Tayanch so’z va iboralar izohi.
Sistema - tashqi muhitdan real yoki xayolan ajratilgan va bir -biri bilan doimiy ta'sirda bo’lib turgan moddalar (jismlar) yoki moddalar guruhidir.
Ekstensiv xossalarga sistemaning massasiga bog’liq bo’lgan xossalar (sistema hajmi, massasi va boshqalar) kiradi.
Sistemaning kamida bir termodinamik parametrning o’zgarishiga termodinamik jarayon deyiladi
Hosil bo’lish issiqligi - deb 1 mol birikmaning oddiy moddalarda hosil bo’lishda chiqadigan yoki yutiladigan issiqlikka aytiladi.
Issiqlik sig’imi deb, 1 massa birligida moddani 1K ga isitish uchun ketgan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari;
1.Kimyoviy termodinamika nimalarni o’rganadi?
2.Sistema nima?
3.Intensiv va ekstensiv xossalar haqida nima bilasiz?
4. Qanday termodinamik jarayonlarni bilasiz?
5.Ichki energiya nima?
6.To’liq va noto’liq funktsiyalar.
7.Termodinamika 1-qonuni ta'rifini keltiring.
8.Gess qonuni, uning xulosalari va ahamiyati.
9.Issiqlik sig’imi, turlari va haroratga bog’liqligi qanday.
10.Kirxgoff qonuni, analitik ifodasi.
Ma'ruzalar bo’yicha foydalanishga taklif etilayotgan adabiyotlar
1.X.R.Rustamov fizik kimyo. T. O’zbekiston. 2000 71-90 betlar.
2.A.G.Stromberg. D.P.Semchenko Fizicheskaya ximiya. M. Visshaya shkola. 1988 60-83 betlar.
3.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg’ulotlar B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov. R.S. Tillaev -4-ruscha nashr tarjimasi. T. O’zbekiston. 1999. 25-30 betlar.
Ma'ruza № 3
ISSIKLIK EFFEKTLARINING TEMPERATURAGA BOG`LIQLIGI, ISSIG`LIK SIGIMI (KIRXGOFF TENGLAMASI)
REJA:
1. Issiqlik sig’imi, turlari,.
2. Issiqlik effektini temperaturaga bog’liqligi
3. Kirxgof qonuni.
Issiqlik sig’imi, turlari
Termodinamik va termokimyoviy hisoblarda gaz, suyuq va qattiq moddalarning issiqlik sig’imlaridan foydalaniladi.
Issiqlik sig’imi deb, 1 massa birligidagi moddani 1 K ga isitish uchun ketgan issiqlikga aytiladi; solishtirma va molyar issiqlik sig’imlari qo’llaniladi. Solishtirma issiqlik sig’imi -yuqorida keltirilgan. 1 mol moddani 1 K ga isitish uchun ketgan issiqlik miqdoriga molyar issiqlik sig’imi deyiladi. Ko’pincha molyar issiqlik sig’imi qo’llaniladi. Sharoitga qarab o’zgarmas hajmdagi issiqlik sig’imi (Cv) va o’zgarmas bosimdagi issiqlik sig’imi (Cp) larga bo’linadi.
Bundan tashqari chin va o’rtacha issiqlik sig’imlari mavjud. Chin issiqlik sig’imi deb, sistemaning tempreraturasini cheksiz kam o’zgarishi uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdorining shu temperatura miqdoriga nisbatiga aytiladi.
bundan
Modda T1 dan T2 gacha isitilganda sarflangan issiqlik (Q) miqdorining temperatura o’zgarishiga nisbati o’rtacha nisbati issiqlik sig’imi deb ataladi.
Ya'ni C = Q/m(t2 -t1) m – modda massasi
bu erdan Q = m c (t2 –t1)
Yuqoridagilarni inobatga olib
Bundan
Bu tenglamadan foydalanib biri orqali ikkinchisini topish mumkin. Shu yerda aytib o’tish kerak- termodinamik ifodalarda odatda chin issiqlik sig’imi nazarda tutiladi.
Ko’pgina termodinamik hisoblashlarda moddalarning issiqlik sig’imlari va ularning temperaturadagi bog’likligini bilish zarur. Har xil temperaturadagi issiqlik sig’imlari tajribadan yoki nazariy hisoblar orqali topiladi.
Issiqlik sig’imlarining har xil temperaturalardagi qiymatlarini odatda interpolyatsion tenglamalar orqali topiladi:
Sr = a + vt + s1/T2 yoki Sr = a+ vt + sT2 + dT3
Bu yerda a, v, s, s1, d koeffitsientlarni, ma'lumotnomalardan olish mumkin (ular berilgan temperaturalar oralig’i uchungina o’rinlidir).
Do'stlaringiz bilan baham: |