Ammiakni zararsizlantirish va mochevina sintezi



Download 140,84 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi140,84 Kb.
#234504
  1   2   3



AMMIAKNI ZARARSIZLANTIRISH VA MOCHEVINA SINTEZI

Kirish

Asosiy qisim

  1. Atmosfera azoti va uni ajratib olish.

  2. Sintetik ammiak sintezi:

  3. Texnik gazlar aralashmasini tozalash usullari;

  4. Sintetik ammiak sintezining texnologik sxemasi.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish

Azot inson va tirik jonzotlar hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan rangsiz, ta`msiz va hidsiz gaz. U eng ko`p tarqalgan elementlardan biri. Er qobig`ining massasini 1,10-2,0% ni tashkil qiladi. Asosiy qismi atmosferada (75,6% massa bo`yicha, 78,09% hajmi bo`yicha) bo`lib 4108 m3ga tengdir. Bog`langan holda havoda, daryolar, dengizlar, okeanlar suvida uchraydi. Er qobig`ida u asosan uch xil: erkin, minerallar va ionlarga ega bo`lgan birimalarni hosil qiladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan natriyli selitra va kaliyli selitrasi ko`rinishida, kometalarning gaz bo`lutlarida, quyosh atmosferasida qayd etilgan.

Azot hamma tirik mavjudotlar tarkibida bor. Oqsillarni 17% gacha azot elementidan iborat, inson organizmida jami 3% ni tashkil qiladi. Azot tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Demak uni tuproqdagi miqdori azot bog`lovchi bakteriyalar yoki mikroorganizmlar faoliyati tufayli hosil bular ekan. Atmosfera azotini yutib, azot tutuvchi birikmalarga aylantiradigan o`simliklar va mikroorganizmlar birgalikda har yili bir gektar erga 200-500 kg azot berishar ekan. Azot D.Rezerford tomonidan 1772 yilda kashf etilgan. Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so`zi grekchadan tarjima qilganda «hayotiy emas» degan ma`noni bildiradi. Lekin haqiqatan ham shundaymi? Azot kisloroddan farq qilib, haqiqatan ham nafas olish va yonishga yordam bermaydi. Lekin odam doimo sof kislorod bilan nafas olishi mumkin emas. U kislorodning oddiy neytral suyultiruvchisi emas. Ayni azot va kislorod aralashmasigina sayyoramizda yashovchilarning ko`pchiligi uchun nafas olishga eng yaroqli hisoblanadi. Bu gazning nisbat inertligi insoniyat uchun nihoyatda foydalidir. Agar u kimyoviy reaksiyalarga moyilroq bo`lganida er atmosfersi hozirgi ko`rinishida mavjud bo`lmagan bular edi. Kuchli oksidlovchi bo`lgan kislorod azot bilan reaksiyaga kirishib, azotning zaharli oksidlari hosil qilgan bular edi. Lekin, agar azot geliy singari haqiqatan inert gaz bo`lganida kimyoviy ishlab chiqarishlar ham, kuchli mikroorganizmlar ham atmosfera azotini bog`lay olmagan, hamda barcha tirik organizmlarning bog`langan azotga ehtiyoji qondirilmagan bular edi. Ko`pchilik moddalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ammiak, nitrat kislota, eng muhim mineral o`g`itlar bo`lmas edi. Erda hayot ham bo`lmas edi, chunki azot barcha organizmlar tarkibiga kiradi.
Suyuq azotdan sovutish qurilmalarida foydalaniladi. Azot kimyoviy aktivligining kamligi avvalo uning molekulasining tuzilishiga bog`liq. Ikki atomdan iborat azot molekulasini parchalash uchun juda katta 984,6 kj/mol energiya kerak. Molekulasi parchalanmay turib azot kimyoviy bog` hosil qilmaydi. Atomar azot esa ancha aktiv xususiyatga ega. U odatdagi haroratda oltingugurt, fosfor,mishg`yak va ba`zi metallar, Masalan,simob bilan reaksiyaga kirishadi. Lekin azotni alohida atomlar holida olish murakkab ish hisoblanadi. Hatto 30000S da olingan azotning 0,1% igina erkin atomlarga ajrala oladi. Azot kimyoviy laboratoriyalarda quyidagi reaksiyalarga binoan hosil qilinadi:

(NH4)2Cr2O7 → N2 + Cr2O3 + 4H2O

Eng toza azot natriy nitridini parchalab olinadi: 2Na3N→6Na + 3N2

Havo tarkibida 78,03% hajm azot, 20,95% hajm kislorod, 0,94% hajm argon va boshqa inert gazlar juda kam miqdorda bo`ladi. Havoning tashkil qiluvchi elementlarining fizik xossalari quyidagi jadvalda berilgan:

Gaz

T suyuq 0S

T qaynash 0S

Kislorod


Download 140,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish