Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari. I analitik guruh kationlari sifat reaksiyalari



Download 139.35 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi139.35 Kb.



MAVZU

Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari . I analitik guruh kationlari sifat reaksiyalari


Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Talabalar soni -15-20 nafar

Vaqti – 4 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha amaliy mashg’ulot


Amaliy mashg`ulot rejasi:


1. Ma’ruzada olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.

2. Reja:


  1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari

  2. Dorivor modda sifatida I guruh kationlarining ishlatilishi

  3. I guruh kationlarining umumiy tasnifi

  4. Na+, K+, NH4+ ionlarini aniqlashda ishlatiladigan reagentlarning nomlari va formulalari.

O`quv mashg`ulotining maqsadi :

I analitik guruh kationlariga sifat reaksiyalari haqida tushunachalarni shakllantirish


Pedagogik vazifalar:

  • fan bo`yicha ma’ruzada berilgan bilimlarni amaliy mashg`ulotda mustahkamlsh;

  • mavzu bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish;

Reja:

  1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari

  2. Dorivor modda sifatida I guruh kationlarining ishlatilishi

  3. I guruh kationlarining umumiy tasnifi

  4. Na+, K+, NH4+ ionlarini aniqlashda ishlatiladigan reagentlarning nomlari va formulalari.




O`quv faoliyatining natijalari:

O`qituvchi:

  • tarqatma materiallarni talaba tomonidan o`zlashtirilishini nazorat qilish va baholash;

  • o`quv jarayoni mobaynida har bir talaba tomonidan o`z ballarini egallashga imkoniyat yaratish.

Talaba:

  • o`rganilgan mavzuni yodda saqlab qolish

  • yangi bilimlarni egallaydi;

  • so`zlab berishni o`rganadi;

  • fikrini erkin holda bayon etish;

  • qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi va o’zini baholay oladi

O`qitish usullari:

Kichik guruhlarda ishlash,suhbat-munozara,video-namoyishi, tajriba namoyishi

O`qitish shakllari:

guruhlarda ishlash, individual

O`qitish vositalari:

Ma’ruza matni, qog`oz, marker, uslubiy qo`llanmalar, grafikli organayzerlar


O`qitish sharoitlari:

Tajriba jihozlari bilan ta’minlangan xona, reaktivlar;

Monitoring va baholash:

Reyting asosida baholash.


1.2. Amaliy mashg’ulotining texnologik xaritasi


Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

o’qituvchi

talaba

1-bosqich.

Kirish


(15 min.)

    1. Mavzuni, o’quv mashg’ulot o’tkazish rejasi va mashg’ulotdan kutiladigan natijalar rejasini ma’lum qiladi.

    2. Kichik guruhlarda ishlanishi ma’lum qiladi.

Talabalarni 3 guruhga bo’ladi Guruhlarda ishlash qoidalari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

    1. Tinglaydilar, yozadilar.



    1. Eshitadilar




2-bosqich.

Bilimlarni tekshirish

(40 min.)


2.1 Talabalar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi”ni tayinlaydi. Guruh ishlarini baholash jadvali bilan tanishtiradi.(2-ilova).

2.2Guruhlarni nomlaydi(3-ilova)

2.3.Guruhlarda ish boshlanganini e’lon qilib, ularga savollar (4-ilova)beradi:

2.4.Javoblarni eshitadi va tahlil qiladi

2.5. Mavzu rejasi bilan tanishtiradi.(5-ilova)

2.6. Analitik kimyo amaliyot xonasida ishlashdagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi.(6-ilova)



2.1. Guruh hisobchisi guruhlar to’plagan ballarni hisoblaydi. Tanishadilar

2.2. Tinglayb yozib oladilar


2.3.Muhokama qiladilar .

Eshitadilar

2.4 Tinglaydilar, yozadilar

2.5.Tanishadilar

2.6.Yozib oladilar


3-bosqich.

Informatsion

(85 min.)


3.1. Talabalarga tajriba-yo’riqnomalarini (7-ilova) beradi va tegishli me’yornoma asosida reaktivlar tarqatadi

3.2.Tajribani ko’rsatadi va amalda bajarib beradi.

3.3. Mavzu bo’yicha berilgan tajribalarning bajarilishi va tajribada olingan natijalarni kuzatadi.

3.4. Tajriba ishlarini bajarilishi bo’yicha bayonlarni rasmiylashtirish va olingan natijalarni baholashni tashkil etadi.(8-ilova)

3.5. Olingan natijalarni umumlashtiradi, izohlaydi, tajriba bajarish bo’yicha qilingan xulosalarga e’tibor beradi. Reaksiya asosida jadval tuziladi(9-ilova)

3.6.Guruhlarga topshiriq beradi.Grafikli organay zerlarni to’ldirishni topshiradi.Birinchi guruh-

g a(10-ilova),ikkinchi guruhga (11-ilova),uchinchi guruhga (12-ilova)

3.7. O’zlashtirish darajasini aniqlash uchun har bir talabaga mavzu bo’yicha test savollari(13-ilova) tarqatib, savollarga javob berishlarini so’raydi, o’zlashtirish darajasini aniqlaydi



3.1. Reaktivlar oladilar
3.2. Tajribalar bilan tanishadilar

3.3.Tajribalarni bajaradilar , olingan natijalarni qayd etadilar

3.4 Tajriba ishlari bayonini to’ldiradilar.

3.5.Xulosa qiladilar.

3.6. Grafikli organayzerlarni to’ldiradilar

3.7.Savollarga javob beradilar



4-bosqich.

Yakuniy


(20 min.)

4.1. Tajriba mashg’ulotini yakunlaydi, guruh hisobchilarini hisobotini tinglab har bir talabani bilimini baholaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.

4.2. Kelgusi darsga uy vazifasini beradi.(14-ilova)



4.1. Tinglaydilar .Guruh hisobchilari hisobot beradilar.

4.2. Yozadilar.




1-ilova


Guruhlarda ishlash qoidalari

- har bir talaba o`rtoqlarini hurmat va diqqat bilan eshitishi kerak;

- har bir talaba berilgan topshiriqqa jiddiy yondashib, birgalikda faol ishlashi lozim;

- har bir talaba lozim bo`lganda yordam so`rashi kerak;

- har bir talaba undan so`ralganda yordam ko`rsatishi kerak;


  • har bir talaba guruhning ish natijalarini baholashda ishtirok etishi lozim;

  • har bir talaba aniq tushunchaga ega bo`lishi kerak:

- boshqalarga yordam berib, o`zimiz ham o`rganamiz!

- biz bir kemadamiz: birgalikda suzamiz yoki birgalikda cho`kamiz.

2-ilova

Reyting bo`yicha baholash mezonlari

Guruh ishlarini baholash jadvali


Guruh

Javobning to`liqligi

(5)

Ma’lumotlar-ning aniq-ravshanligi

(4)

Guruhning har bir a’zosini faolligi

(3)


Jami ballar


Baho

1
















2
















3
















Har bir guruh boshqa guruhni ball mezonlari bo`yicha baholaydi. Guruh olgan baho guruhdagi har bir a’zoning bahosi hisoblanadi Reyting bo`yicha har bir amaliy mashg`ulotda olish mumkin bo`lgan ballar:

5 ball – “a’lo”
4 ball – “yaxshi”
3 ball – “qoniqarli”
2 ball – “qoniqarsiz”

3-ilova

4-ilova


Nazorat savollari


  1. Analitik kimyo nimani o’rganadi?

  2. Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari

  3. Analitik kimyo necha qismga bo’lib o’rganiladi?


5-ilova
Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari .I analitik guruh

kationlari sifat reaksiyalari

Reja:


  1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari

  2. Dorivor modda sifatida I guruh kationlarining ishlatilishi

  3. I guruh kationlarining umumiy tasnifi

  4. Na+, K+, NH4+ ionlarini aniqlashda ishlatiladigan

reagentlarning nomlari va formulalari.

Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari

1.Laboratoriyada ishlashda ozodalikka, tinchlikka, saramjomlikka xamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qiling.

2.Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish yaramaydi.

3.Reaktivlarni, gazni va elektr energiyasini tejash lozim, tajribada ko`rsatilgan reaktivlarni esa, ortig`i bilan olish kerak emas. Yonib turgan gaz gorelkasini va elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang.

4.Tajriba tugagach, gaz gorelkasining jo`mraklarini berkiting va elektr asboblarini o`chiring.

5.Rakovinaga kislota, ishqor, o`tga uch suyuqliklar xamda oltingugurtli birikmalarni to`kish yaramaydi. Keraksiz bunday suyukliklarni maxsus idishlarga solish lozim.

6.Rakovinaga qog`oz, qum va shunga o`xshash boshqa narsalarni tashlamang...Ish o`rnini toza tutish lozim. Keraksiz idishlar, reaktivlar va asboblar ish o`rnida turmasin.

7.Laboratoriyada o’quvchining yolg`iz uzi tajriba o`tkazishi yaxshi emas.

8.Labaratoriyada o’quvchlar xalatsiz ishlashi mumkin emas,

9.Laboratoriyadan chiqa turib, ish o`rni tozaligini, gaz va vodoprovod jumraklarining berkligini, elektr asboblarni lampochkalarning o`chirilganligini tekshiring.


6-ilova








7-ilova


Tajribalar
I analitik guruh kationlarining (Na+, K+, NH4+ )tuzlari tibbiyotda keng miqyosda ishlatiladi. Ular ko‘pchilik dorivor moddalar tarkibiga kiradi. Masalan, natriy gidrokarbonat tuzi mineral suvlar

tarkibiga kiradi va kishilar oshqozonida kislota oshganda ishlatiladi. Natriy sulfat tuzi ichni yumshatuvchi va bariy, qo‘rg‘oshin tuzlaridan zaxarlanganda zaxarga qarshi ishlatiladi. 0,9%li natriy xlorid tuzi izotonik eritma va kumush nitrat bilan zaxarlanganda, zaxarga qarshi ishlatiladi. Kaliy xlorid aritmiyaga qarshi, kaliy bromid va natriy bromid tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi, kaliy yodid va natriy yodidlar bir qator kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ularning chinligini aniqlashda ko‘pchiligi farmakopeya bo‘lgan analitik reaksiyalardan foydalaniladi.

I guruh kationlarining guruh reagenti yo‘q. Kaliy, natriylarni uchuvchan tuzlari alangani bo‘yaydi.Analitik reaksiyalarni bajarganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

1. Cho‘kmani hosil bo‘lishi, cho‘kmaning rangi, gaz hosil bo‘lishi, rangli eritmani hosil bo‘lishi yoki yo‘qolishiga;

2. Reaksiyani bajarish sharoitiga: kislotali muxit, isitish, organik reaktiv qo‘shish va boshqalar;

3. Hosil bo‘lgan cho‘kmaning eruvchanligiga: kislota va ishqor ta’sirini o‘rganish;

4. Bir kationni ochishda, ikkinchisi xalaqit bersa, ularga sharoit tanlab aniqlash;

5. Reaksiyaning sezgirligini aniqlash.


Natriy kationining analitik reaksiyalari Na+ (2s22p6)

Magniy uranilatsetat bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi (farmakopeya usuli)

Natriy ioni sirka kislotali sharoitida rux uranilatsetat bilan sariq kristal cho‘kmani hosil qiladi: Na++Mg2++3UO22++9CH3COO-+9H2O=NaMg(UO2)3(CH3COO)9 х 9H2O (ch)

Reaksiyani bajarish:

Buyum oynachasiga 1 tomchi natriy tuzining eritmasidan tomizib, ustiga 1 tomchi magniy uranilatsetat eritmasidan tomiziladi. 1-2 minutdan keyin mikroskop ostida sariq tetraedrik yoki oktaedrik shakldagi kristallarni ko‘rish mumkin.


Kaliy kationning analitik reaksiyalari К+ (3S23P6)

Natriy geksanitrokobaltat (III) (NGNK) bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli)

Kaliy kationi NGNK bilan sirka kislotali yoki neytral sharoitda sariq cho‘kmani hosil qiladi: 2K++Na++[Co(NO2)6]3-=K2Na[Co(NO2)6](ch)

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 1-2 tomchi kaliy tuzining eritmasiga Na3[Co(NO2)6] eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Sariq rangli mayda kristallik cho‘kma hosil bo‘ladi. Reaksiyani bajarishda ammoniy va litiy kationlari xalaqit beradi.



Ammoniy kationining analitik reaksiyalari - NH4+

Ishqor ta’sirida parchalanish reaksiyasi (farmakopeya usuli)

«Gaz kamerasi»da bajariladi.





NH4++OH-= NH3(g) + H2O
Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 8-10 tomchi ammoniy tuzi eritmasidan solib, ustiga shuncha xajmda ishqor eritmasidan tomizing va suv hammomida isiting . Probirka og‘ziga xo‘llangan qizil lakmus qog‘ozini tutsangiz, rangi ko‘karadi. Agar filtr qog‘ozini qo‘llab fenolftalein tomizsangiz, qog‘oz malina rangli bo‘ladi (maxsus reaksiya). Reaksiya gaz kamerasida bajariladi.



Nessler (K2[HgI4] va KOH aralashmalari) reaktivi bilan reaksiyasi

Nessler reaktivi bilan ammoniy ioni qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil qiladi:



NH4++2[HgJ4]2-+4OH-=[OHg2NH2]J(ch)+7J-+3H2O

Sezgir reaksiya bo‘lib, juda kam miqdordagi ammoniy ionini ochish mumkin. Reaksiyaga og‘ir metall tuzlari xalaqit beradi.

Reaksiyani bajarish

Probirkaga 1-2 tomchi ammoniy tuzi eritmasidan olib, 2 tomchi Nessler reaktividan tomizing (bu reaksiyani buyum oynachasida ham bajarish mumkin) qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Agar ammoniy ioni kam bo‘lsa, eritma sariq yoki qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi.


9ilova
Yuqoridagi reaksiyalar asosida I guruh kationlarining reaksiyalari jadvali tuzildi.

Reagentlar

Kationlar




Na+

K+

NH4+

1

2

3

4

Mg(UO2)3(CH3COO)8

NaMg(UO2)3(CH3COO)9

Sarig chokma







K[Sb(OH)6]

Na[Sb(OH)6]

Oq cho’kma

-

-

Na3[Co(NO2)6]

-

K2Na[Co(NO2)6] Sarig chokma

(NH4)2Na[Co(NO2)6]

Sarig chokma

Na2Pb[Cu(NO2)6]

-

K2Pb[Cu(NO2)6] qora cho’kma

(NH4)2Pb[Cu(NO2)6]

qora cho’kma

КОН, NaOH

-

-

Isitish bilan NH3 ajralib chiqadi

K2[HgI4] va КОН

Nessler reaktivi

-

-

[Hg2N]J  H2O

qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma

Alangani bo‘yalishi

Sariq

Och binafsha

-

Qizdirilganda

Qiyin uchuvchan

Qiyin uchuvchan

Parchalanadi

8-ilova



I analitik guruh kationlari NH4+, K+, Na+




Aniqla

nadigan ion



Qo`shiladigan reaktiv

Kimyoviy reaksiyaning borishi

Kuzatiladi

gan o`zgarishlar



Reaksiyaning bajarilishi

1

NH4 +

NaOH va KOH

NH4Cl +NaOH = NaCl + H2O +NH3

Lakmusli qog`oz rangini o`zgarishi



Ammoniy tuzining 2-3 tomchi eritmasi 3-4 tomchi ishqor qo`shiladi. Probirka suv hammomida qizdiriladi.




NH4 +

Nessler reaktivi (K2(HgJ4)



NH4Cl+ 2K2(HgJ4) + 4KOH = [Hg2ONH2]J + 3H2O +7KJ + KCl


To`q sariq jigar rang cho`kma


Ammoniy tuzining 1 tomchi eritmasiga 5-6 tomch suv 1-2 tomchi Nessler reaktivi quyiladi



2

K+

Natriy gidrotartarat NaHC4H4O6


KCl + NaHC4H4O6 = KHC4H4O6 + NaCl


Oq kristal cho`kma

Kaliy tuzining 3-4 tomchi eritmasiga shuncha reaktiv qo`shiladi. Probirkani sovuq suv oqimida ushlab turiladi va shisha tayoqcha bilan ishqaladi probir kadevorlari




K+

Natriy coboltanitrat Na3[Co(NO2)6]

Na3[Co(NO2)6] +KCl = K2Na[Co(NO2)6]  + 2NaCl

Sariq cho`kma

Kaliy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha reaktiv qo`shiladi reaksiya seziluvchandir.

3

Na+

Kaliy digidro-antimonat KH2SbO4

NaCl + KH2SbO4 = NaH2SbO4 + KCl

Oq kristall cho`kma

Na tuzining 4-5 tomch eritmasiga shuncha reaktiv qo`shiladi. Reaksiya sovuq suv oqimida K dagidek o`tkaz




Na+

Magniy-uranilatsetat Mg[(UO2)3(CH3COO)8]

NaCl + Mg[(UO2)3(CH3COO)8] +CH3COOH+9H2O = NaMg[(UO2)3(CH3COO)9]9H2O + HCl

Ko`kish sariq cho`kma

Soat oynasiga natriy tuzi eritmasidan 1 tomchi tomiziladi va quritiladi, sovitiladi magniyuranilatsetatning eritmasidan tomiziladi sariq oktaedirik va tetraedirik kristall hosil bo`ladi.

10-ilova



Venn diagrammasi


NH4

ammoniy kationi

K+

Kaliy kationi




I guruh

kationlari



Na+

natriy kationi

11-ilova




12-ilova



13-ilova



TESTLAR

1.Analitik kimyo fani nimani urganadi?

mоddaning Kimyoviy xоssasini

kimyoviy xоssasini

*mоddaning sifat va miqdоr tarkibini

mоddaning tuizilishini

2.Katiоn va aniоn deganda nimani tushunasiz?

katоd va anоd elektrоdlari

*katоdga tоrtiluvchi musbat iоnnni va anоdga tоrtiluvchi manfiy iоnni

kislоta kоldigi tuzlarning kоldigi

3. Katiоnlar necha guruhga bulinadi?

3

4

5

*6

4.Birinchi guruh katiоnlarini ko’rsating.

+ , Na+, NH4+

Nа,+, Мg2+, Bа2+, К+

К+, Nа+, Нg4+, Мg2+

Мг2+ , Cа2+, Сr2+, Bе2+

5.Na+ katiоnini оchishning asоsiy reaktivini ko’rsating?

Cо(NО2)3,

BaCl2,

*KH2SbО4,

AlCl3

6.NH4+ katiоnini aniqlоvchi asоsiy reagentni ko’rsating?

KNО3

Hg(NО)2

AgNО3,

*K2[HgH4]

7.K+ katiоnini оchishning asоsiy reaktivini ko’rsating?

HgCl2

* Na3[Co(NO2)6]

AgNО3,

K3[Fe(CN)6]
11-ilova

Uyga vazifa.

Na+ ionini magniy uranilatsetat bilan, K+ ionini kaliy geksanitrokobalt (III) bilan reaksiya tenglamalarini yozing. Nima uchun bu reaksiyalarni kuchli kislotali va ishqoriy muhitda olib borilmasligini tushuntiring.Na+ ionini rux uranilatsetat bilan, K+ ionini kaliy geksanitrokobalt (III) bilan reaksiya tenglamalarini yozing. Nima uchun bu reaksiyalarni kuchli kislotali va ishqoriy muhitda olib borilmasligini tushuntiring.




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa