Sug‘urta kompaniyalari umuman hayotda va iqtisodiyotda,
xususan moliya
bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
—risksizlikni
(sug‘urta turlari
klassifikatori
bo‘yicha)
ta’minlovchi moliyaviy institutlar;
-m oliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar
manbayi;
-institutsional investor (belgilangan tartibda);
-qimmatli qog‘ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Yuqorida qayd etilgan holatlami xalqaro sug‘urta bozori va
sug‘urta operatsiyalari rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‘rish
mumkin23.
23
Vahobov A.V., JumaevN.X, Burxanov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari.-T.:
Sharq, 2003.-347-370-bb.
85
1. Bozor mexanizmlarining samarali amal qilishi bilan
infratuzilma tarkibiy qismlarining turli-tumanligi va yetarli darajada
rivojlanganligiga o ‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
2. Hozirda iqtisodiy adabiyot va qo‘llanmalarda bozor
infratuzilmasining asosiy unsurlari sifatida qanday obyektlar
ko‘rsatib o ‘tiladi?
3. Moliya bozorining asosiy maqsadi nima va unga erishish
uchun qanday sharoitlaming yaratilishi taqozo etiladi?
4. Moliya bozori qanday funksiyalami bajaradi?
5. Bozor aloqalarini jadallashtirishga xizmat ko‘rsatuvchi
qaysi infratuzilma muassasalarini bilasiz?
6. Birjalaming iqtisodiy mazmuni va vazifalari nimalar orqali
namoyon bo‘ladi?
7. Biija bitimlari turlarining turkumlanishini izohlab bering.
8. Qimmatli qog‘ozlar nima, ulaming iqtisodiyotda tutgan
о ‘mi qanday?
9. Bozor infratuzilmasi sifatidagi kredit tizimining mazmunini
izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |