Chilonjiydadoshlar
Chilonjiydadoshlar - chilonjiydanamolar qabilasiga mansub oila. 60 turkumga oid 900 ga yaqin turi bor. Ch. yer yuzida juda keng tarqalgan. Orta Osiyoda tabiiy holda 5 turkumga mansub 8 turi, Ozbekistonda esa 3 turkumga kiradigan 6 turi osadi. Hayotiy shakliga kora, buta va past boyli daraxtlardan iborat. Barglari butun, yon bargchali, gullari togri, oq yoki och yashil. Bir yoki ikki jinsli. Kosachasi 4 - 5 bolakli. Gultojibarglari 4 - 5 ta, changchilari 4 - 5 ta, ustunchasi 1 ta, tugunchasi ustki, mevasi danakcha. Ch.ning chilonjiyda turkumi mevasining shifobaxshligi bilan juda qadrli. Xalq tabobatida qonni suyultirishda va qon bosimini tushirishda foydalaniladi.
Jumrut, bo ribag ir Rhamnus coriacea Kom. - chilonjiydadoshlar jumrutdoshlar oilasiga mansub yirik buta yoki past bo yli daraxt. Gullari mayda, sarg ish - yashil
Konfet daraxti, goveniya Hovenia dulcis - chilonjiydadoshlar itjumrutdoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Koreya, Xitoy, Yaponiyada yovvoyi holda
Tog jumrut Rhamnus - chilonjiydadoshlar oilasiga mansub barg to kuvchi, doim yashil daraxtlar yoki butalar turkumi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. Amerikada
Choydoshlar oilasi-(Theaceae).
Bu oila vakillari ko‘pincha doimiy yashil daraxt yoki butalardir. Ularning barglari oddiy, chetlari tekis, birin-ketin joylashgandir. Yonbarglari bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinslidir. Kosachabarglari 5-7 ta. Tojbarglari 5 ta, ba’zan 4 ta yoki bir qancha va kosabarglari singari tagi qo‘shilib o‘sgan yoki erkin bo‘ladi. Otaligi ko‘pincha cheksizdir. 5 ta bog‘lam tashkil etadi va tojbarglarining tagiga birikkan bo‘ladi. Onaligi 2 yoki ko‘p, ko‘pincha 3-5 mevabargli,tugunchasi ustki,ikki va ko‘pincha 3-5 uyali, mevasi ko‘sakcha yoki kamdan kam rezavor mevadir. Bu oila 30 avlod 400 turdan tashkil topgan bo‘lib, uning vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Muhim avlodlariga choy (Thea) va kamelliya (Camellia) lar kiradi.
Choy avlodi (Thea). Bu avlod vakillari doimiy yashil buta yoki kichikroq daraxt o‘simliklardir. Ularning barglari etli, ovalsimon uchiga tomon ensizlagan va qisqa bandlidir. Gullari bittadan, tojbarglari 5-9 ta, tagi tutash, oq va sarg‘ish pushti tukga moyilroq rangli bo‘ladi.
Mevasi yog‘ochlangan ko‘sakcha, har qaysi uyasida bittadan olchadek urug‘i bo‘ladi. Choy yer shari bo‘yicha 4 ta turi ma’lum. Shundan ikkitasi Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va assam yoki xind choyi (Gh. assana) nam subtropik mamlakatlarda ekiladi. Xind choyi bo‘yi 10-15 m. balanlikdagi daraxt, barglari cho‘ziq bo‘ladi. Xitoy choyi esa asosan 2-3 m balandlikdagi butadir. Uning barglari esa cho‘ziq tuxumsimon bo‘ladi. Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va xind choyi (Gh. assamica) gibridlari asosan Farbiy Gruziyada, Ozarbayjonning Lenkoran rayonida, Krasnodar o‘lkasining janubida ekiladi. Asli (Hindixitoy) tog‘li o‘rmonlari hisoblanadi.
Nerv sistemasining faoliyatini yaxshilash, xordiq chiqarish maqsadida yer kurrasining qariyib barcha aholisi tomonidan ichiladigan choy shu o‘simlikning bargidan tayyorlanadi. Choy o‘simligining bargida 20-28% tannidlar, 2-5% kofein, 0,01% efir moyi, S,V 41 0, V 42 0, K vitaminlari, putin va organik kislotalar hamda mineral moddalar bor.
Qizilpoychadoshlar oilasi (Yuttiferae)
Bu oila vakillari daraxt, ba’zan o‘t,goho epifit va liana o‘simliklardir. Ularning barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ko‘pincha yonbarglari bo‘lmaydi. Gullari 2 jinsli yoki bir jinsli va to‘g‘ri, spiral xolda yoki doira bo‘lib, chala qalqonsimon yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Kosacha va tojbarglarining soni har xildir. Tojbarglari ko‘pincha 5 ta, ba’zan 4 ta, sariq goho qizil, to‘q qizil rangda bo‘ladi. Otaligi ko‘p, ba’zan 6-18 ta, aksari osti birikkan bo‘lib, 3-5 bog‘lamni tashkil etadi. Onaligi ko‘pincha 3-5 uyali. Mevasi ko‘sakcha,danakcha yoki rezavor mevadir. Mevasi ko‘sakcha, danakcha yoki rezavor mevadir.
Qizilpoychadoshlar oilasi 47 avlod 850 turdan iborat bo‘lib, asosan tropik mamlakatlarda tarqalgandir. Shundan O‘zbekistonda faqat 3 turdan iborat dalachoy avlodi (Hypericum) tarqalgan.
Dalachoy avlodi (Hypericum).
Bu avlod vakillari o‘t yoki chala buta o‘simliklaridir. Ularning barglari qarama-qarshi joylashgan, qariyb bandsiz. Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5 tadan, otaliklari cheksiz, tagi qo‘shilib o‘sgan. Mevasi 3 uyali ko‘sakcha, urug‘i ko‘p va endospermsizdir. Dalachoyning 3 turi O‘zbekiston florasida uchraydi.
Dalachoy (H perforatum)
Bu ham qizilpoycha turga o‘xshash. Uning tojbarglari 15-20 mm bo‘lib, otaligi gultojidan qisqa bo‘ladi. U keng tarqalgan o‘t bo‘lib, ko‘proq bedapoyalarda va bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi.
Qizilpoycha (H. Scabrum)
Bu bo‘yi 20-40 sm keladigan tanasining hammasi g‘adir budur, ildizlari yeg‘ochlangan ko‘p yillik o‘tdir. Uning gullari sariq, otaliklari tojbarglardan uzunroq, adir va tog‘larning yon bag‘rlarida tarqalgan.
Xo‘jalikdagi axamiyati.
Bu oila vakillari orasida foydali turlari ko‘p. Ammo ularning dalachoylar avlodidan boshqa hammasi tropik mamlakatlarda tarqalgan. Ularning bargida efir moylari juda ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari oshlovchi, oq bo‘yoq bo‘luvchi moddalar ham uchraydi. Dalachoy tunda beixtiyor siyish kasaligiga duchor bo‘lgan bolalarga yotish oldidan uning bir stakan damlamasi ichiriladi
Kovul, kovar (Capparis spinosa L.) — kovuldoshlar oilasiga mansub yarim buta. Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti. Mevasi qizil etli, koʻp urugʻli.
Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim. Afrika va Oʻrta dengizning toshloq yerlarida koʻp tarqalgan. Jan. Yevropada ekiladi. K.ning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Choʻl va adirlarda, yoʻl boʻylarida, devorlar ustida, ekinlar orasida oʻsadigan kovul koʻp urugʻli rezavor boʻlib, mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urugʻlari pishadi. Bu dorivor oʻsimlikning mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 foiz uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 foiz moy, ildiz poʻstlogʻida staxidrin alkaloidi mavjud.Kovul yoki kavar oʻsimligi tabiiy holda Oʻrtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda, Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu oʻsimlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan boʻlib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi. Oʻsimlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir choʻli bilan bogʻliq holda atalgan. Chunki kovul bu hududlarda eng koʻp uchraydigan oʻsimlik sifatida ajralib turadi.
Kovul dorivor oʻsimlik boʻlishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning gʻunchali novdalari, gʻunchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi hamda oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan mashhur dori-darmon koʻrinishida foydalaniladi. Hindular kovulni kobra, kabra yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda oʻsimlik organlari qoʻshib tayyorlangan oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi.
Tabobatda pishgan mevasi, barglari, novda va ildiz poʻstlogʻi ishlatiladi.
May-avgust oylarida ochilmagan gʻunchalari, barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh, yogʻochlasha boshlagan novdalari va ildizining poʻstlogʻi shilib olinadi, maydalanadi hamda quyoshda yoki 50-60ºS haroratda quritiladi.Poʻstlogʻidan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga ega. Xalq tabobatida yiringli yaralarni davolash uchun ishlatiladi. Yangi shilingan poʻstlogʻi ogʻrigan tishga bosilganda ijobiy natija beradi. Ba’zan ochiq yiringli yaralarga qoʻyilganda antiseptik ta’sir qiladi. Bundan tashqari oʻsimlikdan stenokardiyada, tireotoksikoz, gemorroyda, qandli diabet kasalligini davolashda ham foydalaniladi.
Ildiz poʻstlogʻidan nastoyka tayyorlash uchun 20 g shilib olingan poʻstlogʻi ustiga 0,5 l qaynagan suv quyiladi, 1-2 soat davomida tindiriladi. Kuniga uch mahal ovqatdan oldin 1/2 stakandan ichiladi
. Yevropada ekiladi. K.ning gunchasi, mevasi sirkalab yoki tozlab ovkatga solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Chol va adirlarda, yol boylarida, devorlar ustida, ekinlar orasida osadigan kovul kop urugli rezavor bolib, mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida uruglari pishadi. Bu dorivor osimlikning mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32.9 foiz uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3.75 foiz moy, ildiz postlogida staxidrin alkaloidi mavjud.Kovul yoki kavar osimligi tabiiy holda Ortayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, Orta Osiyoda, shu jumladan, Ozbekistonda, Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu osimlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan bolib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi. Osimlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir choli bilan bogliq holda atalgan. Chunki kovul bu hududlarda eng kop uchraydigan osimlik sifatida ajralib turadi.
Kovul dorivor osimlik bolishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning gunchali novdalari, gunchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi hamda oziq-ovqatda "kaperslar" nomi bilan mashhur dori-darmon korinishida foydalaniladi. Hindular kovulni kobra, kabra yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda osimlik organlari qoshib tayyorlangan oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi.
Tabobatda pishgan mevasi, barglari, novda va ildiz postlogi ishlatiladi.
May-avgust oylarida ochilmagan gunchalari, barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh, yogochlasha boshlagan novdalari va ildizining postlogi shilib olinadi, maydalanadi hamda quyoshda yoki 50-60ºS haroratda quritiladi.Postlogidan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga ega. Xalq tabobatida yiringli yaralarni davolash uchun ishlatiladi. Yangi shilingan postlogi ogrigan tishga bosilganda ijobiy natija beradi. Ba’zan ochiq yiringli yaralarga qoyilganda antiseptik ta’sir qiladi. Bundan tashqari osimlikdan stenokardiyada, tireotoksikoz, gemorroyda, qandli diabet kasalligini davolashda ham foydalaniladi.
Ildiz postlogidan nastoyka tayyorlash uchun 20 g shilib olingan postlogi ustiga 0.5 l qaynagan suv quyiladi, 1-2 soat davomida tindiriladi. Kuniga uch mahal ovqatdan oldin 1/2 stakandan ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |