farmatsiya yo’nalishi 302-”B” guruh
talabasi
Rustamova Muqaddasning
farmatsevtik kimyo
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:
Aminoglikozidlarning tahlilida xromotografik
usullarning qo’llanilishi
Reja:
1. Xromatografik usullar mohiyati
2. Yupqa qavat xromotografiyasi
3. Bu usulning Gentamitsin Aminoglikozidi
tahlilida qo’llanilishi
4.
Streptomitsin aminoglikozidining tahlili
Xromatografik usullar tahlil qilinayotgan moddaning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan
fazalar orasida tarqalishiga asoslangan. Bu usullar yordamida murakkab aralashmalar
tarkibidagi ayrim moddalarni ajratib olish mumkin bo‘lib, farmatsevtik tahlilda
ularning qo‘llanilish imkoniyatlari keng.
Xromatografik usullardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
1. Tabiiy xom ashyolardan biologik birikmalarni ajratib olish
2. Murakkab dori vositalari tarkibidagi ayrim komponentlarni ajratish va tahlil qilish
3. Dori moddalarning chinligini aniqlash
4. Dori moddalar tarkibidagi yot aralashmalarni aniqlash
5. Dori moddalarini saqlash jarayonida borishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni
o‘rganish
6. Dori moddalarning miqdoriy tahlilini bajarish va x.k.
Xromatografik usullar
Xromatografik usullar tasniflanadi:
Mexanizm
iga ko’ra
Ion
almashinish
Adsorbsion
xromatograf
iya
CHo‘ktirish
xromatografiy
asi
Taqsimlanish
xromatografiy
asi
Oksidlanish-
qaytarilish
Shuningdek tahlil qilinayotgan moddaning agregat holatiga
qarab, gaz, gaz-suyuqlik, suyuqlik, yuqori samarali suyuqlik
xromatografiyasi usullari mavjud.
Xromatografik usullarni tasniflashning boshqa turlari ham
bor (sorbentning mahkamlangan va mahkamlanmagan
qatlamida boradigan xromatografiya, yuqoriga yo‘nalgan
yoki pastga yo‘nalgan, qo‘zg‘aluvchan qatlam
xromatografiyasi va b.)
Yupqa qavat xromotografiyasi
YUpqa qavat xromatografiyasi (YUQX) – sorbentning yupqa qavatida
bajariladi. Aralashma komponentlari eritmasining bir tomchisi kapillyar
yordamida xromatografik plastinkaning start chizig‘iga tomiziladi va
kolonkadagi xarakatlanuvchi suyuq fazaga ( maxsus tanlangan erituvchilar
aralashmasi) tushiriladi. Bunda aralashma komponentlari erituvchilar
aralashmasida erib, finish tomon xarakatlana boshlaydi. Aralashmadagi
moddalar turg‘un va xarakatchan fazaga bo‘lgan moilliklariga ko‘ra bir –
biridan ajraladi va ochuvchi maxsus reagentlar bilan xromatografik plastinka
purkalganda elips shaklidagi rangli dog‘lar xosil bo‘ladi. Startdan dog‘
markazigacha bo‘lgan masofa (a) ni startdan finishgacha bo‘lgan (v) masofaga
nisbati
Do'stlaringiz bilan baham: |