22
To‘rtinchi
xususiyat
.
Hodisalarning
rivojlanish
qonuniyatlari.
Ko‘pchilikning fikricha, qonuniyat deganda o‘rganilayotgan
hodisalardagi
takrorlanish, aniq tartib va to‘g‘rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-
biridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to‘plamda o‘zaro yoyishib ketishi
natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni
umumlashtirish yo‘li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb
yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, ular
to‘plamdagi ayrim hodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo‘lmasdan, balki
umumiy to‘plamga tegishlidir.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab
qo‘shilmasi va o‘zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida
olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o‘zida qamrab olgan to‘plamlarda
namoyon bo‘ladi. Bu yerda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning
mohiyati
shundaki, hodisalar to‘plami qanchalik ko‘proq unsurlardan tashkil
topgan bo‘lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘zgaruvchanliklar shunchalik to‘laroq o‘zaro yoyishadi va oqibat natijasida
hodisalarning zaruriy bog‘lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq
namoyon bo‘ladi.
Statistikaning unsurlari (elementlari).
1
.Statistik miqdor
. Statistik miqdorlar tasodifiy
va aniq miqdorlarga
bo‘linadi.
Har qanday statistik tajriba statistik miqdorni paydo bo‘lishiga olib keladi.
Masalan, mahsulot sifatini tekshirishda sifatli va sifatsiz miqdorlar ( tovarlar) soni
aniqlanadi. Paydo bo‘lgan miqdorlar tasodifiy bo‘lgani ma’qul. Masalan, ikkita
tanlashda kuzatiladigan brak tovarlar umumiy sonining o‘zgaruvchisini tasodifiy
miqdor deyiladi. Tasodifiy miqdorning o‘zi ikkiga bo‘linadi: diskret va uzluksiz.
Diskret miqdorda mutloq bo‘lgan qiymatlarning soni cheklangan bo‘ladi.
Masalan, Shaxrisabz sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘rik sharbatini
reytingini aniqlab berish uchun 10 ta degustatorni jalb qildi va ulardan 0,1,2,3 balli
tizimda ishlashni talab etdi. Tasodifiy miqdor ushbu tanlash nuqtalarining har
23
biriga 10 ta sonlarni jamlash bilan baho beradi. Bu yerda min=0, max=30.
Tasodifiy
miqdorni
x
bilan belgilasak 31 qiymatni olishimiz mumkin. Agarda
tasodifiy miqdorning qiymatlarini hisoblab bo‘lmasayu, ular qandaydir
intervaldagi nuqtalarga mos kelsa, bu o‘zgaruvchi uzluksiz tasodifiy miqdor
deyiladi. James T. McClave, Terry Sincich diskret
va uzluksiz miqdorlarga
quyidagicha ta’rif beradi “Sanoq sonli qiymatlarni qabul qiluvchi tasodifiy
o‘zgaruvchilar diskretli... . Intervalda mavjud har qanday nuqtaga mos keladigan
qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan tasodifiy miqdorlar uzluksiz deb
ataladi”.
Binomial, Puasson va gipergeometrik tasodifiy miqdorlar ham mavjud.
Agarda ikkita ro‘y berishi mumkin bo‘lgan natijalardan birini ro‘y berishligi
binomial tasodifiy miqdor deyiladi. Masalan, studentlarni o‘qishini olaylik. 100
kishini tekshirishimiz (
Do'stlaringiz bilan baham: