Amir temur markazlashgan davlat asoschisi topshirdi: X. Turobov qabul qildi: A. B. Xoliqulov



Download 236,5 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi236,5 Kb.
#32738
Bog'liq
AMIR TEMUR – MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI

O‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BYEK NOMIDAGI

O‘ZBYEKISTON MILLIY UNIVYERSITYETI


TARIX FAKULTETI

SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI

O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISH

MAVZU: AMIR TEMUR – MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI


TOPSHIRDI: X.TUROBOV

QABUL QILDI: A.B.XOLIQULOV
Toshkent – 2020

Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi
Reja:

Kirish

I. ASOSIY QISM

  1. Davlatning huquqiy-g’oyaviy asoslari

  2. Sohibqironning ichki va tashqi siyosati

  3. Jamityatni boshqarishdagi ko’rsatmalari

Foydalanilgan adabiyotlar

Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning ko’rkam shahri Shahrisabz Keshning Xo’ja ilg’or qishlog’ida tavallud topganlar.


Amir Temurning onasi Takina begim mashhur qonunshunos olim avlodidan edi. Otasi Tarag’ay bahodir Chig’atoy xonlari huzurida yuzboshi bo’lib xizmat qilgan. ,,Bola boshidan “ degan naqlga amal qilgan Tarag’ay o’g’liga yoshligidan yaxshi ta’lim-tarbiya berdi.

Temurbek bilim olishni yetti yoshidan boshladi. Bu haqda uning o’zi bunday deydi: ,, Yetti yoshga to’lganimda Shahrisabzdagi madrasaga olib borishdi va qo’limga so’zlar jadvalini berishdi.” U so’zlarni qiynalmay o’qiy boshladi. Chunki u harflarni uyida o’rgangan edi. 9 yoshga kirganda madrasadagi hamma bolalardan ustun bo’lib oldi. Temurbek har qanday yig’ilishlarda ulamolar oldidan joy olishga harakat qilardi. Lekin har doim ularning oldida tiz cho’kib o’tirardi.

Kattalarga shu xilda hurmat bildirishni o’ziga qoida qilib olgandi.

Temurbek 12 yoshida bolalar bilan o’ynashni kamaytirdi. Vaqtini o’z tengdoshlari hamda o’smirlar bilan o’tkazdi. Ta’til vaqtlarida esa u otasidan va boshqa kishilaridan harbiy san’at va bahodirlik rasm –rusumlarni mukammal egalladi. 15 yoshga yetganda ot minib, ov qilishni sevib qoldi. Bu ishda katta mahoratga erishdi. Xullas, Temurbek yaxshi o’qib, ziyrak va jasur bola bo’lib o’sdi, el- yurtga mehr qo’ydi. Ammo uning bolalik va yigitlik davri og’ir kunlarga to’g’ri keldi.Qozonxon o’ldirilgan 1346- yil keyin viloyat hokimlari hukumatga bo’ysunmay qo’ydilar. Buning ustiga ular xalqni ayovsiz talar edilar.

(1336 — 1405) 1404-yilning kech kuzida Amir Temur 200 ming kishilik qo'shin bilan Xitoy tomon yurish boshlaydi. Shu yil qish erta tushgan edi. Amir Temur qo'shini Sirdaryo bo'yidagi qadimiy shahar — 0'trorga yetib borganida sovuq avjiga chiqadi. Amir Temur shu yerda zotiljam kasaliga chalinib, 18 fevral kuni vafot etadi. Insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o’tkazgan, Xitoy chegarasidan Qora dengiz sohillarigacha, Sirdaryo bo'yidan Hind okeani sohillarigacha bo'Igan hududda ulkan imperiya tashkil etgan Amir Temurning hayoti shu zaylda poyoniga yetadi.

9-aprelda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlog'ida yashovchi Chig'atoy ulusining beklaridan bo'lgan Amir Tarag'au oilasida o’g’il tug'iladi. Amir Tarag'au chaqaloqni shayx Shamsuddin Kulol huzuriga olib boradi. Bu paytda shayx Qur'on o'qib o'tirgan ekan. Suralardan birida "taymur" so'zi uchraydi va shayx go'dakning nomini Temur qo'yishni buyuradi.

Yosh Temur bolalikdan sog'lom, baquvvat, dovyurak bo'lib o'sgan, otda yurishni yaxshi ko'rgan. Maxsus murabbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan o'q uzish, qilichbozlik singari harbiy mashq va o'yinlar bilan mashg'ul bo'lgan. Temur tabiatan og'ir, bosiq, teran fikrli, idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo'lgan. U o'z atrofiga sadoqatli odamlarni to'play olish, ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo'lgan. Amir Temur o'zining ilk harbiy faoliyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ulaming o zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. U voyaga yetib, o'lkaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtirok eta boshlagan paytda mo'g’ullar imperiyasining to'rt ulusidan biri bo'lgan Chig'atoy ulusi bekliklarga bo'linib ketib, ular o'rtasida o'zaro urushlar avj olgan edi. Xalq esa urushlardan charchab, butun Movarounnahrning yagona davlatga birlashishini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan shug'ullanishni orzu qilib yashardi.

1342-yilda Chig'atoy xonligi taxtiga o'tirgan Qozonxon qattiqqo'Iligi bilan qo'l ostidagi mansabdorlarni va xalqning ko'pchiligini o'ziga qarshi qilib qo'ygandi. 1346-yildagi urushda Qozonxon o'ldirildi. Mo'g'uliston hukmdori To'g'luq Temurxon qo'shini 1359-yilda Xojand yaqinida Sirdaryoni kechib o'tib, Sirdaryo va Amudaryo o'rtasidagi yerlarni katta qarshiliksiz bosib oldi. Bu qo'shindan qo'rqqan amaldorlarning bir tszpp Xuroson va Afg'onistonga qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik ko'rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga itoat etdi. Temur bu voqeadan sal avval otasidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro'- e'tibor topib ulgurmagandi. Shu bois vaqtincha tashqi itoatkorlik uo'lini tutdi va To'g'luq Temuming ishonchini qozonib, uning o’n ming kishilik qo'shiniga boshliq bo'lib oldi. Shu zaylda o'z yerlari va ittifoqdoshlari yerlarini talanishdan saqlab qoldi. To'g'luq Temur shundan keyin o'z xonligiga qaytib, o'rniga o'g'li Ilyosxo'jani qoldirdi. Biroq Temur Ilyosxo’ja bilan kelishib ishlolmadi. Ilyosxo'ja Temurdan shikoyat qilib, aftidan, otasiga murojaat qilgan. To'g'luq Temur Amir Temurni o'ldirish haqida buyruq bergan. Bu buyruq tasodifan Temurning qo'liga tushib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz edi, ular bilan mo'g'ullarga qarshi kurashib bo'lmasdi. Shundan keyin Temur o'ziga sadoqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so'l tomoniga qochib o'tib, Badaxshon tog'lari orasiga yashirinmoqchi bo'ladi. Shunda Temurni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xorazm cho'llariga ketib, qo'zg'olon uchun qulay payt kelishini kutishni maslahat beradi. Xorazmga borayotgan Temurga Ilyosxo janing muxolifi, Chingizxon avlodidan bo'lgan Balx viloyati hukmdori Amir Husayn uncha ko'r bo'lmagan a'yonlari bilan qo'shiladi. Shundan keyin Temur Xorazm cho'llarida ancha vaqt sarson-sargardon bo'lib yurgach, mo'g'ullarni yurtdan quvish uchun qo'shin to'plash umidida Xurosonga uo'l oladi. Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur Ilyosxo'janing 100 ming kishilik qo'shiniga qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo g'ayrioddiy harbiy san'ati cha mardligi Temurga muntazam muvaffaqiyat keltirdi va u 1369- 70-yillarda mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi.

Amir Temur bu g'alabaga o'z ittifoqchisi Amir Husayn bilan birgalikda erishadi. Amir Temur Amir Husaynning jiyan singlisi O'ljaoy Turkon Og'oga uylangan, o'rtadagi ittifoq qarindoshlik iplari bilan ham mustahkamlangan edi. Biroq Movarounnahr mo'g'ullardan ozod bo'lgach, bu ittifoqqa Amir Husaynning insofsizligi va g'ayirligi sababli putur yetadi. Bu orada 0'ljaoy Turkon Og'o ham vafot etadi. Amir Husayn Amir Temurdan ayrilib, o'z qo'shinlari bilan Balxga joylashib oladi. Amir Temur Balxga yurish qilib, shaharni qamal qiladi va uni egallaydi. Amir Husayn o'z noiblari tomonidan ushlanib, o'ldiriladi.

Shu voqeadan so'ng Balxda qo'shin boshliqlarining qurultoyi chaqirilib, Temur o'z piri Said Barakaning duoyi fotihasidan so'ng Movarounnahrning annn deb ye'lon qilinadi.

Temur mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan mustahkamlashga harakat qiladi. Bu paytda Movarounnahrga shimolda Oltin O'rda xavf solib turardi. Temur O’rusxonning tazyiqidan qochib o z huzuriga yordam so'rab kelgan Oq O’rda xonzodalaridan To'xtamishga bir necha bor yordam beradi. U avval Oq O’rdani, keyin Oltin O’rdani egallab, kuchli xonlik tuzib olgach, Temurning yaxshiligini unutadi va Movarounnahrga tahdid sola boshlaydi.

Shundan keyin Temur qisman Oltin O’rda tasarrufida bo'lgan Xorazmga bir necha marta yurish qilib, uni xonlik sifatida tugatib, Movarounnahr- ga qo'shib oladi. Keyin To'xtamish qo'shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur qo'shinlari bilan To'xtamish qo'shinlari o'rtasida 1389, 1391 va 1394 — 1395-yillarda to'qnashuv bo'ladi. So'nggi ikki jang Samara va Chistopol shaharlari oralig'ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ikkinchisi Shimoliy Kavkazda — Terek daryosi vodiysida sodir bo'ladi va Temur qo'shinlari g'alabasi bilan tugaydi. Shunday qilib, Amir Temur mo'g'ul imperiyasining asosini yemirib, rus knyazliklari va Sharqiy Yevropa xalqlari mo'g'ullar asoratidan xalos bo'lishlariga uo'I ochib berdi. Yirik rus olimi A. Y. Yakubovskiy: "Temurning To'xtamish ustidan qozongan bu g'alabasi nafaqat O’rta Osiyo va Sharqiy Yevropa, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo'ldi", — deb yozgan.



Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davrida (1366 — 1385) Movarounnahrni mo'g'ullar istilosidan ozod qilib, o'lkada yagona markazlashgan davlat tuzgan, o'zaro urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida (1386 — 1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga "uch yillik", "besh yillik", "yetti yillik urushlar" nomi bilan kirgan urushlarni amalga oshirgan. Bu urushlar shubhasiz tajovuzkorlik tusida edi, shafqatsizlik bilan olib borilgan, har ikki tomondan ko'r qurbonlar bo'lgan. Lekin bu urushlarning har biri o'z davri uchun ma'lum bir o'rinli sabab bilan boshlangan. Elchilar orqali muloqot, muzokaralar foyda bermagan sharoitdagina qurol ishga solingan. Masalan, jahon tarixining buyuk hodisasi bo'lgan Anqara jangini olaylik. Amir Temur turk sultoni Boyazidga qarshi urush boshlashdan avval u bilan ancha vaqt yozishma olib borgan. Turk sultoni maishiy buzuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon bo'lmagan ayol (serb malikasi Malaya Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka berilib ketib, o'zidan ko'pgina ruhoniylarni bezdirgan odam. Temur undan muqaddas shaharlar Makka va Madinaga boradigan kar- vonlarni talash bilan shug'ullangan qaroqchilar boshlig'i, Turkiyadan panoh topgan Qora Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati qaytargan. Shundan keyin Temur turk sultoni qo'shinlariga qarshi urush boshlashga qaror qilgan va unda zafar qozongan. Bu g'alaba ko'pgina xalqlarni Turkiyaning mustamlakasi bo'lish xavfidan qutqarib, butun Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o'rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko'plab elchilar kela boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Klavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo'lib, Temur bilan bir necha marta uchrashgan, suhbatlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo'l-ko'lligi, arzonligini, mamlakat poytaxti va Kesh (Shahrisabz) shahrida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining ko'lami va sur'atini ko'rib hayajonga tushgan. Amir Temur qaysi yurtni istilo qilsa, o'sha yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlarini Samarqandga olib ke1ib, ularning bilim va tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Mo'g'ullar bosqini natijasida vayron bo'Igan Samarqand shahri Temur hukmronligi davrida eski Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangidan qad ko'tarib, atrofi devor bilan o'raldi. Shaharda Ko'ksaroy, Jome masjidini, Bibixonim madrasasini, Shohi Zindadagi bir qator maqbaralarni, Samarqand atrofida Bog'i Chinor, Bog'i Shamol, Bog'i Dilkusho, Bog'i Nav, Bog'i Behisht deb nomlangan bog'lar va saroylarni bunyod etdi. Ko'paK va Zarafshon daryolari orqali o'tgan uo'liar va ko'priklar, Amudaryo va Sirdaryo ustida ko'priklar, Toshkent atrofida kanallar, shaharlararo karvon uo'llarida rabotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan tashqari Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara qurdirgan.

Amir Temur mamlakatda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlarini ham o'z saltanati kuch-qudratini ko'z-ko'z qilishning bir vositasi deb bilgan. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak, o'zi obod qildirgan Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning peshtoqidagi naqshlar orasiga "Agar bizning kuch- quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq", degan xitobnoma yozdirgan.

Amir Temur o'z davrining hukmdori bo'lgan murakkab tarixiy siymodir. U bekliklar, uluslar o'rtasida o'zaro urushlar avjiga chiqqan, xalq tinchlikni, ijtimoiy adolatni orzu qilgan zamonda osib voyaga yetdi. Bundan tashqari uning qalbida islomiy aqidalarga katta hurmat va ehtirom bor edi. Unda osmonda Olloh bitta bo'lganidek, yer yuzida ham bitta podsho bo'lsa, g'ayridinlar islomga kirgazilsa, olam tinch, turmush farovon bo'ladi, degan bir tasavvur bo'lgan.

Amir Temur ikki til egasi bo'lgan — turkiy va fors tillarida yaxshi so'zlashgan. Dunyoga buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida tanilgan bu inson kitob o'qitib tinglashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shohmot o'ynashni yaxshi ko'rgan. U o'z qo'shinlari bilan olib borgan janglar tajribasi hozir jahonning barcha harbiy akademiyalarida o'rganiladi.

Amir Temur tarixiy shaxs sifatida uzoq vaqt qoralanib kelindi. Faqat 0'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo'yildi. Amir Temurning 660 yillik yubileyi respub- likamizda zo'r tantana bilan nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar o'rnatildi. Ko'plab ko'chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. "Amir Temur" ordeni ta'sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning ajdodlari hayoti va faoliyatiga bag'ishlab kitoblar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.
TEMURIYLAR DAVRI MA'NAVIYATI

Davrga ta'sir etgan omillar

Temuriylar davri ma'naviyati yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo’lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o’z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g’ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda.

Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o’z omillari bo’ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar — IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro’y bergan o’zgarishlar, buyuk Uyg’onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi katta o’zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg’oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir.

Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak e'tibor topganligi tasodifiy emas edi. «Diling Allohda, qo’ling — mehnatda bo'lsin»,— degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi.

Uzoq cho’zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o’lkada yagona va qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi.

Avvalo, shuni aytish joizki, Chig’atoy avlodidan bo’lgan Tarmashirinxon (1326—1334) o’ldirilgandan keyin Mova-rounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin chig’atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka barham berishga kuchi yetmadi. Chig’atoy ulusi 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o’zini hokim deb e'lon qildi. Xo’jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Bir-birlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi.



Obodonchilik ishlari

Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temurxon (1348-1363) bu parokandalikdan foydalanib, 1360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mo’g’ulga qarshilik ko’rsatmay taslim bo’ldi. Sirdaryoning o’ng va so'1 tomonlari ham shu zaylda egallandi. O’zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mo’g’ul qo’shinlariga qo’shildi. Lekin xalqqa qiyin bo’ldi. Mo’g’ullar 1369-yilgacha Movarounnahrda xo’jayinlik qilishdi. Urushlar, to’qnashuvlar hammaning tinkasini quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lida jonini tikkan yolg’iz Amir Temur (1336—1405) bo’ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday davlat o’z faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad va manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, quldorlik davlati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk egalarining manfaatini hirtloya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham mulkdorlar hukmron bo’lgan davlat edi.

Amir Temur ko’p yillar davom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida vayron bo’lgan xalq xo’jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish va mamlakatni obod qilishda zo’r tashabbus va jonbozlik ko’rsatdi. Masalan, Samarqand va Banokat shaharlari 1218—1219-yillarda mo’g’ullar tarafidan tamoman vayron etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bo’lmas edi.

Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga astoydil ki-rishdi. Masalan, 1371—1372-yillarda poytaxt Samarqandning buzilib ketgan hisori (qaPa) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bo’lgan devorini tiklatdi. o’shanda Shahriston (tashqi shahar) va uning 6 darvozasi (Shayxzoda, Ohanin, Femza, So’zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan saroy — Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy bunyod etildi, shahar ko’chalari va bozorlari obod qilindi. Shohi Zindada o’ljoy Turkon og’o, Tug’luq Tegin, Qutlug’ Turkon og’o, Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag’bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o’tgan shoh ko’cha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi.

Sohibqiron Amir Temur o’z hayoti davomida ko’plab shaharlar, masjid-u madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog’-rog’lar, sug’orish inshootlari, ravon yo’llar, ko’priklar barpo ettirdi. Ularning ba'zilarini o’g’illari, nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga hain Amir Temur nomi berilmadi. Bunga uning o’zi xohish bildirmadi.

Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo’g’ullar hukmronligi davrida, ya'ni keyingi 140 yil davomida biron-bir katta bino qurilmagan edi.

Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdir-gan Bibixonim masjidi (1404), Oqsaroy qasri (1380— 1404), Dorus-saodat maqbarasi (1380) oliy imoratlardir.

Amir Temur davrida bog’ yaratish ishlari beqiyos rivojlandi. Bog’lar xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi O’. Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida 12 ta bog’-saroy barpo ettirgan. Bular Bog’i Naqshijahon, Bog’i Behisht, Bog’i Shohrux, Bog’i Dilkusho, Bog’i Shamol, Bog’i Davlatobod, Bog’i Bo’ldi, Bog’i Maydon, Bog’i Baland, Bog’i Chinor, Bog’i Jahonnamo, Bog’i Nav bog’laridir. Bulardan tashqari mamlakatning boshqa joylarida ham ko’plab bog’lar yaratilgan.

Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bilan odamlardan ajralib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o’tkazadigan hamda o’ziga bo’ysundiradigan buyuk shaxs edi. Angliyalik tadqiqotchi Xilda Xukxemning fikricha, Amir Temur o’rta Osiyo o’tmish taraqqiyotida to’plangan siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o’zida mujassamlantirgan va bu madaniy merosning davomchisi bo’lgan shaxsdir.

Amir Temurning avlodlaridan ko’pchiligi shunday obodonchilik ishlarini davom ettirdilar. Mirzo Ulug’bek qurdirgan madrasalar, Husayn Boyqaro davrida A. Na-voiy boshchiligidagi obodonchilik ishlari, Boburiylar davridagi noyob qurilishlar bunga misol bo’la oladi.


Boshqaruv madaniyati

Amir Temur o’z ulkan saltanatini ulus-ulus qilib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa barcha o’lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo’lib, o’g’il, nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokimlari mustaqil hukmdorga o’xshardi. Ularning o’z devonlari, xazinasi va qo’shini bo’lgan. Lekin ular ulusning muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni mahalda Amir Temur ularning yonida o’zining ishonchli odamlarini tutardi.

Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo’natib turishlari shart edi va zarur bo’lib qolsa, otasi yoniga qo’shin bilan borib, xizmat qilishga majbur edi.

Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda songa emas, sifatga e'tibor berdi. Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda naqshbandiya tariqati g’oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi. Sohibqiron bu g’oyani takomillashtirib, «Kuch — adolatdadir» degan mashhur hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo’llanilmagan qoidani kashf etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilarni o’tqazdi. Davlatni boshqarishni 4 omilga bog’liq deb bildi:

1. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo’shin (sipoh masalasida). 4. Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar ma-salasiga e'tibor qaratildi. Vazir 4 sifatga ega bo’lishi shart bo’lgan. Bular: 1) asllik va toza nasllik; 2) aql-u farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir boshqargan: 1) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam — Bosh vazir); 2) sipoh vaziri (sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz — davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim-chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo’lib qozilar devonga rahbarlik qilgan; 6) devoni mushrifga rahbarlik (vo-qea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy mamlakatlar bilan bo’ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash — bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim, davlat ishlari yuzasidan qilinadigan maslahat, yig’ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa arkoni davlatni to’plab qilinadigan yig’ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi prtida yashirin bo’lsa-da, — deydi u, — aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini,— deydi u, — kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal qildim».

Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, — deb yozadi Amir Temur, — dini islom, to’ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka binoan qildim».

Temurdan keyingi uning izdoshlari ham boshqaruv san'atiga amal qilib, uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo Ulug’bek davrida bu narsa yaqqol ko’rindi.

Amir Temurning ma'naviy salohiyati

Amir Temurning ma'naviy salohiyati davlatni idora qilish, uning ichki va tashqi siyosatmi belgilash bilan izohlanadi. Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to’laligicha namoyon bo’ldi. Shuning uchun ham mamlakat ijtimoiy hayotining barcha tomonlari, davlat idora tizimi, iqtisodiy, moliyaviy, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchilik, harbiy masalalar, xalqaro aloqalar, islom dini, shariat va boshqa sohalar maqsadga muvofiq rivojlandi. Amir Temur davlatni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini belgilashda, xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olim-u fuzalolar, islom rahnamolariga munosabatda Allohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so’nggi chora sifatidagina qilichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi.

Demak, Amir Temur buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo’lgan dono hukmdor bo’lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir.

Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'lib, dastlab turk tilida chop etilgan. l783-yilda ingliz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga l967-yilda forschadan tarjima qilingan.

«Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning l342-l405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.

Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.

Garchi Turon zaminida olimlar, muhandislar, ustalar yetarli bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib kelgan. Amir Temur qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan. U o'sha yerlik olimu ulamolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbirlar juda yaxshi natijalarga olib kelgan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga kelgan yurtda falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot sohalarida 0lamshumul asarlar yaratildi. Bu asarlar keyinchalik Yevropa Uyg'onish davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asrlar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'lib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriylar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'rlik Ulug'bek davriga kelib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga kelib Angliya qirolligining birinchi astronomi Ulug'bekning «Zijijadidi Ko'ragoniy» asaridan foydalangan.

Temuriylar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'lib, hozirgacha dunyoni l0l q0ldirib kelmoqda. Albatta, buyuk insonlar komillik cho'qqisiga osonlikcha erishganlari yo'q. Ular turli qiyin bosqichlardan o'tganlar. O'tmishda ma'naviy kamolotga intilgan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabihlik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan:

Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim,

Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.

Madad qildi, Azozilni kovlab surdim,

Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.

Talabalikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qilgan. Shogirddagi mag'rurlik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustozlari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil allomalar ustozlar tomonidan buyurilgan ishni bajarmasliklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar chekilgani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka intiluvchi inson qolgan. Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal» , degan purma'no maqol yaratilgan. Bunga monand Amir Temur: «Piri komil shayx Bahouddin N aqshbandiyning: «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» , degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchilik ko'rmaysizlar, boy-badavlat yashaysizlar , kam uxlanglar -mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar.

Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. l,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta podshohlikni egalladi.

Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo etilgan markazlashgan mustahkam davlat qariyb l,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida qurilgani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi.

Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat:

Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi.

Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.

Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir.

To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (l402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi.
Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.

Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda.

Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir.

Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin»,- degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi.

Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi.

Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon (l326-l334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi l0 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Bir-birlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi.

Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (l348-l363) bu paroshan kandalikdan foydalanib, l360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va so'l tomonlari ham shu zaylda egallandi.

O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar l369-yilgacha Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi. Urushlar, to'qnashuvlar hammaning tinkasini quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jonini tikkan yolg'iz Amir Temur (l336-l405) bo'ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday daylat o'z faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad ya manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, quldorlik daylati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk egalarining manfaatini himoya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham mulkdorlar hukmron bo'lgan daylat edi.

Amir Temur ko'p yillar dayom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish ya mamlakatni obod qilishda zo'r tashabbus va jonbozlik ko'rsatdi. Masalan, Samarqand va Banokat shaharlari l2l8-l2l9-yillarda mo'g'ullar tarafidan tamoman vayron etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bo'lmas edi.

Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi. Masalan, l37l-l372-yillarda poytaxt Samarqandning buzilib ketgan hisori (qal'a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bo'lgan devorini tiklatdi. O'shanda Shahriston (tashqi shahar) ya uning 6 darvozasi (Shayxzoda, Ohanin, Feruza, So'zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan saroy - Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bunyod etildi, shahar ko'chalari ya bozorlari obod qilindi.

Shohi Zindada O'ljoy Turkon og'o, Tug'luq Tegin, Qutlug' Turkon og'o, Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag'bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o'tgan shoh ko'cha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi.

Sohibqiron Amir Temur o'z hayoti dayomida ko'plab shaharlar, masjid-u madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog'-rog'lar, sug'orish inshootlari, rayon yo'llar, ko'priklar barpo ettirdi. Ularning, ba'zilarini o'g'illari, nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga uning o'zi xohish bildirmadi.

Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo'g'ullar hukmronligi davrida, ya'ni keyingi l40 yil davomida biron-bir katta bino qurilmagan edi.

Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdirgan Bibixonim masjidi (l404), Oqsaroy qasri (l380-l404), Dorus-saodat maqbarasi (l380) oliy imoratlardir.

Amir Temur davrida bog' yaratish ishlari beqiyos rivojlandi. Bog'lar xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi O'.Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida l2 ta bog'-saroy barpo ettirgan. Bular Bog'i Naqshijahon, Bog'i Behisht, Bog'i Shohrux, Bog'i Dilkusho, Bog'i Shamol, Bog'i Davlatobod, Bog'i Bo'ldi, Bog'i Maydon, Bog'i Baland, Bog'i Chinor, Bog'i Jahonnamo, Bog'i Navbog'laridir. Bulardan tashqari mamlakatning boshqa joylarida ham ko'plab bog'lar yaratilgan.

Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bilan odamlardan ajralib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o'tkazadigan hamda o'ziga bo'ysundiradigan buyuk shaxs edi. Angliyalik tadqiqotchi Xilda Xukxemning fikricha, Amir Temur O'rta Osiyo o'tmish taraqqiyotida to'plangan siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o'zida mujassamlantirgan va bu madaniy merosning davomchisi bo'lgan shaxsdir.

Amir Temurning avlodlaridan ko'pchiligi shunday obodonchilik ishlarini davom ettirdilar. Mirzo Ulug'bek qurdirgan madrasalar, Husayn Boyqaro davrida A. Navoiy boshchiligidagi obodonchilik ishlari, Boburiylar davridagi noyob qurilishlar bunga misol bo'la oladi.

Amir Temur o'z ulkan saltanatini Boshqaruvini ulus-ulus qilib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa barcha o'lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo'lib, o'g'il, nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokimlari mustaqil hukmdorga o 'xshardi.

Ularning o'z devonlari, xazinasi va qo'shini bo'lgan. Lekin ular ulusning muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni mahalda Amir Temur ularning yonida o'zining ishonchli odamlarini tutardi.

Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo'natib turishlari shart edi va zarur bo'lib qolsa, otasi yoniga qo'shin bilan borib, xizmat qilishga majbur edi.

Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda songa emas, sifatga e'tibor berdi.

Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi. Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan mashhur hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan qoidani kashf etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilami o'tqazdi. Davlatni boshqarishni 4 omilga bog'liq deb bildi: l. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo'shin (sipoh masalasida). 4. Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir 4 sifatga ega bo'lishi shart bo’gan. Bular: l) asllik va toza nasllik; 2) aql- u farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir boshqargan: l) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam -Bosh vazir); 2) sipoh vaziri (sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz -davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim-chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo'lib qozilar devonga rahbarlik qilgan; 6) devoni mushrifga rahbarlik (voqea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash -bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim davlat ishlari yuzasidan qilinadigan maslahat, yig'ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa arkoni davlatni to'plab qilinadigan yig'ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa-da, - deydi u, -aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini, - deydi u, - kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal qildim».



Foydalanilgan adabiyotlar.
1 .I.A.Karimov “Amir Temur faxrimiz, g’ururimiz” T. 1991 y. “O’zbekiston ”

2. I.A.Karimov “Amir Temur davri insoniyat tarixida yorqin iz qoldirdi. Mana’viy yuksalish yo’lida” T. 1998 y.

“O’zbekiston ”

3. Muminov A. “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli” T. “Fan”,1993 yil

4. Axmedov N “Amir Temur: rivoyat va haqiqat”. T. “Qomuslar bosh taxririyati”, 1996.

5. Azamat Ziyo “O’zbek davlatchiligi tarixi”, T.”Sharq”, 2000.



6. Axmedov B. “Sohibqiron Temur”-T. 1996yil.





Download 236,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish