Asosiy tayanch iboralar
Statistik jamlash (svodkalash)
Statistik guruhlash
Guruhlash belgisi
Guruh intervali (oralig‘i)
Ikkilamchi guruhlash
Ko‘p o‘lchamli guruhlash
Statistik jadval
Jadval maketi
Statistik grafik
Grafik tasvir
Grafik maydon
Maydon o‘lchovi
Masshtab (miqyos)
Shkala
Grafik tal¢in
Dinamik grafiklar
Variatsion grafiklar
Geografik grafiklar
Analitik grafiklar
Nuqtali grafiklar
Chizi¢li grafiklar
Yassi grafiklar
Hajmli grafiklar
Diagramma
Xaritogramma
Gistogramma
Poligon
Kumulyata
Ogiva
Taqqoslovchi grafiklar
Bilimingizni sinab ko‘ring
1.
Statistik jamlash umumiy jamlash (yig‘indi)dan nima bilan farq qiladi?
2.
Statistik jamlash qanday turlarga bo‘linadi va qanday bosqichlarda amalga
oshiriladi?
3.
Savdo korxonalari ulgurji va chakana korxonalarga ajratiladi, talabalarning
dars qilish soati bilan ularning fanlardan o‘zlashtirish darajasi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rganish uchun, talabalar dars qilish soati bo‘yicha guruhlarga
83
bo‘lindi, korxona ishlovchilari ish staji bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Bu
taqsimlashlar guruhlashning qaysi turiga kiradi? Javobingizni izohlang va
isbotlang.
4.
Guruhlashning qanday belgilarini bilasiz? Har bir belgiga misol keltiringchi?
5.
Guruhlar soni va intervalini aniqlashda nimalarga e’tibor berasiz?
6.
Birinchi guruh 18 yoshgacha, ikkinchi 18-20 yoshgacha deyilsa, 18 yoshli
talabani qaysi guruhga qo‘shasiz? Guruh chegarasini aniqlashda qanday
qoidalarga rioya qilasiz? Ularga misol keltiring?
7.
Ikkilamchi guruhlash nima uchun kerak?
8.
Klaster-tahlil qanday muammoni hal ¢iladi?
9.
Qanday jadvallarni bilasiz? Statistik jadval ulardan nima bilan farq qiladi?
10.
Oddiy, guruhiy va kombinatsion jadvallar chizing? Ularni tuzishda 10
qoidaga rioya qilish esingizdan chiqmasin.
11.
Grafik tasvirda qaysi unsurlar qatnashadi?
12.
Statistik grafiklar tasviida qaysi unsurlar qatnashadi?
13.
Fakultetingiz bo‘yicha keyingi o‘n yil uchun talabalar sonining o‘sish
diagrammasini tuzing.
14.
Guruhingiz uchun talabalarning “Statistika” fanidan olgan baholari bo‘yicha
doiraviy diagramma tuzing.
15.
Institutda 6000 ta talaba bor ekan. Ularning 2100 tasi”Moliya- iqtisod”
fakultetida;
1900-“Kredit-iqtisod”;
1200-“Hisob-iqtisod”;
800-
“Umumiqtisod” fakultetida ta’lim olishadi. Bu holatni grafikni qaysi bir turi
bilan yorqin ifodalasa yaxshi bo‘ladi?
16.
Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning qaysi turlarini bilasiz?
17.
Statistik grafiklar reklama bozorida ishlatilishi mumkinmi?
18.
Reklama shitlarida maxsus plakatlarda, gazeta va jurnallarda ko‘rgan
grafiklarni eslang va ularni o‘z daftaringizga chizing? Agarda, siz ko‘rgan
grafiklardan 10 tasini daftaringizga chiza olsangiz, e’tiborli kuzatuvchi
hisoblanasiz va bu mavzudan a’lo baho olasiz.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |