Analitik kimyo



Download 2,28 Mb.
bet91/127
Sana22.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#153524
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Bog'liq
Analitik kimyo 2-qism

10-jadval

V ning taqsim

lanish tezligi,

mV/s

Elektronlar soni

1

2

3

τmax, S

Nisbiy xatoƒ0 = l %

1

2

4



5

10


10

5

2,5



2

1


5

2,5


1,25

1


3,3

1,6


0,8

Nisbiy xatoƒ0 = 2 %

1

2

4



5

10


14

7

3,5



2,8

1,4


7

3,5


1,7

1,4


4,6

2,3


1,1

0,9



Amalda 10 -jadvalda keltirilgan qiymatlardan 10-20 % kichik bo’lgan tomish davri qiymatlari olinadi. Tomish davri simobli idishning holatini o‘zgartirish orqali boshqarilishi mumkin. Simobli idish qancha baland joylashtirilgan bo’lsa, tomish davri shuncha kichik bo’ladi. Agar turli elektronlar qatnashadigan moddalarni bir xil aniqlik bilan analiz qilish talab etilsa, tomish davri yoki taqsim-lanish tezligini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Aniqlanadigan moddaning konsentratsiyasi kichik (c<10-6 mol/1) bo‘lganda, usulning ajratish qobiliyatini oshirish uchun tomish davri kattaroq bo‘lishi, ya’ni -jadvaldagi qiymatlar doirasida bo‘lishi kerak.Taqsimlanish tezligi «Skorost, mV/S» kaliti va «xl-xlO» tumbleri yordamida (BPN) o‘rnatiladi. Chastotasi 85 bo‘lgan qutblovchi o‘zgaruvchan kuchlanishning shakli polyarogramma olish maqsadiga mos ravishda tanlanadi. Analitik maqsadlarda trapeseidal kuchlanishni tanlash maqsadga muvofiq. Agar elektrod jarayonlarini o‘rganish zarurati bo‘lsa, sinusoidal kuchlanish tanlanadi. O‘zgaruvchan kuchlanishning turi «Forma» tumbleri yordamida o‘rnatiladi. O‘zgaruvchan kuchlanishning amplitudasi 25/n qiymatdan kichik bo‘lishi kerak. Analitik maqsadda trapeseidal kuchlanishning amplitudasi 6-12 mV bo‘lsa yetarli. Bundan yuqori amplituda qaytmas jarayonlarni tekshirish uchun ishlatiladi. O‘zgaruvchan kuchlanishning amplitudasi «Amplituda, mV» kaliti yordamida o‘rnatiladi. Klassik polyarografiya rejimida amplitudaning qiymati nolga teng qilib olinadi.

Polyarografning sezuvchanligini belgilaydigan tok qiymati oralig‘ini tanlash tekshiriladigan moddaning konsentratsiyasiga bog’liq. Kichik konsentratsiyalar uchun bu oraliq kichik qilib olinadi. Tok oralig‘ini tanlash tokni qayd qiladigan potensiometrning shkalasiga ham bog’liq ravishda tanlanadi. Tokning qiymatini yozib oladigan asbob sifatida, masalan, KSP-4 turidagi potensiometr ishlatilsa, tokning qiymati potensiometrning shkalasi doirasida bo’lishi kerak. Konsentratsiyalari keskin farqlanadigan moddalarning eritmalarini tekshirganda tok oralig‘i polyarogrammalarni tushirish vaqtida o’lchanadi, buning uchun taqsimlash kaliti vaqtincha o‘chiriladi. Tok oralig‘ini o‘rnatish «Diapazon toka» kaliti va tumbleri yordamida bajariladi. Tok oralig‘i qiymatlarini «xl», «xlOO» tumlerlari yordamida boshqarish mumkin. Klassik polyarografiyada, odatda, «xl» holat, o‘zgaruvchan tokli polyarografiyada «xlOO» holat ishlatiladi. Polyarogramma tushirishning optimal sharoiti, boshqa omillardan tashqari, qarshilikning kichik qiymatlarida kuzatiladi. Buni ta’minlash uchun fon elektrolit- lari ishlatiladi. Polyarogrammaning aniqlik darajasiga qarab tast rejim ishlatilishi mumkin. Tast rejimda moslanish (sinxronizatsiya) simob tomchisining uzilishida ishlaydi. Moslanish eritma qarshiligiga ham bog‘liq. Tomchi ulishidagi moslanishda BKU qismdagi «Sinxronizatsiya» kaliti eng kichik qiymatga o ‘rnatiladi. Taqsimlanish avtomatik rejimga ulanganda «Sinxronizatsiya» «0» holatda bo‘lishi kerak. Odatda polyarogramma tushirilganda tekshiriladigan moddaning qaytarilishi (oksidlanishi) bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondan tashqari qo‘sh elektr qatlam tufayli yuzaga keladigan sig‘im ham kuzatiladi. Kichik konsentratsiyali moddalar tekshirilganda moddaning diffuzion tokiga ko‘ra sig‘im tok bir necha marta katta bo‘lishi mumkin. Natijada yuzaga keladigan xato «Компенсация емкостного тока» kaliti yordamida bartaraf etiladi. Polyarografiyada tomchilovchi elektrod sifatida ishlatiladigan simob toza bo‘lishi, uning tarkibida mexanik aralashmalar, metallar bo‘lmasligi kerak. Simobning sirti oynaday yaltirab turishi kerak. Ishlatilgan simobni tozalab qayta ishlatish mumkin. Simobni mexanik aralashmalardan tozalash uchun u nina bilan teshilgan filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. Keyin simob distillangan suv bilan qalin devorli ajratish voronkasida yuviladi. Shundan so‘ng simob orqali bir necha soat mobaynida havo oqimi so‘riladi. Bunda simob tarkibida bo‘lgan metallar oksidlanib, loyqa shaklida suv qatlamiga o‘tadi. Simob jo‘mragiga surkov moylar surtilmagan voronka orqali ajratib toza idishga olinadi. 10 % li nitrat kislota eritmasi bo‘lgan nay orqali simobni sekin o‘tkazib ham metallardan tozalash mumkin. Buning uchun 5 % li nitrat kislota eritmasi bo‘lgan ingichka kolonkadan simob 3-4 marta o‘tkaziladi. Kislota eritmasi har safar yangilanib turadi. Kislota orqali o‘tkazilgan simob distillangan suv bilan yuvilib, yana yangi kislota qatlamidan o‘tkaziladi. Tozalangan simob quruq va toza og‘zi zich berkitilgan idishda saqlanadi. Shu tariqa tozalangan simobni ishlatishdan oldin nina bilan teshilgan filtr orqali o‘tkazib, undagi yupqa qatlam ajratiladi. Amperometrik titrlashda. turli titratorlar, polyarograf yoki boshqa o‘zgarmas tok manbasi negizida yig‘ilgan asboblardan foydalaniladi. Quyida PAT titratorida ishlash tartibi ko‘rib chiqiladi. Asbob aylanadigan platina elektrodli qurilmani ishlatishga asoslangan. Platina elektrodi maxsus elektromotorga o‘rnatiladi. Tekshiriladigan eritma elektrolitik bo‘g‘inga joylashtirilib, unga platina va kalomel yoki boshqa elektrodning tuz kaliti tushiriladi. So‘ngra elektrodlarga tekshiriladigan moddaning qaytarilish (oksidlanish) sohasiga to‘g‘ri keladigan potensial beriladi. Bu potensial titrlash davomida o‘zgartirilmaydi. So‘ngra elektromotor tokka ulanadi va kerakli aylanish tezligi (=500) o‘rnatiladi.

Bunda aylanayotgan elektrod atrofida voronka hosil bo‘lmasligi va eritma atrofga sachramasligi kerak. Mikrobyuretkadagi titrant 0,1 ml dan 1 ml gacha hajmlarda (aniqlanayotgan moddaning konsentratsiyasiga mos ravishda) qo‘shib titrlanadi. Boshqa tur asboblarda ham titrlashshu asosda amalga oshiriladi.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish