Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur va temuriylar davrida markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi



Download 217,59 Kb.
bet17/55
Sana06.08.2021
Hajmi217,59 Kb.
#140165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Amir Temur davriga oid manbalar

20.Amir Temur va temuriylar davrida markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi.

Amir Temur davlati markazlashgan davlat bo‘lib, butun hokimiyat davlat boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur davlatining boshqaruv asoslari shakllanishi rivojida kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarni hal qilishda katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh urug‘lari, yuqori martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari, bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar, bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok etganlar. Ushbu kengashda mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Kichik kengashda Amir Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan. Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan. «Tuzuklar»da mukammal davlat boshqaruvini tashkil etish quyidagicha ifodalanadi:

davlat daxlsizligini va mustahkamligini har tomonlama muhokama qilish;

oliy hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi hamda mustaqil siyosat yurgizishi;

vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar;

markazga tobe bo‘lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining vazifalari;

oliy davlat kengashi;

davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi hamda mamlakat tinchligi, osoyishtaligini saqlash;

muntazam qo‘shin tashkil etib, qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash, lavozimlarga ko‘tarish, rag‘batlantirish va ularga maosh to‘lash;

aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash;

harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni (noiblar, amirlar , sipohiylar va boshq.) rag‘batlantirish;

Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar. o‘qqizinchi asos bilan boyitdi. U ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur bo‘yicha bunday tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan. Bu tabaqalar quyidagilar edi:

1.Sayyidlar, olimlar va shayxlar.

2.Katta tajribaga ega ilmli kishilar.

3.Duo qiluvchi taqvodorlar.

4.Lashkarning sipohlari, sarhang va amirlar.

5.Askar va xalq ommasi.

6.Davlat boshqaruv ishlarini ipidan ignasigacha biladigan maslahatgo‘y,

dono va aqlli kishilar.

7.Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i.

8.Tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar.

9.Muhaddislar va muarrixlar.

10.Tasavvuf vakillari va oriflar.

11.Hunarmandlar va san’atkorlar.

12.Ajnabiy sayyohlar va savdogarlar.

Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriy-boshqaruv tizimidagi tartiblr bilan aloqador holda uning harbiysiyosiy xususiyatga ega bo‘lganligidan ham dalolat beradi. Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari

qonunlar ustivor bo‘lgan va fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat asoslarining yuzaga kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustivorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan. Amir Temur va temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish davlatning bexato siyosat

yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan.




Download 217,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish