qilish, qayta ishlash va o'tkazish bo'yicha xizmatlar ko‘rsatish tushuniladi. Qimmatli qog'ozlar bozorining transfer agent faoliyatini amalga oshiruvchi professional qatnashchisi transfer-agent deb nomlanadi. Emitentbilano‘zaro munosabatda transfer-agent quyidagilami amalga oshiradi: - emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda reestr shakllantirish uchun markaziy registratorga so‘rov yuborish; - markaziy registratordan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar egalari reestrini qabul qilish; - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitentga qimmatli qog'ozlar reestrini yetkazish va berish. Transfer-agent emitentga markaziy registratordan olingan qimmatli qog'ozlar egalari reestri va boshqa ma’lumotlami o‘z vaqtida yetkazib berish va ularning saqlanishi yuzasidan javobgar hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlami begonalashtiruvchi (sotib oluvchi) bilan o‘zaro munosabatda transfer-agent quyidagilami amalga oshiradi: - qimmatli qog'ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluv- chidan) olingan hujjatlarni tekshirish, ro‘yxatga olish va hisobga olish; - mijozlardan olingan hujjatlarni ro'yxatga olish va hisobga olish; - qimmatli qog'ozlarni begonalashtiruvchiga xizmat ko'rsatayotgan depozitariyga qimmatli qog'ozlar bo'yicha 79
huquqlaming o‘tishiga asos hisoblanuvchi xujjatlami yetkazib berish va taqdim etish; - imzolar taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan shaxslar (ulaming vakillari) tomonidan qo‘yilgan!igini kafolatlash;