Obodonchilik ishlari
Moguliston xoni Tugluq Temurxon (1348-1363) bu parokandalikdan foydalanib, 1360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mogulga qarshilik korsatmay taslim boldi. Sirdaryoning ong va so'1 tomonlari ham shu zaylda egallandi. Ozini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mogul qoshinlariga qoshildi. Lekin xalqqa qiyin boldi. Mogullar 1369-yilgacha Movarounnahrda xojayinlik qilishdi. Urushlar, toqnashuvlar hammaning tinkasini quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yolida jonini tikkan yolgiz Amir Temur (13361405) boldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday davlat oz faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad va manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, quldorlik davlati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk egalarining manfaatini hirtloya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham mulkdorlar hukmron bolgan davlat edi.Amir Temur kop yillar davom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida vayron bolgan xalq xojaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish va mamlakatni obod qilishda zor tashabbus va jonbozlik korsatdi. Masalan, Samarqand va Banokat shaharlari 12181219-yillarda mogullar tarafidan tamoman vayron etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bolmas edi.Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga astoydil ki-rishdi. Masalan, 13711372-yillarda poytaxt Samarqandning buzilib ketgan hisori (qaPa) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bolgan devorini tiklatdi. oshanda Shahriston (tashqi shahar) va uning 6 darvozasi (Shayxzoda, Ohanin, Femza, Sozangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan saroy Koksaroy va Bostonsaroy bunyod etildi, shahar kochalari va bozorlari obod qilindi. Shohi Zindada oljoy Turkon ogo, Tugluq Tegin, Qutlug Turkon ogo, Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning ragbati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib otgan shoh kocha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi.Sohibqiron Amir Temur oz hayoti davomida koplab shaharlar, masjid-u madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog-roglar, sugorish inshootlari, ravon yollar, kopriklar barpo ettirdi. Ularning ba'zilarini ogillari, nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga hain Amir Temur nomi berilmadi. Bunga uning ozi xohish bildirmadi.Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mogullar hukmronligi davrida, ya'ni keyingi 140 yil davomida biron-bir katta bino qurilmagan edi.Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qoshgan buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdir-gan Bibixonim masjidi (1404), Oqsaroy qasri (1380 1404), Dorus-saodat maqbarasi (1380) oliy imoratlardir.Amir Temur davrida bog yaratish ishlari beqiyos rivojlandi. Boglar xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi O. Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida 12 ta bog-saroy barpo ettirgan. Bular Bogi Naqshijahon, Bogi Behisht, Bogi Shohrux, Bogi Dilkusho, Bogi Shamol, Bogi Davlatobod, Bogi Boldi, Bogi Maydon, Bogi Baland, Bogi Chinor, Bogi Jahonnamo, Bogi Nav boglaridir. Bulardan tashqari mamlakatning boshqa joylarida ham koplab boglar yaratilgan.
Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bilan odamlardan ajralib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir otkazadigan hamda oziga boysundiradigan buyuk shaxs edi. Angliyalik tadqiqotchi Xilda Xukxemning fikricha, Amir Temur orta Osiyo otmish taraqqiyotida toplangan siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni ozida mujassamlantirgan va bu madaniy merosning davomchisi bolgan shaxsdir.
Amir Temurning avlodlaridan kopchiligi shunday obodonchilik ishlarini davom ettirdilar. Mirzo Ulugbek qurdirgan madrasalar, Husayn Boyqaro davrida A. Na-voiy boshchiligidagi obodonchilik ishlari, Boburiylar davridagi noyob qurilishlar bunga misol bola oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |