Amir Temurning tarbiyaviy qarashlari Bajardi: Akramova Diyora mkt(bha)-70
Amir Temurning tarbiyaviy qarashlari Bajardi: Akramova Diyora MKT(BHA)-70 AMIR TEMUR HAQIDA
Amir Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan boshlab mard, dovyurak, jasur bo’lib o’sadi. Harbiy san’atni mukammal egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o’rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo’ladi. SHuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o’z e’tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo’lib yetishadi. Amir Temur o’z davlati qudratini yuqori ko’tarib dunyoga tanitadi.
TEMUR TUZUKLARI
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo’ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi yo’riqnomadir. Taniqli olim Bo’riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo’ysak bo’ladi. Zero, tarixan ta’limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so’ng axloq me’yorlari bayon etiladi. Shunga ko’ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to’g’rilik, do’stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko’rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug’laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi.
AMIR TEMUR RIOYA QILGAN 12 QOIDA
Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o’n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko’rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko’rsatish, saltanat ishini yurg’izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko’rish; Davlat ishlarini yurg’izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko’rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo’lib turish; barchaga hurmat-e’tiborda bo’lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do’st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo’lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g’amxo’rlik qilish.
Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: «Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir: Olloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu maqsadingga yetkazadi; tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati; qilich — ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi; kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir».

Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-
Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-
tarbiya sohasida o‗zi yuksaklikka, mutafakkirlikka
erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil
qilish uchun bobomizning o‗zi tomonidan
yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‗gitlar,
pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi
tarixiy asarlarni ko‗zdan kechirish kifoya. ―Tuzuki
Temuriy‖ (―Temur tuzuklari‖), ―Marfuzaota
Temuriy‖ (―Temurning aytganlari‖) va ―Vakioti
Temuriy‖ (―Temurning boshidan kechirganlari‖)
jahonga mashhur asarlaridir.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |