XLORID, CHUMOLI KISLOTASI VA SIRKA KISLOTALAR ARALASHMASINI ANIQLASH
Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini aniqlash past chastotali konduktometrik usul yordamida bajarilishi mumkin. Kislotalar aralashmasi izopropanol yoki n-propanol eritmasida ishqor yoki alkogolatlar eritmasi bilan titrlanadi. Bu spirtlar tabaqalovchi erituvchilar qatoriga kiradi, ularning avtoprotoliz konstantalari ko‘rsatkichi mos ravishda 20,80 va 19,46 ga teng. Spirtlar eritmasida birinchi bo‘lib HCl, ikkinchi bo’lib HCOOH va nihoyat oxirida CH3COOH titrlanadi. Bunday titrlash tartibini kislotalarning pK qiymatlari yordamida tushuntirish mumkin. 9- jadvalda kislotalaming ayrim erituvchilardagi pK qiymatlari keltirilgan.
9-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |