Identiv o`quv maqsadi: 1.Talaba I,II va III guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib,sistematik analizda guruh reagentlaridan foydalanib, uchchala guruh kationlarini bir-biridan ajrata oladi 2.I , II va III guruh kationlari aralashmasini laboratoriya sharoitida mustaqil tahlil qila oladi. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: I guruh kationlariga Na+, K+, NH4 + , va Li+ kationlari kiradi, guruh reagenti yo’q. II guruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi. III guruh kationlariga Ca2+, Sr2+, Ba2+ kabi kationlar kiradi, guruh reagenti sulfat kislotadir. Kationlar aralashmasini sistematik analiz qilish davomida kationlar guruhreagentlari ta'siridan tegishli guruhlarga bo'linadi. 1. 3 ta guru guruhlar kationlarini aniqlash uchun 10-15 tomchi tekshiriladigan eritma olinib, probirkaga solinadi va unga tomchilab 2 N HCI va 2 N H2SO4 eritmalari qo'shiladi. Natijada AgCl, Hg2Cl2 PbCl2, PbSO4. BaSO4. SrSO4. CaSO4, cho'kmalar (1-cho'kma) hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |