Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash



Download 104 Kb.
bet5/8
Sana18.07.2022
Hajmi104 Kb.
#824594
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
241 27.04.2021 (2)

2-§. Maxsus kasbiy tanlash
25. Maxsus kasbiy tanlash bosqichining asosiy maqsadi Akademiyada o‘qishga nomzodlarning sog‘lig‘i, DXX va PDXX harbiy xizmatchisi kasbini egallash sabablari, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatni aniqlashdan iborat.
26. Maxsus kasbiy tanlash bosqichida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
hujjatlarni yakuniy o‘rganish;
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichi;
yakuniy suhbat;
yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
27. Dastlabki saralab olish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga nisbatan hujjatlarni yakuniy o‘rganish DXX va PDXX harbiy xizmatchilariga qonun hujjatlarida belgilangan maxsus talablarni inobatga olgan holda qabul yilining yanvar — aprel oylarida amalga oshiriladi.
Belgilangan maxsus talablarga mos kelmagan nomzodlar sabablari oshkor etilmagan holda maxsus kasbiy tanlashning keyingi bosqichlariga qo‘yilmaydi.
28. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichi joylarda tegishli mutaxassislar tarkibida tashkil etiladigan Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasidagi metodikaga muvofiq qabul yilining mart-aprel oylarida amalga oshiriladi.
29. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichida belgilangan me’yoriy talablarning barchasini muvaffaqiyatli bajargan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichidan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
30. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichidan o‘tmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlashning keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
31. Nomzodlar bilan yakuniy suhbat o‘tkazish DXX bo‘linma va organlari hamda PDXXning vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan yakuniy suhbat o‘tkazish komissiyalari tomonidan nomzodning kasb tanlash sabablari, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, umumiy dunyoqarashi, qiziqishlari, ijtimoiy faolligi, ta’lim muassasasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini har tomonlama o‘rganish, kelgusida DXX va PDXXning ofitserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini davom ettira olishga munosibligini aniqlash hamda kollegial tarzda xulosa chiqarish asosida qabul yilining aprel-may oylarida amalga oshiriladi.
32. Yakuniy suhbat o‘tkazish komissiyalari tomonidan quyidagilar to‘g‘risida xulosalar beriladi:
Akademiyada o‘qishga tavsiya etiladi;
Akademiyada o‘qishga tavsiya etilmaydi.
Yakuniy suhbat o‘tkazish natijalariga ko‘ra Akademiyada o‘qishga tavsiya etilmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
33. Nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, DXXning markaziy poliklinikasi va hududiy boshqarmalarda tashkil etilgan maxsus harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan qabul yilining iyun oyida amalga oshiriladi.
Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nomzodning Akademiyada o‘qishga sog‘lig‘iga ko‘ra yaroqliligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
34. Dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Akademiyaga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashish, shuningdek, test sinovlari vaqtida nomzodlarga belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish