Amir temur davlat boshqaruvi



Download 454,06 Kb.
bet8/9
Sana11.08.2021
Hajmi454,06 Kb.
#145441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVLAT BOSHQARUVI

 Amir  Tumur  hokimiyat  tepasiga  kelgach,  deyarli bir asrlik bosh boshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib  o‘rnatish  oson  emas  edi.  Uni  faqatgina  kuchli  siyosat  yurgizib,  mamlakat  qudratini  mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish  maqsadida  dastlab  barlos  qabilasidan  maxsus  gvardiya  tashkil  qiladi.  CHunki  bunday ishonchli gvardiya ayniqsa uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi.   SHuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa-da, ammo  mavjud  shart-sharoitda  amaliy  qadamlar  qo‘yib  borish  nihoyatda  og‘ir  edi.  Zero,  mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega  bo‘lgan  amirlar  avval  boshda  uning  hukmronligini  tan  olgan  bo‘lsalar-da,  ular  bilan Amir  Temur  o‘rtasidagi  munosabat  bundan  buyon  ularga  va  ularning  namoyondasi bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p jihatdan bog‘liq edi.  Aynan  shuning  uchun  ham  1370  yilning  o‘rtalarida  Samarqandda  o‘tkazilgan  qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, ularga  har  birining  mavqei  va  martabasiga  qarab  biron-bir  mansab  va  mulk  (viloyat,  tuman,  shahar)  taqsimlab  beradi,  katta-katta  sovg‘alar  ulashadi.  Bu  haqda  Sohibqironning  “Tuzuklarida”  shunday  deyiladi:  “Bulardan  mol-dunyoga  hirs  qo‘ygan  ochqo‘z  va  ta’magirlariga  mol-ashyo  va’da  qildim,  mansab-martabaga  va  mamlakatlarni boshqarishga ko‘z tikkan amalparastlarga qo‘lim ostidagi mamlakat va  viloyatlardan birining hokimligini berdim”. 


Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida mamlakat hududlarini  birlashtirishga  kirishar  ekan,  hududlar  ustiga  dabdurustdan  harbiy  yurishlar  qilmasdan,  kelishuvchilik  siyosatini  tutdi.  SHu  bois  ham  u  Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‘idagi  erlarni,  Farg‘ona,  SHosh  viloyatlarini  o‘z  tasarrufiga  kiritishda  unchalik  qiynalmadi.  Ammo,  Xorazmda  ahvol  boshqacha  edi.  Xorazmning  o‘sha  davrdagi  hukmdorlari  (Husayn  So‘fi,  YUsuf  So‘fi)  Oltin  O‘rda  ta’sirida  bo‘lib,  elchilar  jo‘natilganligiga  qaramay  bir  necha  yil  Amir  Temur  hokimiyatnini  tan  olmadilar.  SHuning  uchun  ham  Amir  Temur  Xorazm  ustiga  besh  marotaba  (1371,  1373,  1375,1379, 1388 yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. 1388 yildan so‘ng Xorazm Amir  Temur davlati tarkibiga kirgan.  Amir  Temurning  harbiy  yurishlari 1386  yildan boshlab  “uch  yillik”, 1392  yildan  “besh yillik”, 1399 yildan “etti yillik” urushlar nomini olagn. XIV asrning 80-yillari  o‘rtalariga  kelib  butun  Xuroson  Sohibqiron  ixtiyoriga  o‘tadi.  “Uch  yillik”  urush  davrida  Amir  Temur  Ozarbayjon,  Tabriz,  Mozandaron,  G‘ilonni  bo‘ysundiradi.  SHundan keiyn u Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi.   1387-1388 yillarda Xorazmga davogar bo‘lgan Oltin O‘rda xoni To‘xtamish Amir  Temurning  yo‘qligidan  foydalanib  Movarounnahrga  harbiy  yurishlar  uyushtiradi.  1388  yilning  yanvarida  Amir  Temurning  qaytishidan  xabardor  bo‘lgan  dushmanlar  chekina  boshlaydilar.  Amir  Temurdan  topshiriq  olgan  amirlar,  Husayn,  SHayx  Ali  Bahodir va boshqalar dushmanni Sirdaryo bo‘yidagi Sarisuv degan joyda quvib etib,   unga  katta  talofat  etkazdilar.  1388  yilning  oxiridagi  yana  bir  to‘qnashuv  (Sagaron,  Kattaqo‘rg‘on  atroflarida)  To‘xtamishning  mag‘lubiyati  va  qochib  ketishi  bilan  yakunlandi. 1395 yilning bahorida Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yida To‘xtamish va  Amir  Temur  qo‘shinlari    yana  to‘qnashdilar.  

Download 454,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish