Amur Temurning ayollar musiqa san'atiga munosabati



Download 16,11 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,11 Kb.
#275863
Bog'liq
Темурийлар


"Amur Temurning ayollar musiqa san'atiga munosabati" Nargiza Aliyeva,

NamDU, Musiqa yo’nalishi talabasi

Annatatsiya:

Ushbu maqolada, davlat boshqaruvida yuksak cho’qqilarni zabt etgan sohibqiron Amur Temurning nozik did sohibi ekanligini san’at, musiqaga e’tibori, ayollarni e’zozlashi orqali guvohi bo’lamiz.



Kalit so’zi:

Amir Temur, ayollarga munosabat, miniatyura, musiqa, yalla, lapar, Z.M.Bobur,Vosifiy, Badoe’ul vaqoe, O’rta Osiyo.


Ayollar ijodining betakror mahsuli – yor-yor, o’lan, kelin salom, alla, yalla, lapar, qo’shiq singari noyob aytimlar osha diyorimizda madaniy jarayonlarning bezagi bo’lib keldi. Bugungi kunda ham o’z go’zalligi va bebaxo qiymatini yo’qotmagan bu namunalar milliy musiqa xazinamizning muhim qismini tashkil etmoqda.

Ayollar musiqachiligining yuksalishi hamda muayyan san’at turlarining shakillanishida buyuk bobomiz Amir Temur tuzgan davlatning saroy madaniy muhiti va unda mavjud shart va sharoit imkoniyatlar katta o’rin tutgan.

Ayol zotini e’zozlagan sohibqiron Amir Temur saroyida xotin-qizlar nafis san’at turlari bilan mashg’ul bo’lishi hamda ijodiy faoliyat ko’rsatishi uchun zarur muhit va sharoit yaratgan edi. Manbalarda keltirilishicha, musiqachilarning ijrosini maroq bilan tinglagan sohibqiron bobomiz saroyida erkak san’atkorlar bilan bir qatorda raqqosa, sozanda va xonanda ayollar ham o’z iste’dodini ko’rsatishga izn bergan. Bu kabi marosimlar nafaqat saroy sahni va ayvonlarida o’tkazilgan, balki to’y va bayramlarda, o’sha davrda ommaviy tus olgan xalq sayillari va marosimlarda ham kuzatilgan (1).

Amir Temur davriga oid ishlangan miniatyuralarda bu kabi manzaralar aks ettirilgan. Jumladan, ulug’ sohibquron xuzuridagi qabul marosimlaridan biriga bag’ishlangan miniatyurada musiqachilar ansambli tasvirlangan bo’lib, unda san’atkor ayollar chiltor va doira cholg’ularini ijro etayotganini tasvirlangan.

Sohibqiron Amir Temurning ayol san’atkorlarga bo’lgan yuksak e’tiborini uning farzandlari va nabiralari ham davom ettirgan. Tarixdan ayonki, she’r sheriyat va musiqa bilan jiddiy shug’illangan temuriyzodalar o’z bobolari Amir Temurning izidan borib, adabiyot va san’at rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratib berganlar. Jumladan, tarixchi Xondamirning ma’lumotiga qaraganda, Mirzo Ulug’bek ilm olish va san’at sohalarida ayollarning erkaklar bilan tengligini e’lon qilgan hamda xotin-qizlar orasidan yetishib chiqqan sozanda, xonanda va raqqosalarning erkaklar bilan yonma-yon o’tirib, birga ashula aytishiga va o’yin kulgi qilishiga ruhsat bergan (2).

Vosifiy ”Badoe’ul vaqoe” asarida bu borada qimmatli ma’lumotlar keltirib, unda Xonzoda bulbul, Chaqar xonim va Mohchuchuk kabi san’ator ayollarning betakror ijrolari va erkaklar bilan birgalikda ijod etganliklari xususida to’xtalib o’tgan. Bunday tadbirlarda ayol san’atkorlar yalla, qo’shiq, ashula va lapar janrlarida ijodkorlik faoliyatlarini namoyon etgan.

Ashula – yakka xonanda yoki xonandalar guruhiga mo’ljallangan, mumtoz o’zbek musiqa merosida markaziy o’rin egallagan uslub.

Yalla – xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qo’shiq turi.

Lapar – musiqiy falklor janri.Voqea bandligi va kuy tuzulishi jihatidan uncha murakkab bo’lmagan, tor diapazonli, naqoratsiz janr.

Qo’shiq – turkiy xalqlar orasida, she’rga bitilgan bir nazm shakli. Bastalangan musiqa bilan birgalikda qo’shiq yaratiladi (3).

Umarshayx Mirzo hukmronlik qilgan paytlarda saroydagi barcha ayollarga xos davralarda o’yin-kulgu qilishga ruhsat berilgan edi. Uning o’g’li Zahiriddin Muhammad Bobur ham musiqa san’atiga e’tiborli bo’lganligi va san’at rivojiga xissa qo’shganligi yozma manbalardan ma’lum. U o’z saroyida ko’plab san’atkorlarni to’plagan bo’lib, ayollarning erkak san’atkorlar bilan birgalikda, bir mavqeada ijod qilishiga imkon yaratgan (4).

Temuriylar hukumronligi davrda yuzaga kelgan ayollar san’ati izsiz yo’q bo’lib ketmadi. Ustoz-shogird an’analari asosida asrlar davomida rivojlandi, sayqal topdi. O’z o’rnida mintaqa xalqlari musiqa san’ati rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Keyinchalik O’rta Osiyoda yuzaga kelgan Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari davrida ko’rsatilgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar tufayli yanada rivij topdi. Aynan manashularning natijasida, Xorazimda xalfachilik, Farg’ona vodiysida esa yallachi kabi nomlar bilan ma’lum ayollar musiqachiligiga xos yangi maktablar shakillanib, xalq urf-odatlari va an’analari xalqimmizning o’zi kabi umrboqiy, mehridaryo ekanligidan dalolatdir. Yurtimmizning har bir go’shasida o’ziga xos marosimlar, oilaviy-maishiy va mehnat bilan bog’liq an’analar, momolarning mehr bulog’ida qaynab chiqqan orombaxsh alla-yu olqishlar mavjud. Xalq marosimlarida jo bo’lgan asriy qadriyatlar, ma’naviyat ko’zgusiga aylangan qanotli orzular, folklor ijrochilarning ko’o asrlar davomida yaratgan ijodiy faoliyati natijasida sayqallanib,barkamollashib kelgan qadimiy urf-odatlar va an’analarni o’rganish milliy qadriyatlarimmiz mohiyatini yanada chuqurroq, teranroq anglash imkonini beradi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1.GULISTON.2016/5 B-21

2. GULISTON.2016/5 B-21

3. uz.m.wikipedia.org



4. Nasiba Turg’unova.San’atshunos.
Download 16,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish