OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI
OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
arxivshunoslik YONALISHI
OZBEKISTONning davlat muassasalar TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: AMIR TEMUR MOVARUNNAHRDA TAXTGA OIRISH ARAFASIDAGI SIYOSIY AHVOL
TOPSHIRDI: M.XUDOYQULOVA
QABUL QILDI: R.DUSCHANOV
Reja:
Kirish
Amir Temurning hokimyat sari ilk qadamlari
Sohibqironning ichki va tashqi siyosati
Jamityatni boshqarishdagi korsatmalari
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning ko’rkam shahri Shahrisabz Keshning Xo’ja ilg’or qishlog’ida tavallud topganlar. Amir Temurning onasi Takina begim mashhur qonunshunos olim avlodidan edi. Otasi Taragay bahodir Chigatoy xonlari huzurida yuzboshi bolib xizmat qilgan. ,,Bola boshidan degan naqlga amal qilgan Taragay ogliga yoshligidan yaxshi talim-tarbiya berdi.
Temurbek bilim olishni yetti yoshidan boshladi. Bu haqda uning ozi bunday deydi: ,, Yetti yoshga tolganimda Shahrisabzdagi madrasaga olib borishdi va qolimga sozlar jadvalini berishdi. U sozlarni qiynalmay oqiy boshladi. Chunki u harflarni uyida organgan edi. 9 yoshga kirganda madrasadagi hamma bolalardan ustun bolib oldi. Temurbek har qanday yigilishlarda ulamolar oldidan joy olishga harakat qilardi. Lekin har doim ularning oldida tiz chokib otirardi.
Kattalarga shu xilda hurmat bildirishni oziga qoida qilib olgandi.
Temurbek 12 yoshida bolalar bilan oynashni kamaytirdi. Vaqtini oz tengdoshlari hamda osmirlar bilan otkazdi. Tatil vaqtlarida esa u otasidan va boshqa kishilaridan harbiy sanat va bahodirlik rasm rusumlarni mukammal egalladi. 15 yoshga yetganda ot minib, ov qilishni sevib qoldi. Bu ishda katta mahoratga erishdi. Xullas, Temurbek yaxshi oqib, ziyrak va jasur bola bolib osdi, el- yurtga mehr qoydi. Ammo uning bolalik va yigitlik davri ogir kunlarga togri keldi.Qozonxon oldirilgan 1346- yil keyin viloyat hokimlari hukumatga boysunmay qoydilar. Buning ustiga ular xalqni ayovsiz talar edilar.
(1336 1405) 1404-yilning kech kuzida Amir Temur 200 ming kishilik qo'shin bilan Xitoy tomon yurish boshlaydi. Shu yil qish erta tushgan edi. Amir Temur qo'shini Sirdaryo bo'yidagi qadimiy shahar 0'trorga yetib borganida sovuq avjiga chiqadi. Amir Temur shu yerda zotiljam kasaliga chalinib, 18 fevral kuni vafot etadi. Insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, umrining asosiy qismini jang-u jadallarda otkazgan, Xitoy chegarasidan Qora dengiz sohillarigacha, Sirdaryo bo'yidan Hind okeani sohillarigacha bo'Igan hududda ulkan imperiya tashkil etgan Amir Temurning hayoti shu zaylda poyoniga yetadi. 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlog'ida yashovchi Chig'atoy ulusining beklaridan bo'lgan Amir Tarag'au oilasida ogil tug'iladi. Amir Tarag'au chaqaloqni shayx Shamsuddin Kulol huzuriga olib boradi. Bu paytda shayx Qur'on o'qib o'tirgan ekan. Suralardan birida "taymur" so'zi uchraydi va shayx go'dakning nomini Temur qo'yishni buyuradi.
Yosh Temur bolalikdan sog'lom, baquvvat, dovyurak bo'lib o'sgan, otda yurishni yaxshi ko'rgan. Maxsus murabbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan o'q uzish, qilichbozlik singari harbiy mashq va o'yinlar bilan mashg'ul bo'lgan. Temur tabiatan og'ir, bosiq, teran fikrli, idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo'lgan. U o'z atrofiga sadoqatli odamlarni to'play olish, ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo'lgan. Amir Temur o'zining ilk harbiy faoliyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ulaming o zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. U voyaga yetib, o'lkaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtirok eta boshlagan paytda mo'gullar imperiyasining to'rt ulusidan biri bo'lgan Chig'atoy ulusi bekliklarga bo'linib ketib, ular o'rtasida o'zaro urushlar avj olgan edi. Xalq esa urushlardan charchab, butun Movarounnahrning yagona davlatga birlashishini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanishni orzu qilib yashardi 1342-yilda Chig'atoy xonligi taxtiga o'tirgan Qozonxon qattiqqo'Iligi bilan qo'l ostidagi mansabdorlarni va xalqning ko'pchiligini o'ziga qarshi qilib qo'ygandi. 1346-yildagi urushda Qozonxon o'ldirildi. Mo'g'uliston hukmdori To'g'luq Temurxon qo'shini 1359-yilda Xojand yaqinida Sirdaryoni kechib o'tib, Sirdaryo va Amudaryo o'rtasidagi yerlarni katta qarshiliksiz bosib oldi. Bu qo'shindan qo'rqqan amaldorlarning bir tszpp Xuroson va Afg'onistonga qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik ko'rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga itoat etdi. Temur bu voqeadan sal avval otasidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro'- e'tibor topib ulgurmagandi. Shu bois vaqtincha tashqi itoatkorlik uo'lini tutdi va To'g'luq Temuming ishonchini qozonib, uning on ming kishilik qo'shiniga boshliq bo'lib oldi. Shu zaylda o'z yerlari va ittifoqdoshlari yerlarini talanishdan saqlab qoldi. To'g'luq Temur shundan keyin o'z xonligiga qaytib, o'rniga o'g'li Ilyosxo'jani qoldirdi. Biroq Temur Ilyosxoja bilan kelishib ishlolmadi. Ilyosxo'ja Temurdan shikoyat qilib, aftidan, otasiga murojaat qilgan. To'g'luq Temur Amir Temurni o'ldirish haqida buyruq bergan. Bu buyruq tasodifan Temurning qo'liga tushib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz edi, ular bilan mo'g'ullarga qarshi kurashib bo'lmasdi. Shundan keyin Temur o'ziga sadoqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so'l tomoniga qochib o'tib, Badaxshon tog'lari orasiga yashirinmoqchi bo'ladi. Shunda Temurni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xorazm cho'llariga ketib, qo'zg'olon uchun qulay payt kelishini kutishni maslahat beradi. Xorazmga borayotgan Temurga Ilyosxo janing muxolifi, Chingizxon avlodidan bo'lgan Balx viloyati hukmdori Amir Husayn uncha ko'r bo'lmagan a'yonlari bilan qo'shiladi. Shundan keyin Temur Xorazm cho'llarida ancha vaqt sarson-sargardon bo'lib yurgach, mo'g'ullarni yurtdan quvish uchun qo'shin to'plash umidida Xurosonga uo'l oladi. Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur Ilyosxo'janing 100 ming kishilik qo'shiniga qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo g'ayrioddiy harbiy san'ati cha mardligi Temurga muntazam muvaffaqiyat keltirdi va u 1369- 70-yillarda mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi.
Amir Temur bu g'alabaga o'z ittifoqchisi Amir Husayn bilan birgalikda erishadi. Amir Temur Amir Husaynning jiyan singlisi O'ljaoy Turkon Og'oga uylangan, o'rtadagi ittifoq qarindoshlik iplari bilan ham mustahkamlangan edi. Biroq Movarounnahr mo'g'ullardan ozod bo'lgach, bu ittifoqqa Amir Husaynning insofsizligi va g'ayirligi sababli putur yetadi. Bu orada 0'ljaoy Turkon Og'o ham vafot etadi. Amir Husayn Amir Temurdan ayrilib, o'z qo'shinlari bilan Balxga joylashib oladi. Amir Temur Balxga yurish qilib, shaharni qamal qiladi va uni egallaydi. Amir Husayn o'z noiblari tomonidan ushlanib, o'ldiriladi. Shu voqeadan so'ng Balxda qo'shin boshliqlarining qurultoyi chaqirilib, Temur o'z piri Said Barakaning duoyi fotihasidan so'ng Movarounnahrning annn deb ye'lon qilinadi.
Temur mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan mustahkamlashga harakat qiladi. Bu paytda Movarounnahrga shimolda Oltin O'rda xavf solib turardi. Temur Orusxonning tazyiqidan qochib o z huzuriga yordam so'rab kelgan Oq Orda xonzodalaridan To'xtamishga bir necha bor yordam beradi. U avval Oq Ordani, keyin Oltin Ordani egallab, kuchli xonlik tuzib olgach, Temurning yaxshiligini unutadi va Movarounnahrga tahdid sola boshlaydi. Shundan keyin Temur qisman Oltin Orda tasarrufida bo'lgan Xorazmga bir necha marta yurish qilib, uni xonlik sifatida tugatib, Movarounnahr- ga qo'shib oladi. Keyin To'xtamish qo'shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur qo'shinlari bilan To'xtamish qo'shinlari o'rtasida 1389, 1391 va 1394 1395-yillarda to'qnashuv bo'ladi. So'nggi ikki jang Samara va Chistopol shaharlari oralig'ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ikkinchisi Shimoliy Kavkazda Terek daryosi vodiysida sodir bo'ladi va Temur qo'shinlari g'alabasi bilan tugaydi. Shunday qilib, Amir Temur mo'g'ul imperiyasining asosini yemirib, rus knyazliklari va Sharqiy Yevropa xalqlari mo'g'ullar asoratidan xalos bo'lishlariga uo'I ochib berdi. Yirik rus olimi A. Y. Yakubovskiy: "Temurning To'xtamish ustidan qozongan bu g'alabasi nafaqat Orta Osiyo va Sharqiy Yevropa, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo'ldi", deb yozgan.Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davrida (1366 1385) Movarounnahrni mo'g'ullar istilosidan ozod qilib, o'lkada yagona markazlashgan davlat tuzgan, o'zaro urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida (1386 1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga "uch yillik", "besh yillik", "yetti yillik urushlar" nomi bilan kirgan urushlarni amalga oshirgan. Bu urushlar shubhasiz tajovuzkorlik tusida edi, shafqatsizlik bilan olib borilgan, har ikki tomondan ko'r qurbonlar bo'lgan. Lekin bu urushlarning har biri o'z davri uchun ma'lum bir o'rinli sabab bilan boshlangan. Elchilar orqali muloqot, muzokaralar foyda bermagan sharoitdagina qurol ishga solingan. Masalan, jahon tarixining buyuk hodisasi bo'lgan Anqara jangini olaylik. Amir Temur turk sultoni Boyazidga qarshi urush boshlashdan avval u bilan ancha vaqt yozishma olib borgan. Turk sultoni maishiy buzuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon bo'lmagan ayol (serb malikasi Malaya Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka berilib ketib, o'zidan ko'pgina ruhoniylarni bezdirgan odam. Temur undan muqaddas shaharlar Makka va Madinaga boradigan kar- vonlarni talash bilan shug'ullangan qaroqchilar boshlig'i, Turkiyadan panoh topgan Qora Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati qaytargan. Shundan keyin Temur turk sultoni qo'shinlariga qarshi urush boshlashga qaror qilgan va unda zafar qozongan. Bu g'alaba ko'pgina xalqlarni Turkiyaning mustamlakasi bo'lish xavfidan qutqarib, butun Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o'rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko'plab elchilar kela boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Klavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo'lib, Temur bilan bir necha marta uchrashgan, suhbatlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo'l-ko'lligi, arzonligini, mamlakat poytaxti va Kesh (Shahrisabz) shahrida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining ko'lami va sur'atini ko'rib hayajonga tushgan. Amir Temur qaysi yurtni istilo qilsa, o'sha yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlarini Samarqandga olib ke1ib, ularning bilim va tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Mo'g'ullar bosqini natijasida vayron bo'Igan Samarqand shahri Temur hukmronligi davrida eski Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangidan qad ko'tarib, atrofi devor bilan o'raldi. Shaharda Ko'ksaroy, Jome masjidini, Bibixonim madrasasini, Shohi Zindadagi bir qator maqbaralarni, Samarqand atrofida Bog'i Chinor, Bog'i Shamol, Bog'i Dilkusho, Bog'i Nav, Bog'i Behisht deb nomlangan bog'lar va saroylarni bunyod etdi. Ko'paK va Zarafshon daryolari orqali o'tgan uo'liar va ko'priklar, Amudaryo va Sirdaryo ustida ko'priklar, Toshkent atrofida kanallar, shaharlararo karvon uo'llarida rabotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan tashqari Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara qurdirgan.Amir Temur mamlakatda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlarini ham o'z saltanati kuch-qudratini ko'z-ko'z qilishning bir vositasi deb bilgan. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak, o'zi obod qildirgan Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning peshtoqidagi naqshlar orasiga "Agar bizning kuch- quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq", degan xitobnoma yozdirgan.Amir Temur o'z davrining hukmdori bo'lgan murakkab tarixiy siymodir. U bekliklar, uluslar o'rtasida o'zaro urushlar avjiga chiqqan, xalq tinchlikni, ijtimoiy adolatni orzu qilgan zamonda osib voyaga yetdi. Bundan tashqari uning qalbida islomiy aqidalarga katta hurmat va ehtirom bor edi. Unda osmonda Olloh bitta bo'lganidek, yer yuzida ham bitta podsho bo'lsa, g'ayridinlar islomga kirgazilsa, olam tinch, turmush farovon bo'ladi, degan bir tasavvur bo'lgan.
Amir Temur ikki til egasi bo'lgan turkiy va fors tillarida yaxshi so'zlashgan. Dunyoga buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida tanilgan bu inson kitob o'qitib tinglashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shohmot o'ynashni yaxshi ko'rgan. U o'z qo'shinlari bilan olib borgan janglar tajribasi hozir jahonning barcha harbiy akademiyalarida o'rganiladi.
Amir Temur tarixiy shaxs sifatida uzoq vaqt qoralanib kelindi. Faqat 0'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo'yildi. Amir Temurning 660 yillik yubileyi respub- likamizda zo'r tantana bilan nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar o'rnatildi. Ko'plab ko'chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. "Amir Temur" ordeni ta'sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning ajdodlari hayoti va faoliyatiga bag'ishlab kitoblar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |