Aminokislotalar va oqsillar



Download 43,92 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi43,92 Kb.
#564244
Bog'liq
Aminokislotalar va oqsillar


Aminokislotalar va oqsillar

Aminokislotalarning turlari, aminokislotalarning tuzilishi, -aminokislotalar va oqsillar, almashtirib bo‘lmaydigan -aminokislotalar, oqsillarning tuzilishi, xossalari va ahamiyati


Aminokislotalar-molekulasi tarkibida ham amino-(NH2), ham karboksil -(COOH) guruhi bo‘lgan moddalardir. Oqsillar esa turli xil -aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqorimolekulyar polipeptid birikmalardir. Oqsillar tirik hayotning asosi bo‘lib murakkab tuzilishga egadir.
Aminokislotalar tarkibidagi 2 ta funksional guruhning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab -, - va -aminokislotalar bo‘ladi. M-n:



α-aminomoy kislota, 2- aminobutan kislota
β-aminomoy kislota, 3- aminobutan kislota

γ-aminomoy kislota, 4- aminobutan kislota



Aminokislotalar tarkibida asimmetrik uglerod atomi bo‘lganligi uchun ularga ham optik izomeriya xosdir. Ular ham qutblangan nurni o‘ngga (Q) yoki chapga (-) buradi. D âà L qatorlarga bo‘linadi.
Oqsil tarkibiga kiruvchi -aminokislotalar o‘ziga xos nomlarga ega. M-n:
NH2-CH2-COOH glikokol, glitsin

Aminokislotalar ham aminlarning, ham karbon kislotalarning xossalariga ega. Ular odatda, ichki tuz shaklida bo‘ladi va shuning uchun suvda eruvchan, kristall moddalardir.
Oqsillar tarkibiga 20 taga yaqin -aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalarning bir qismi organizmda sintez bo‘ladi, bir qismi esa tayyor holda ovqat bilan organizmga kirishi kerak. Organizm uchun zarur bo‘lgan, ammo organizmda sintez bo‘lmaydigan -aminokislotalar almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Ular quyidagilardir:

metionin

treonin

valin

leytsin

izoleytsin

lizin

fenilalanin
triptofan




2-amino-4-metiltiobutan kislota

2-amino-3-gidroksibutan kislota


2-amino-3-metilbutan kislota


2-amino-4-metilpentan islota


2-amino-3-metilpentan islota


2,6-diaminogeksan kislota


2-amino-3-fenilpropan islota


2-amino-3-(3-indolil) propan kislota



Aminokislotalarni olish usullari ham aminobirikmalar va karbon kislotalarni olish usullariga o‘xshash. M-n -aminokislotalarni -galogenkislotalardan va aldegidlardan quyidagi reaksiyalar yordamida olish mumkin:

-Aminokapron kislotasi kaprolaktamni gidroliz qilib olinadi:

-Aminokislotalar to‘yinmagan kislotalarga ammiak biriktirib olinadi:

-, -va -aminokislotalar bir-biridan qizdirish vaqtida qanday moddalarga aylanishi bilan farq qiladi. Bunda -aminokislotalar diketopiperazinlar, - aminokislotalar -to‘yinmagan kislotalar va -aminokislotalar esa laktamlar hosil qiladi:

-Aminokislotalar qizdirilganda ochiq zanjirli oligopeptidlar yoki polipeptidlar hosil bo‘lishi mumkin. Umuman, aminokislotalar amfoter birikmalar bo‘lib, asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Ular aminoguruh hisobiga va karboksil guruh hisobiga alohida reaksiyalarga kirishadi. M-n, nitrit kislota ta’sirida -aminokislotalar diazobirikmalarga aylanadi. Odatda bu reaksiyada aminokislota efiridan foydalaniladi:

Aminokislotalar og‘ir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi, M-n:

Suvda eruvchan komplekslar hosil qiluvchi aminokislotalar kompleksonlar deb ataladi. Eeng muhim kompleksonlardan biri etilendiamintetrasirka kislota(trilonB)dir:

Oqsillar ham amfoter xossaga ega bo‘lib birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi tuzilishga egadir. Oqsillarning polipeptid molekulasidagi -aminokislota qoldiqlarining ketma-ketligi ularning birlamchi strukturasi deyiladi. Oqsillarning ichki (-) va molekulalararo (-) vodorod bog‘lari hosil bo‘lishi tufayli spiralsimon tuzilishi ularning ikkilamchi strukturasi deb ataladi. Silindrsimon -spirallarning fazoda turlicha joylashishi va makromolekula turli qismlarida S-S disulfid ko‘priklarini hosil qilishiga oqsillarning uchlamchi strukturasi deb ataladi. Bir nechta polipeptid
zanjirlarning vodorod bog‘lari, ion juftlari hosil qilib birlashishi oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi deb ataladi.
Oqsillarga biuret, ksantoprotein, Millon va ningidrin reaksiyalari xosdir. Oqsillar organizmda muhim hayotiy vazifani bajaradi.

Adabiyot:



  1. O.YA.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Viysshaya shkola». 1990. S. 615-634.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 484-508.

Download 43,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish