АЛ-ХОРАЗМИЙ
780-850
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy - (taxminan 780-850yillarda yashagan) - mashhur Markaziy Osiyolik qomusiy olim.
U taxminan, 780-yilda Xorazmda (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda Bag'dodda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bagʻdodda Bayt ul-Hikmada olim sifatida faoliyat yuritdi.
Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi. Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi. Al-Xorazmiy Batlimusning "Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.
Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qoʻshqan olimdir. "Algebra" soʻzi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir."Algoritm" soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan. Shuningdek, ispantilidagiguarismoʻ' va portugal tilidagi algarismoʻ' soʻzlari ham(ikkalasi ham raqammaʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan. 1973 yilda Xalqaro astronomiya ittifoqi Oydagi kraterni Al-Xorazmiy nomi bilan atadi. Al-Xorazmiy krateri Oyning Yerga teskari tomonida ekvatorga yaqin joylashgan.
Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan X., Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ul Hikmat" ("Donishmandlik uyi") ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada X. yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813 — 833), soʻng al Moʼtasim (833 842), al Vosiq (842 —847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |