77
diagarammalarda radiuslari teng bo‘lgan bir xil turdagi diagrammalar) qo‘llaniladi(3.9-
rasm).
0%
20%
40%
60%
80%
100%
2015
2016
2017
2018
чорвачилик
махсулотлари
бошка дехкончилик
махсулотлари
дон
махсулотлари
пахта
а
3.9-rasm. “Marjon buloq” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
to‘g‘risida ma’lumot, foizda (ustunli taqqoslash diagrammasi)
Hodisalar
vaqt
bo‘yicha
o‘zgarishini tasvirlash uchun
dinamika
diagrammalari
tuziladi.
Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat,
doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin.
Dinamika
diagrammalari turini tanlash, asosan, boshlang‘ich ma’lumotlar
xususiyatlariga, tadqiqot maqsadlariga bog‘liq. Masalan, teng bo‘lmagan
oraliqlardagi davrlar darajalarini o‘rganish uchun ustunli, kvadratli yoki doirali
diagrammalar ishlatiladi. O‘zgarish sur’ati qatorida darajalar soni ko‘p bo‘lganda
chiziqli diagrammalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chiziqli diagrammalarda
hodisalar o‘zgarishi siniq chiziqlar orqali yaqqol ko‘rinadi.
Bundan tashqari,
chiziqli diagrammalarni ishlatish quyidagi hollarda qulaydir: hodisalarni o‘zgarish
tendentsiyasi va rivojlanish darajasini tasvirlash lozim bo‘lsa; bitta grafikda bir
necha dinamik qatorlar ko‘rsatkichlarini solishtirish maqsadida tasvirlash zarur
bo‘lganda; o‘sish darajalarini, sur’atlarini taqqoslash
uchun tasvirlash muhim
hisoblansa.
Chiziqli grafiklarni tuzish uchun to‘g‘ri chiziqli koordinatalar tizimi
qo‘llaniladi. Odatda, abtsissalar o‘qi bo‘yicha vaqt (yillar, oylar va boshqalar),
ordinatalar o‘qi bo‘yicha esa – tasvirlanayotgan hodisalar yoki jarayonlar miqdoriy
78
ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Ordinatalar o‘qiga miqyoslar kiritiladi. Ularning
tanlanishiga alohida e’tibor berish zarur, chunki bunga grafikning yaqqol ko‘rinishi
bog‘liqdir. Agar abtsissalar qo‘idagi shkala uchun miqyosni ordinatalar o‘qidagi
miqyosga nisbatan taqqoslash uchun uzaytirilsa, hodisalar o‘zgarish sur’atidagi
tebranishlar kamroq ajralib ko‘rinadi
va aksincha, ordinatalar o‘qidagi miqyosni
abtsissalar o‘qidagi miqyosga nisbatan oshirish keskin o‘zgarishga sabab bo‘ladi.
Vaqtning teng davrlari va darajalari miqyosni shkalaning teng kesimlariga muvofiq
kelishi zarur(3.10-rasm).
3.10-rasm. Don mahsulotlari hosildorligini ifodalovchi
chiziqli diagramma (ts/ga)
Statistika amaliyotida ko‘pincha teng o‘lchovli shkalaga ega grafik tasvirlar
qo‘llaniladi. Unda abtsissa o‘qi bo‘yicha mutanosib ravishda davrlar, ordinata o‘qi
bo‘yicha esa hodisalarning miqdoriy darajalari shkalalardagi raqamlar bilan
ifodalanadi.
Ba’zi grafikning o‘zida bir necha bir xususiyatli hodisalar tasvirlanishi
mumkin.
Bunda hodisa mohiyati, o‘lchovlari, davrlari bir-biriga mos bo‘lishi
kerak. Bu hodisalarni alohida va yaqqolroq ko‘rish uchun har bir hodisani
tasvirlovchi chiziqlar bitta grafik maydonda turlicha (rangli, shtrixli va
h.k.)tasvirlanadi.
Ba’zan grafikda o‘lchov birligi turlicha bo‘lgan ikkita ko‘rsatkichlar
o‘zgarish sur’atlarini tasvirlash zaruriyati tug‘iladi. Bunday holatlarda bitta emas,
79
ikkita miqyosli shkala ishlatiladi. Ularning biri o‘ng, boshqasi esa chap tomondda
joylashtiriladi.
Dinamika qatorlari darajalarining davrlar bo‘yicha o‘zgarishi juda katta
bo‘lgan hollarda hodisalarni tasvirlash uchun
logarifmik diagrammalardan
foydalaniladi. Bunda
grafik tasvir o‘lchovlari ordinata o‘qi bo‘yicha har xil
masshtablar yoki teng bo‘lmagan shkalalarda logarifmga asoslanib teng o‘lchovli
shkalalar belgilanadi. Ya’ni 10 birlik o‘nli logarifm bo‘yicha 1 ga, 100 birlik esa 2
ga, 1000 birlik 3 ga va h.k. ko‘rinishida o‘lchovlar belgilanadi. Bunda logarifmik
o‘lchov va haqiqiy o‘lchov bir vaqtda bir-biriga parallel (grafik maydonning ikki
tomonida) shkalalarda yoki bitta logarifmik shkalada belgilanadi.
Dinamika
qatorlarini
tasvirlashda
qutbli
koordinatalar
tizimida
tasvirlanadigan radial diagrammalar ham qo‘llaniladi. Radial diagrammalar davriy
o‘zgaruvchi (tsiklik), ma’lum bir ritmik harakatdagi hodisalarni tasvirlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular, ayniqsa, mavsumiy hodisalar darajalarining
tebranishini tasvirlashda keng qo‘llaniladi(3.11-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: