22.Amir Temur va temuriylar davlatida harbiy soha va sud ishlari.
Sohibqiron qo‘shini o‘nlik birikmalar asosida tuzilgan bo‘lib, lashkar tuman (o‘n minglik), hazora (minglik), xushun (yuzlik) va ayl (o‘nlik) qismlarga bo‘lingan. O‘n minglik lashkarni boshqarish uchun mirixazora, yuzliklar uchun xo‘shunboshi o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablar joriy etilgan. Qo‘shindagi bo‘linma boshliqlari – amirlar
Sohibqironga tobe bo‘lgan qirq aymoq (urug‘)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloyir, tulkichi, duldoy, mug‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan. Harbiy safarlar paytida har bir qo‘shin qismlarining eng oldida dovyurak va botir askarlardan tanlab olingan xabarchi (xabargir) deb yuritilgan ayg‘oqchi-kuzatuvchilar bo‘linmasi yurgan. Ularning orqasidan soqchilar bo‘linmasi – yasovul borgan. Undan keyin qo‘shinning avangard qismi manglay harakatda bo‘lgan. Manglaydan keyin qo‘mondonning o‘rdagohi, uning yon tomonlarida izofa (zahira) qismlar joylashgan. Qo‘shinning asosiy jangovar qismi – markaz hamda o‘ng qanot (barong‘or) va chap qanot (javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay – avangard, yon tomonlarida ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar – kanbullar joylashtirilgan. Shu zaylda qo‘shin yetti qism - qo‘llardan iborat bo‘lib, ulardan uchtasi – markaz, barang‘or va javong‘orlar mustaqil; to‘rttasi – ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar bo‘lgan. Ma’lumki, o‘rta asrlar davlatchiligi tizimida islom shariati qonunqoidalari yetakchi o‘rin egallagan. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda Amir Temur davlatida ham huquqiy munosabatlar Qur’oni Karim hamda Hadisi sharifda bayon qilingan tartib-qoidalarga asoslangan ekan. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligidagi huquq va qonun-qoida asoslari «Tuzuklar»da o‘z aksini topgan. Bu manbada davlat yumushlari, harbiy soha, raiyyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari haqida so‘z yuritilib, unda ta’kidlanishicha, mamlakatdagi dunyoviy jarayonlar oliy hukmdorning o‘zi, ya’ni, Amir Temur nazorat qilgan hamda kerakli jazoni ham aynan davlat boshlig‘i bergan. Shariat ishlarini boshqarish shariat qozisi zimmasiga yuklatilgan. Ammo, davlatning devonida, uning turli bug‘inlarida ham alohida qozilar, sud, jinoyat va jazo ishlarini bajarganlar. Mamlakatdagi
huquq tizimi quyidagicha bo‘lgan:
shayxulislom – mamlakat va har bir tobe hududlarda islom ahlini nojo‘ya hatti-harakatlardan saqlash, nazorat qilish, ularni savob ishlarga undash bo‘yicha mas’ul shaxs;
sadrlar – ular asosan sayyidlardan chiqqan shaxslardan bo‘lib, ularning muhim vazifalaridan biri vaqf mulklarini nazorat qilish bo‘lgan va suyurg‘olni belgilab turganlar. Ular ahli islomga boshchilik qilganlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |