Amir Temur davrida qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va agrar munosabatlar


Amur Temur davrida soliqlar va soliq tizimi



Download 17,38 Kb.
bet3/3
Sana16.12.2022
Hajmi17,38 Kb.
#888558
1   2   3
Bog'liq
Amir Temur davrida qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va agrar munosabatlar

24.Amur Temur davrida soliqlar va soliq tizimi.

Bizga ma’lum bo‘lgan ko‘pgina manbalar Amir Temur va temuriylar davrida O‘rta Osiyo va boshqa hududlarda soliq tizimi ma’lum tizimga tushirilib, adolat qonunlariga rioya qilganligi haqida ma’lumotlar beradi. Xususan «Tuzuklar» da shunday deyiladi: «Amr qildimki, hosil pishib yetilmasdan raiyyatdan molu jihot olinmasin. Hosil yetilgach, soliqni uch bo‘lib olsinlar. Agar raiyyat soliq to‘plovchi yuborilmasdan oldin soliqni o‘zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to‘plovchi yubormasinlar. Agar soliq to‘plovchini yuborishga majbur bo‘linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so‘z bilan olsinlar; kaltak-arqon ishlatib, ishni urush-so‘kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib zanjir bilan kishanlamasinlar. Bu davrda yerdan olinadigan soliqning asosiy turi xiroj hisoblangan. Bu soliq mahsulot yoki pul bilan olingan. Uning hajmi hosilning yarim miqdorigacha borgan. Hosil to‘la pishib yetilmasdan soliq to‘plash qat’iyan man etilgan. Soliqlar hokimiyat tomonidan belgilab qo‘yilgan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sumbula-mezon (avgust-sentabr) va qavs (noyabr) oylarida


to‘planar edi. Soliqlardan tashqari ziroatkor aholi hukmdor va uning ma’murlari, suyurg‘ol egalari va tarxonlar, shuningdek, yirik mulkdorlar foydasiga muayyan muddat tekin ishlab berardilar. Harbiy yurishlar davrida mag‘lub etilgan aholidan sari shumor (jizya) solig‘i olingan. Davlat xavf ostida qolib harbiy safarbarlik e’lon qilingan paytlarda favqulodda soliq – avorizot yig‘ib olingan. Mamlakat hududidan chopar yoki elchilar o‘tayotganda, zarurat tug‘ilganda, aholi ularga otulov topib berishi lozim bo‘lgan. Temuriylar davrida qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko‘targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa, sug‘orish inshootlari, yo‘l qurilishi va tuzatishlarida mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hasher ishlar begor deb atalgan. Mazkur ishlar jarayonida mirobona, dorug‘ona
soliqlari undirilgan. Shuningdek, aholi soliq yig‘ish va uning hisobkitobi bilan band bo‘lgan turli lavozimdagi ma’murlarning xizmati uchun ham bir qancha yig‘imlar to‘laganlar. Misol uchun, hosil miqdorini belgilovchilarga sohibi jamona; soliq yig‘uvchilarga muxassilona; kirimni boshqaruvchilarga zobitona; dorug‘alarga dorug‘ona; suv taqsimlovchi miroblar foydasiga mirobona kabilar to‘langan. Bu davrda bog‘ va daraxtzorlardan tanobona, mol sardaraxt, yaylovlardan mol o‘tloq va suvloq kabi soliqlar olinib, ularni to‘plashda an’anaviy tartib-qoidalarga amal qilingan. Chorva mollaridan qirqdan bir miqdorda zakot solig‘i olingan. Chegara hududlarida bojxonalar bo‘lib, chetdan
keladigan savdogarlardan ma’lum miqdorda boj undirilgan. Mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i to‘laganlar.
Download 17,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish