Amir Temur ikkinchi renessasns davrini boshlab berdi”


Yevropada uyg’onish davri



Download 197,63 Kb.
bet4/15
Sana09.07.2022
Hajmi197,63 Kb.
#763829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BAYONAT

Yevropada uyg’onish davri Albatta bu davr barcha Yevropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan, Germaniya so‘nggi uyg‘onish, Niderlandiya esa yuqori uyg‘onish davrini boshlaridan kechirdilar. Uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr, muhim bosqich, ya’ni insoniyat o‘z boshidan kechirgan o‘zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o‘zgarish edi. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar yaratdilar, xalq ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg‘ularini ifodalab chiqdilar, ilg‘or gumanistik g‘oyalarni ko‘tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr gumanizm asri, deb nom oldi. Bu lotinchada insoniylik, insonparvarlik, degan ma’noni bildiradi. Uyg‘onish davri madaniyati antik dunyo madaniyatidan ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o‘rgandi, ulardan ta’sirlandi. Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko‘plab saqlanib qolganligi bunga juda yaxshi imkon yaratdi. Lekin antik san’atdan farqli ravishda ular qullar sajda qilgan hudolar deb ulardan shu yo‘sinda emas, balki o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, tushunchalarini ifodalashda foydalandilar. Go‘zallik va garmoniyani real voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr taraqqiyotining mezonini belgiladi. O‘ayot real hodisa deb tan olindi. San’atkorlar real voqelikni tasvirlashda yangi qonun va qoidalar izladilar. Asarlar ta’sirchanligini oshirish maqsadi ko‘p sohalar bilan hamkorlikda ishlashni taqozo etdi. Perspektiva, rangshunoslik, soya va yorug‘, odam anatomiyasi va shunga o‘xshash sohalarda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendensiyalar rivojlandi. Shu bilan birga qadimgi an’analar o‘zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda yangi konstruksiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko‘p qavatli va shinam binolar qad ko‘tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlarini bezash, ular ichidagi fazoni tashqil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu qilingan ishlar keyingi Yevropa san’atida ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ldi. Uyg‘onish davrining o‘ziga xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida o‘zini namoyon qildi. Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar, muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka qarshi qo‘ya boshladilar, voqelikning real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida Uyg‘onish davri realizmining o‘ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko‘pincha diniy niqob ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg‘onish davri san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo‘lib qoldi. Insonni o‘z asarlarida shunday kuylagan san’atkorlardan biri, ilk Uyg‘onish davrining yirik vakili Donatello bo‘ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali Uyg‘onish davrida birinchi marta libossiz holda tasvirlangan haykal bo‘ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka manzur bo‘lgan insonni ulug‘lash yo‘lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug‘lash Uyg‘onish davrida portret san’atining qaytadan tug‘ilishiga olib keldi. Portret san’atida ifodalanadigan insondagi nozik his-tuyg‘ular o‘zining butun borlig‘i bilan Uyg‘onish davrining buyuk san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida o‘z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug‘landi. Bu o‘rinda Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson jismoniy go‘zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay o‘tish mumkin emas.

Termiz davlat universeteti magistratura bo’limi 1-kurs magstri _____________________________ ning ilmiy seminarda “________________________________________________________________________________________________________” mavzusidagi ma’ruzasi haqida


BAYONOTI
______yil __________ Termiz shahri magistratura bo’limi 1-kurs magstri _________________________________ ilmiy seminar mashg’ulotida “____________________________________________________________________________________________”
mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada “Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada oʻrta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qoʻllanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa oʻzbek tiliga Uygʻonish davri deb oʻgirilgan.
Avstriyalik atoqli sharqshunos Adam Mesning 1909-yilda “Musulmon Renessansi” nomli fundamental asari chop etilgan. Shundan buyon Renessans faqat Yevropaga oid hodisa emasligi, uni Sharq xalqlari yevropaliklarga nisbatan avvalroq boshdan kechirgani toʻgʻrisidagi qarashlar va tadqiqotlar paydo boʻla boshladi. Rossiyalik buyuk sharqshunos akademik N. N. Konrad Renessans VII — VIII asrlarda Xitoyda boshlanib, VIII asrda Hindistonda davom etgani, undan IX-XII asrlarda islom mamlakatlari estafetani qabul qilgani, moʻgʻul istilosi tufayli ancha pasayib qolgan yuksalish Amir Temur va temuriylar davrida yana qayta gurkurab oʻsganini taʼkidlaydi. U Oʻrta Sharq Uygʻonish davrini Alisher Navoiy zamonasigacha choʻzadi. Javoharlal Neru Boburni ham Renessansning tipik vakili, deb baholagan edi.
Haqida ma’lumotlar berildi.

Ilmiy seminar rahbar: Prof. Ilmiy seminar Qosimov . A




Download 197,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish