9-LABORATORIYA ISHI
SILOSNING KISLOTALIGINI ANIQLASH
Silosning umumiy kislotaligini aniqlash. Sigimi 100 — 150 ml li konussimon kolbaga silosning suvli so’rimidan pipetka yordamida 20 ml o’lchab olinadi, unga fenolftaleinning spirtdagi 1%li eritmasidan 2 — 3 tomchi qo’shiladi.
Byuretkaga o’yuvchi natriyning 0,1n. eritmasidan olinadi.
Konussimon kolbadagi eritmani aralashtirib turgan holda, unga byuretkadagi o’yuvchi natriy erigmasidan tomichilatib qo’shiladi. Eritmada 2—3 minut davomida yo’qolmaydigan och pushti rang paydo bulganda titrlash to’xtatiladi.
Silos tarkibidagi kislotalarning foiz miqdorini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
a• 0,009•1000
C%= ——————
20
bunda:
C%- analiz uchun olingan 100 g silos tarkibidagi kislotalarni sut kislotaga aylantirib hisoblangan miqdori, % hisobida;
a - titrlash uchun sarflangan 0,1 n konsentrasiyali natriy gidroksid eritmasining hajmi, ml hisobida;
0,009- sut kislotaga aylantirib hisoblash koeffisientn 1ml 0,1n, NaOH eritmasi 0,009 g sut kislota bilan ekvivalent) ;
1000- 100 g silosdan olingan suvli so’rimning hajmi, ml;
20- titrlash uchun olingan suvli so’rimning hajmi, ml.
Silos tarkibidagi uchuvchan kislotalar miqdorini aniqlash. Tayyorlangan silosning sifatiga baho berish uchun uning tarkibidagi uchuvchan (sirka, moy va boshqa kislotalar) hamda uchuvchan bo’lmagan (sut kislota) kislotalar miqdorini aniqlash kerak..
Sig’imi 500 ml bo’lgan Vyurs kolbasiga silosning suvli so’rimidan 200 ml o’lchab solinadi.
Uchuvchan kislotalarni haydash uchun oddiy xaydash qurilmasi tuzilganidan so’ng, suyuqlikni kolbadagi sathi qalam bilan belgilab qo’yiladi.
Haydash kolbasiga o’rnatilgan jo’mrakli voronkaga suv quyiladi. Shundan so’ng kolbadagi suvli so’rim qizdiriladi, bunda kolbadagi suyuqlikning sathi o’zgarmasdan qolishi uchun unga vaqti - vaqti bilan voronkadagi suvdan quyib turiladi. Uchuvchan kislotalar suv buni bilan birgalikda Libix sovitgichi orqali o’tib yig’gichga to’planadi.
Uchuvchan kislotalarni haydashni sovitgichdan chiqayotgan suyuqlik tomchilari ko’k lakmus qog’oz rangini o’zgartirmaydigan bo’lguncha davom ettirish kerak.
Yig’gichdagi suyuqlikka fenolftaleinning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo’shib, uni to’xtovsiz aralashtirib turgan holda, 2-3 minut davomida yo’qolmaydigan och pushti rang paydo bo’lguncha byuretkadagi 0,1n, konsentrasiyali NaOH eritmasi bilan titrlanadi.
Umumiy kislotalilikni hisoblashda foydalanilgan formula yordamida silosdagi uchuvchan kislotalar miqdori sut kislotaga aylantirib foiz hisobida topiladi. Bunda silosning suvli so’rimidan umumiy kislotalilik aniqlangandagi kabi 20 ml emas, balki 200 ml olinganligini nazarda tutish kerak.
Silos tarkibidagi uchuvchan bo’lmagan kislotalar miqdorini aniqlash. Silosdagi uchuvchai bo’lmagan kislotalar (sut kislota) miqdori umumiy kislotalilik bilan uchuvchan kislotalar miqdori orasidagi farqdan foydalanib hisoblanadi. Bundan tashqari, V’yurs kolbasidagi eritmadan uchuvchan kislotalar haydalgandan keyin qolgan kislotalar (sut kislota)ni fenolftalein ishtirokida NaOH ning 0,1n eritmasi bilan neytrallab, yuqoridagi formuladan foydalanib aniqlash ham mumkin. Analiz natijalariga ko’ra silos tarkibidagi uchuvchan bo’lmagan kislotalarning nisbatlari aniqlanadi, ya’ni silosning sifati to’g’risida tegishli ma’lumot olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |