2C1- + Hg22+ → Hg2Cl2↓
Analizni bajarish tartibi. 250 ml hajmli o‘lchov kolbasidagi tekshiriladigan eritma kolbaning belgisigacha suv bilan suyultiriladi, eritma astoydil aralashtirilgandan so‘ng undan pipetka yordamida alikvot qism olinib, simob (I) nitratning standart eritmasi yordamida titrlanadi. Titrlash tartibi yuqorida simob (I) nitratni kaliy xloridning birlamchi standart eritmasi bo‘yicha standartlashda keltirilgan.
Analiz natijalari yuqoridagi kabi hisoblanadi. Xatoni hisoblash uchun xlorid ionining haqiqiy miqdorini o‘qituvchidan biling.
Do'stlaringiz bilan baham: |