiriladigan eritmaning polyarogrammasi tushirilish sharoitida standart eritmaning polyarogrammasi tuziladi. Polyarogrammalarning balandliklari o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |