Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul



Download 0,95 Mb.
bet20/20
Sana24.07.2021
Hajmi0,95 Mb.
#126956
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Amir TEMUR I.Sino Ulug'bek Xorazimi

Jaloliddin Manguberdi

Jaloliddin Manguberdi (arab. جلال الدين منكبرتي— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq oti — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Jaloliddin Manguberdi, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.

Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatiy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (q. Irgʻiz daryosi boʻyidagi ekang). Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada o.dan panohtopgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boʻldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yoʻl olgan. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar moʻgʻul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etdi, bir oydan soʻng Gʻazni tomon yurdi. Yoʻlda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshildi. Qandahorni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tormor keltirgan. U Gʻazniga 1221 yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshligʻi Sayfuddin Igʻroq, Balx voliysi Aʼzam malik, afgʻonlar sardori Muzaffar malik, qarluklar boshligʻi Hasan Qarluq kelib qoʻshildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi. Jaloliddin Manguberdining oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi.

Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangit Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.

Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini J.M.ni daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25 noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (q. Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: "Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!", degan. Oradan bir necha kun oʻtgach, Jaloliddin Manguberdi qoʻshini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va Saʼdiddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar oʻz kishilari bilan kelib qoʻshildi. Jaloliddin Manguberdi Shim. Hindistonning notanish choʻlida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi boʻlgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga xujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon oʻqidan rana halok boʻladi, qoʻshini esa parokanda boʻlib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta oʻljani qoʻlga kiritadi.

Bu gʻalabadan soʻng Sind, Uchcha, Moʻlton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga oʻzini xayrixohligini izhor etib, sovgʻa-salomlar joʻnatgan. Gʻiyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, Oʻrxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oʻz lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qoʻshildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qalʼalarini qoʻlga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qoʻshini hamda mamluklar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishsan olgan qoʻshimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq magʻlubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogʻlari oʻlja tushgan. 1222 yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan Toʻrbay Toʻqshin va Bola noʻyonni 20 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Lekin ular Moʻltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi oʻziga qarshi moʻgʻul qoʻshinlari joʻnatilgani xabarini Parosravar qalʼasini olgandan soʻng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Moʻlton tomon yoʻl olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoʻshini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qoʻshin joʻnatadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qoʻshin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining Oʻzbek Toy Jahon Paxlavon qoʻmondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilgʻori bilan toʻqnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh soʻraydi.

Jaloliddin Manguberdi Hindistonda oʻz nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari oʻzaro til biriktirib J.M.ga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boʻlib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak paxlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oʻtganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koʻpchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni Gʻiyosiddin Pirshoxdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi oʻzining Hindistonda zabt etgan mulklariga Oʻzbek Toy Jahon Paxlavonni, Gʻur va Gʻazni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoʻl olgan. Choʻlu biyobonlarni kesib oʻtishda Jaloliddin Manguberdining koʻp jangchilari nobud boʻlgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. Gʻiyosiddin Pirshoxning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan soʻng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors xrkimi otabek Saʼd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn Toʻgʻonshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfaxonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qoʻshini qurol-aslaqa bilan taʼminlanadi. Bu hol Gʻiyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq

qoʻshin bilan yoʻlga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovgʻasalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joʻnatgan va oʻzaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qoʻshin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga oʻtgan. 1225 yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. Soʻng Bagʻdodga qarshi yurishga hozirlik koʻradi. Xalifa Nosirga elchi joʻnatib, moʻgʻullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi oʻzining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qoʻshin joʻnatdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qoʻshinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bagʻdod mudofaasi bilan mashgʻul boʻladi. Jaloliddin Manguberdi Bagʻdod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi Oʻzbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225 yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marogʻa shahrini jangsiz qoʻlga kiritadi. Damashq, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi boʻladilar. Otabek Oʻzbek Tabrizni tashlab Ganjaga, soʻng Alinjo qalʼasiga qochib oʻsha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan soʻng oʻz qoʻshinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225 yil avg .da Garni qalʼasi yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoʻshinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koʻchib oʻtgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri xokimlari oʻz tobeliklarini bildirishgan.

1227 yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlogʻi yaqinida Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullarning Taynol noʻyon boshliq qoʻshinini yenggan. Taynol noʻyon Jaloliddin Manguberdi haqida: "Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, oʻz tengqurlarining capvari ekan", degan. Jaloliddin Manguberdining Koʻniya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashraf Muzaf fariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Iso va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni moʻgʻullarga qarshi kurashish yoʻlida birlashtirish yoʻlidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 1230 yil 10 avg .da Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari magʻlubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan moʻgʻullar katta qoʻshin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marogʻa, Tabrizni egallab (1231 yil) Jaloliddin Manguberdini taʼqib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida moʻgʻullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qoʻshinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini oʻzi esa taʼqibdan qutulib Kurdiston togʻlariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qoʻliga asir tushib, fojiali ravishda halok boʻlgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: "Jaloliddin qorachadan kelgan, oʻrta boʻyli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir soʻzli, kek saqlamaydigan, ochiq koʻngil, toʻgʻri odam edi. U jiddiy shaxe edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qoʻyardi. U adolatsizliklarni yomon koʻrardi. Jaloliddin oʻta qatʼiyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi".

Oʻzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan miyelsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998 yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqa yaratilgan. "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taʼsis etilgan (2000 yil 30 avg .).

Jaloliddin Xorazmshohlar davlatining taxtiga otasi Muhammad IIning oʻlimidan soʻng oʻtiradi. Otasi Chingizxon tomonidan 1220-yilda magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Xorazmning moʻgʻullar bosqiniga qarshi kurashiga boshchilik qiladi. Xurosonda u oʻn ming atrofida askar toʻplaydi va Parvon yonida moʻgʻullarni magʻlub etadi. Lekin 1221-yilda Hind daryosi yonida boʻlib oʻtgan jangda Chingizxon Jaloliddinni magʻlub etadi. Shu bilan birga, uning oilasi qatl etiladi. U esa oʻzining omon qolgan toʻrt mingta askari bilan Hind daryosining narigi qirgʻogʻiga oʻtishga erishadi va Hindistonga qochadi.

Jaloliddin Hindistonda uch yil oʻtkazadi, keyin esa Kavkazga oʻtib oladi. 1224-yilda Eronga va Mesopatamiyaga yurish qiladi. Iroq, Fors, Gurjiston,Ozarbayjon va Armanistonni qoʻlga kiritadi. 1125-yilda Jaloliddin qoʻshinlari Ozarbayjonni, Gurjistonni va Armanistonni qoʻlga kiritishadi. 1226-yilda gurjilarning poytaxti Tbilisini qoʻlga oladi.

Keyingi yili (1227) Jaloliddin Ray atrofida moʻgʻullarni magʻlub etadi, keyin esa, Isfahon yonida ham ular ustidan ulkan gʻalabani qoʻlga kiritadi. Bu paytga kelib u ikki frontda jang olib borayotgan edi: Gʻarbiy Eronda — moʻgʻullarga qarshi, Kavkazortida — gurji va armanlarga qarshi. 1228-yilda xorazmshohga qarshi birgalikda Rum sultoni Alovuddin Kaykubod, Misr sultoni Malik Al-Komil va Kilikiya-arman qiroli Xetum I urush eʼlon qilishadi. Yerevan yaqinida Jaloliddin qoʻshini magʻlub boʻlishadi.

1230-yilda Jaloliddin Iroq qal’asi Xilotni qoʻlga kiritadi, lekin tezda Qayqubod va Malik Al-Komil tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Toʻliq magʻlubiyatni O'qtoyxon tomonidan yuborilgan sarkarda Charmag'on oxiriga yetkazadi. Jangda ogʻir yaralangan Jaloliddin Kurdiston togʻlarida yashirinadi, 1231-yilda esa kurdlar tomonidan oʻldiriladi.

Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan.

Al-Xorazmiy

Matematika

O'rta Osiyo uyg’onish davri

Al-Xorazmiyning 1200 yillik yubileyi sharafiga 1983-yil 6-sentabrda bosib chiqarilgan pochta markasi

Ism Abu Abdullah Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy

Tavalludi taxminan 780, Xorazm, O’zbekiston

Vafoti taxminan 850, Bog’dod, Iroq Falsafa maktabi Bayt ul-Hikma Asosiy qiziqishlari

matematika, astronomiya, astrologiya, geografiya

Olgan ta’sirlari Ptolomey

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy - (taxminan 780-850 yillarda yashagan) - mashhur Oʻrta Osiyolik forsiy[1] qomusiy olimidir.

U taxminan, 780-yilda Xorazmda[2] (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bogʻdoddagi Bayt ul-Hikmada olim sifatida ishlab oʻtkazdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi.[3] Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.[4] Al-Xorazmiy Batlimusning "Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qoʻshqan olimdir. "Algebra" soʻzi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan.[5] Shuningdek, ispan tilidagi guarismoʻ'[6] va portugal tilidagi algarismoʻ' soʻzlari ham(ikkalasi ham raqam maʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan.

Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Xorazmiy (maʼnolari).

Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso alXorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — oʻzbek buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk krmusiy olimlardan. Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun arRashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi alMaʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bagʻdodni egallagan alMaʼmun turkistonlik olimlardan X., Ahmad alFargʻoniy, Habash alHosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ulhikmat" ("Donishmandlik uyi") ning oʻzagini tashkil etgan. Bu akademiyada X. yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda alMaʼmun (813 — 833), soʻng alMoʻʼtasim (833 842), alVosiq (842 —847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.

X.ning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, X. insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton X.ni "Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri", deb baholagan. Bunday baho Xning matematika tarixida tutgan bekiyos oʻrni tufaylidir.

Mil. av. 6-a.dan milodiy 5-a.gacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-a.ga kelib inqirozga yuz tutdi. 415 yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, xatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4 —8-a.larda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima kilish, sharxlar bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.

9-a.da Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bagʻdod ulkan iktisodiyijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi. AlHajjoj ibn Matar alKufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn alBitrik, Hunayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo alBaalbakiy va boshqa yunon olimlarining asarlarini, Muhammad alFazariy, Yaʼkub ibn Tarik va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qila boshladilar, arab tilida dastlabki sharxlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan "Musulmon renessansi" deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda X. nomi va ilmiy jasorati bilan bogʻliq.

X. Bagʻdodda yunon fanining yutuqlarini oʻrganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan krlgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni oʻzining muhim kashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun X. oʻzigacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi.

X. algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning "Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala" ("Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob") asari nomidan kelib chiqqani yaxshi maʼlum. Lekin baʼzan X. faqat oʻziDan avval maʼlum boʻlgan chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr X. asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo boʻlgan. Holbuki, X.ning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bagʻishlangan. Bu shundan ham koʻrinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal — aljabr va almuqobala bilan atalgan. X. algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qanday qoʻllanishini bayon etib, soʻng algebraik shakl almashtirishlariga oʻtgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin boʻlar edi. X. asari 12-a.ning boshlarida kremonalikGerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib "aljebra" (fransuz, ingliz tillarida), "algebra" (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan.

Uning muqaddimasida kitob nima maqsadda yozilgani bayon qilinadi: "Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini oʻz ichiga oluvchi "Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob"ni taʼlik qildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer oʻlchashda, kanallar oʻtkazishda, geometriyada va boshqa shunga oʻxshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir".

Kitob uch qism (kitob)dan iborat. Uning 15 bobli birinchi qismi "Kitob almuxtasar filjabr valmuqobala" deb nomlangan va sof matematik faktlar bayoniga bagʻishlangan. Xususan, unda Qad. Bobildan maʼlum boʻlgan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish usullari bayon qilingan. X. manfiy sonlardan foydalanmagani uchun tenglamalarni quyidagi koʻrinishda qaraydi:ax2=bx, ax1=c, bx=c, ax2+bx=c, ax2+c=bx, ax2=bx+c. (Ular hozirgi fan tilida birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning musbat sonlar yarimmaydoni ustidagi kanonik koʻrinishlaridir).

X. har bir holda tenglamani yechish qoidalari hamda ularning qatʼiy isbotlarini keltiradi. Isbot garchi tashqi koʻrinishda geometrik tilda bayon qilinsada, mohiyatan hozirgi algebraik isbot bilan moye tushadi.

Kitobning keyingi bobida algebraik hisob, xususan, aljabr va mukrbala amallari bayon qilinadi. Bu bobda "irratsionallik" tushunchasi kiritiladi, "ishoralar qoidasi" keltiriladi. Kitobning navbatdagi ikki bobi algebradan masalalar toʻplami boʻlib, aljabr va muqobala amallari bilan yechiladigan murakkabroq misollarga, "Oʻlchashlar haqida bob"i geometriyata bagʻishlangan. Unda shakllarning yuz va hajmlarini oʻlchash qoidalari, Pifagor teoremasi va boshqa faktlar bayon qilingan. Bu bob hajm jihatdan kichik boʻlsa ham, oʻsha davr amaliyoti uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. Lekin muallif muqaddimada qayd etganidek, bu bobdan koʻzlangan asosiy maqsad geometriyani bayon qilish emas, balki algebra geometriyada ham qoʻllanishini namoyish qilish boʻlgan. Mac, uch tomoni berilgan uchburchakning balandligi algebra vositasida topilishi koʻrsatilgan.

Kitobning qolgan ikki qismi "Vasiyatlar kitobi" va "Takdir aylanishlari hisobi haqida" deb nomlanib, musulmon fiqhi boʻyicha, xususan, meros taqsimlashga oid masalalar algebra usullari bilan qanday hal etilishi koʻrsatilgan.Shunday qilib, "Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob" algebra asoslari hamda algebrani amalda tatbiq etishga bagʻishlangan mukammal darslik boʻlgan (yana q. "Aljabr val muqobala").

Sivilizatsiya taraqqiyotida sonlar va arifmetik amallar qanday oʻrin tutishi ravshan, busiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilib ham boʻlmaydi. Bugun umumbashariy madaniyatning eng oddiy unsuriga aylanib ketgan sonlarni oʻnli sanoq sistemasida yozish va ular ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari X.ning "Arifmetika" asari tufayli joriy boʻlgan.

Gap shundaki, hind olimlari tomonidan kashf etilgan sonlarni oʻnta raqam yordamida yozish usuli X.gacha ham Yaqin Sharq olimlariga maʼlum edi. Lekin shunga qaramay hind hisobi keng yoyilmagan. X.ning buyuk xizmati shundaki, u oʻnli sanok, sistemasining ahamiyatini birinchi boʻlib payqab, sodda va loʻnda uslubda bayon qilib bergan. Shu tufayli X.ning kitobi ham, oʻnli sanoq sistemasi ham tez orada Sharqiy Turkistondan Ispaniyagacha boʻlgan hududdagi musulmon dunyosiga, 12-a.dan boshlab Yevropaga tarqaldi. Shuning uchun X.ni butun insoniyatni arifmetikax* oʻrgatgan ustoz hisoblash mumkin.

Oʻrta asrlarda matematika, astronomiya va boshqa fanlar sohasida yozilgan yuzlab olimlarning kitoblari orasida aynan X. asarlari Sharqsa ham, Gʻarbda ham eng koʻp tarqalgani va umuminsoniy taraqqiyotga eng koʻp hissa qoʻshgani bilan ajralib turadi. Bunga X. keng qoʻllagan originalbayon uslubi sabab boʻlgan. Bu uslub tagida algoritm gʻoyasi yotadi. X.ning bu gʻoyasi zamonlar oʻtishi bilan koʻproq ahamiyat kasb etib bormoqda va bugunga kelib jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biriga aylandi — raqamli axborotni qayta ishlash shunga asoslanadi.

Algoritm namunalari (mas, Evklid algoritmi) yunon matematikasida uchraydi. X. algoritmik mushohadaning qiyin va murakkab mavzularni bayon qilishdagi ahamiyatni toʻgʻri baholab, uni oʻz asarlarida muntazam ravishda qoʻllagan, mushohada va bayon uslubiga aylantirgan. Oʻrta asrlarga kelib, Yevropada avval toʻrt amalni bajarish qoidalari, soʻng umuman arifmetika, 18-a.dan har qanday qatʼiy tartibdagi matematik qoidalar, 19-a.dan hisoblash mashinalari uchun dasturlar "algoritm" deb atala boshlagan. 20-a. oʻrtalarida algoritm tushunchasi kompyuterlar fanining oʻzak konsepsiyasiga aylangan boʻlsa, asr oxirida u matematika va informatika doirasidan chiqib, barcha tabiiy fanlar va texnikada tafakkurning zaruriy unsuri — algoritmik mushohada qobiliyati darajasiga yetdi. X.ning nisbasi algoritm atamasiga aylangani tarixiy adolatdir.

X. "Arifmetika"si sonlar tabiati haqidagi umumiy mushohadalardan boshlanadi. Soʻng istalgan butun musbat sonni oʻnta raqam orqali yozish usuli, yaʼni oʻnlik sanoq sistemasi va uning afzalliklari bayon qilinadi. Soʻng bu sanoq sistemasida yozilgan sonlarni qoʻshish, ayirish, kupaytirish va boʻlish qoidalari bayon kilinib, misollar bilan tushuntiriladi. Shundan keyin X. kasr sonlar haqida tushuncha beradi va ular ustida arifmetik amallarni oltmishli sanoq sistemasiga asoslanib bajarish kridalarini aytadi.

Kitob bosh qismining (uch yarimni sakkiz butun oʻn birdan uchga kupaytirish misoligacha) lotincha tarjimasi saqlangan, xolos. Tarixchilar asarning qolgan qismlari haqida bir fikrga kelolmagan. Tarjimalardan bir nusxasi "Magistr A. tomonidan tuzilgan alXorazmiyning astronomiya sanʼatiga kirish kitobi" degan soʻzlar bilan boshlanib, u 1143 yilda koʻchirilgan

(Venada saklanadi). Ikkinchi risolaning nusxalaridan biri ham shu davrga mansub boʻlib, ispaniyalik Yuxannoga tegishli (Parijda saklanadi).

Bu manbalarga koʻra, X. "Arifmetika"sining davomida sonlarni ikkilantirish, ikkilash (yaʼni ikkiga boʻlish) va kvadrat ildiz chiqarish amallari bayon qilingan.

Mutaxassislar Milanda saklanayotgan "alXorazmiyning butun kvadriviumiga muqaddima kitobi" qoʻlyozmasiga asoslanib, X. "Arifmetika"si aslida kvadrivium, yaʼni arifmetika, geometriya, astronomiya va musika qismlaridan iborat boʻlgan deb taxmin kilishadi. Bulardan tashqari, qad. qoʻlyozmalarda X.ning "Kitob aljamʼvaltafriq" ("Qushish va ayirish kitobi") asariga tegishli deb koʻrsatilgan parchalar uchraydi. Bu faktga koʻra, X. arifmetikaga oid yana boshqa asarlar ham yozgan.

X.ning fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan yana bir asari "Zij"dir. U nazariy astronomiya va astronomik jadvallardan iborat boʻlib, arabcha qoʻlyozmalari saklanmagan, Maslama alMajritiy (10a.) tomonidan qayta ishlangan variantning lotinchaga va yahudiychaga tarjimalari yetib kelgan.

X. "Zij"i oʻrta asrlar fanidagi astronomiyaga oid dastlabki asar boʻlib, 37 bobdan iborat va 116 ta jadvalni oʻz ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, xronologiya, Quyosh, Oy, sayyoralarning harakati, burjlar va boshqa haqvda maʼlumotlar keltirilgan. Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va tutilish muddatlarini aniklash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuqtalarni topish qoidalari beriladi. "Zij"da birinchi marta tangens funksiyasi kiritilgan.

X. "Zij"i ham astronomiya va trigonometriyaning keyingi taraqqiyotida namuna vazifasini oʻtagan.

X.ning "Kitob amal bilasturlobot" ("Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob") asarida qad. va oʻrta asr astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi boʻlgan astrolyabiya (arabcha asturlob) yasash va undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalari, geografik obʼyektlarning koordinatalari, yangi Oy chiqish muddatlarini aniqlash va boshqa aniq va loʻnda qoidalar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan. Bundan tashqari, kitobda asr namozi vaqtini aniklash, sinuskvadrant deb ataluvchi asboblar toʻgʻrisida ham soʻz boradi. Bu esa X. ilmiy asbobsozlik bilan ham shugʻullanganligidan dalolat beradi.

"Zaroif min amal Muhammad ibn Muso alXorazmiy maʼrif assamtbilasturlob" ("Muhammad ibn Muso alXorazmiyning astrolyabiya yordamida azimutni aniklash boʻyicha amallaridan kelib chiqadigan zarif fikrlar") nomli kichik asarida (qoʻlyozmasi Istanbuldagi Ayo Sofiya kugubxonasida saqlanadi) astronomiyaning ikki masalasi — Quyosh azimutini va meridian chizigʻini aniklash, Yerning oʻsha davrda maʼlum qismi — Oykumenaning yetti ikdimga boʻlinishi, har bir iklim uchun burjlarning koʻtarilish vaqtlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirgan.

"Quyosh soati tekisligvda soat yasash" (Ayo Sofiya kugubxonasida saklanadi) kitobida gorizontal tekislikda kuyosh soati yasash, yaʼni soyasi mil vazifasini oʻtovchi plastinka — gnomon oʻrnatish va soat shkalasini chizish qoidasi, gnomon soyasining shkaladagi holatiga qarab vaqtni aniklash usuli bayon qilinadi. Gnomon soyasining uchi sirpanadigan chiziq — giperbolani yasashda qutb koordinatalari sistemasi qoʻllangan va bu analitik geometriyaga oid dastlabki faktlardan hisoblanadi. X.ning "Yaxudiylar taqvimi va bayramlarini aniklash haqida risola" (Hindistonning Patna shahrida saklanadi) asari olimning etnografiya bilan shugʻullanganidan dalolat beradi. Bu asarda yahudiy taqvimi, uni boshqa taqvimlarga oʻtkazish qoidalari, yaxudiylar bayramlari va ularni taqvimda belgilash qoidalarini, ayrim muhim astronomik maʼlumotlarni beradi. Quyosh yilining uz. 365 kunu soat, yaʼni 365,242265 kunga teng ekanligi aytiladi. Bu oʻz davri uchun juda aniq maʼlumot boʻlgan. Tarixchilar bu asar aslida X.ning etnografiya va taqvimlarga oid yirik asaridan koʻchirib olingan parcha boʻlishi kerak, deb taxmin qilishadi.

X. yunon olimi Ptolemeyshya keyin yashagan buyuk geograflaridan birinchisi sanaladi. Uning "Surat alArz" asari (boshqa nomi "AlXorazm geografiyasi", toʻliq nomi Ptolemey taklif etgan "Geografiya" kitobidan Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muso alXorazmiy taskin etgan Yer surati — shaharlar, togʻlar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi") fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Kitob Ptolemeyning "Geografiya"si asosida yozilgan boʻlsada, shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi. Unda birinchi marta Yer sirtini yetti iqlimga boʻlish ilmiy yondashuv bilan, iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan hamda 2402 geografik obʼyekt haqida maʼlumotlar, xususan, ularning kengligi va uzunligi keltirilgan (bu maʼlumotlarning koʻpchiligi Ptolemey "Geografiya" sida berilmagan). Xususan, X. geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U oʻzi yashagan joylardan juda uzoqdagi boshka obʼyektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Sarandib (Shri Lanka) joylashuvini toʻgʻri tasvirlaydi. Kitobda tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim oʻrin tutadi. Bu kitob 12-a.dayok, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

X. ning "Kitob attarix" (X. "Tarix"i) asarida Muhammad (as) hayoti bilan bogʻliq sanalar, islom tarixidagi muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713 yil 10 martda Antioxiya shahrida yuz bergan dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hodisalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan olingan koʻchirmalar juda koʻp tarixnavis olimlar (Beruniy, Yoqut Rumiy, Yaʼqubiy, Elias Bar Shinoyi, Hamza Isfahoniy, atTabariy, alMasʼudiy va boshqalar) kitoblarida uchraydi. Bundan koʻrinadiki, X.ning "Tarix"i uz davrida mashxur bulgan va keng tarqalgan. Asar usha davrning boshka tarixchilar yozgan kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi bilan ajralib turadi.

Ahmad alFargʻoniy astrolyabiyaga oid asarida X.ga tegishli sfera geometriyasi haqidagi asarni eslatadi, ammo u hozirgacha topilmagan. X. fanning beshdan ortiq sohasini fundamental yangiliklari bilan boyitgani sababli fan tarixidagi ilk qomusiy olim deb sanalishga hakli. X. boshlagan bu anʼana keyinchalik Ibn Sino, Beruniy, Leonardo da Vinchi, Leybnits, Lomonosov, Franklin kabi olimlar tomonidan davom ettirilgan.

X.ning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad alFargʻoniy, Xuttaliy va boshqa uning asarlariga sharhlar yozishgan. X. uzining "Zij"ini yozishda xind "Sindhanta"lariga va Ptolemeyning "Almagest" asariga tayangan bulsa, "Algebra", "Arifmetika"va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. X. asarlarining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muxim pogona vazifasini utadi. Mas, Beruniy X.ning "Zij" iga atab uchta risola bitgan.

X. asarlari 12-a. boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan. X. ning "Algebra", "Arifmetika", "Geografiya"si va "Zij"i 16-a.gacha darslik vazifasini oʻtagan. X. asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud.

19-a. boshlarida X. merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. X. "Algebra"sini 1817 yilda K. Koulbruk qisman, 1831 yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda, 1838 yilda G. Libri Parijda chop ettiradi. Hozir bu asarning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915 y., AQSH), arabcha (A.M. Musharrafa, 1939 y.), ruscha (Yu.X. Kopelevich, B.A. Rozenfeld, 1964 y.) va boshqa nashrlari mavjud.

X.ning "Arifmetika"sini birinchi marta B. Bonkompani Rimda (1857), K. Fogel Germaniyada (1963), A.P. Yushkevich Moskvada (1954) chop ettirishgan.

X. "Zij"ini oʻrganishga ham katta eʼtibor berilgan. Uni 1914 yilda N. Zuter, soʻng O. Neygebauer (1962), V.Millas, Goltsteyn (1963) va boshqa nashr qilishgan. 1919 yilda F. J. Videman "Astrolyabiya bilan amallar haqida kitob"ini nashr etdi.

X.ning "Geografiya"si birinchi marta X. fon Mjik (1926) tomonidan chop etilgan. Olimning boshqa qoʻlyozmalarini izlab topish, oʻrganish, chop etish va tarjima qilish — matematika tarixi sohasining dolzarb muammolaridan boʻlib qolmoqda.

1983 yilda X. tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning barcha asarlari rus tilida (A.Axmedov, A.P.Yushkevich, B.A. Rozenfeld va boshqa tarjimalarida) hamda Tanlangan asarlari oʻzbek tilida (A. Axmedov tarjimasida) nashr etildi.

X. ilmiy merosini o’rganish va uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini targʻib qilishda nomlari yuqorida zikr etilgan olimlardan tashqari J. Sarton, E.S. Kennedi, D. King (AQSH), S.A. Nallino (Italiya), X. Zemanek (Avstriya), A. Allar (Belgiya), R. Rashed (Fransiya), S. Brokelman, D. Samploinius (Germaniya), M. M. Rojanskaya (Rossiya) va boshqa ham muhim hissa qoʻshgan.

Oʻzbekistonda X. hayoti va faoliyati bilan birinchi boʻlib T.N. KrriNiyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va Oʻrta Sharq fani tarixi, jumladan, X. merosini oʻrganish va dunyo miqyosida targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1983 yilda buyuk olim tavalludining 1200 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Toshkent va Urganch shahrida) X.ning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini belgilashda muhim tadbir boʻldi.



Urganch davlat universiteti, Oʻzbekistonning turli joylarida koʻplab maktab va boshqa obʼyektlar X. nomi bilan atalgan.

As. Tanlangan asarlar, T., 1983; Matematicheskiye traktati, T, 1964; Astronomicheskiye traktati, T., 1983.
Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish