Amerikaning “hoshimjon”iga do’stona taklif



Download 29,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi29,5 Kb.
#268891
Bog'liq
AMERIKANING “HOSHIMJON”I


AMERIKANING “HOSHIMJON”IGA DO’STONA TAKLIF

(Tom Soyerga maktub)

Yosh bo’lishiga qaramasdan, ulkan masalalarni osongina hal eta oladigan mening qahramonim, Tom Soyer, ahvollaringiz qay darajada? Nazarimda, ayni paytda qaroqchilik bilan band bo’lsangiz kerak-a? Ochig’ini aytaman, ko’p jihatlaringiz antiqaligi bilan meni lol qoldirdi. Shu sababdan ham sizning muxlisangizga aylangan bo’lsam ajab emas. Ayniqsa, Oltin qalbli dovyurak do’stim, men sizni o’zimizning Hoshimjonga o’xshatdim. Rostdan ham har ikkalangizning ko’p jihatlarining bir-biriga o’xshash. U ham sizdek sarguzashttalab, yerga ursa, ko’kka sanchiydigan bola. Ikkalingiz ham juda sho’x bo’lishlaringizga qaramay, yuraklaringizda zarracha ham g’ubor yo’qligi samimiy harakatlariningizdan ko’rinib turadi. Otash qalblaringiz deyarli bir xil. Asarni o’qiy boshlagandanoq, shumliklaringizga, xarakteringizga guvoh bo’lganimdan so’ng ko’z o’ngimda bir zumda Hoshimjon gavdalandi. Shunda men insonlar boshqa-boshqa millat vakillari bo’lsalar-da, qalban yaqin bo’lishlarini amin bo’ldim. Hoshimjonning sizdan birgina farqi – u barcha ishlarni sehrli qalpoqchasi bilan bajaradi. Siz esa o’z aqlingizni, qobiliyatingizni ishga solasiz. Biroq, Hoshimjon ilm olishga uquvi bo’lmasa-da, o’z qobiliyatlarini kishilarga naf yetkazadigan xizmatlarga bag’ishladi. Biz sizning maktabda avvaliga yaxshi baholar olganingizni qalayi medalingiz borligidan ham xabardormiz. Bundan tashqari, ko’p kitob o’qiganingizni asar davomidagi so’zlaringizdan bilib oldik. Shunday iqtidor egasi, nega endi, qaroqchilik qilmoqchi? O’zingiz ham nomingizni butun dunyoga mashhur bo’lishini juda xohlar edingiz. Mashhurlikka erishish uchun qaroqchilik bilan shug’ullanish to’g’ri yo’l emas, deb hisoblayman. Tinib-tinchimas bola bo’lsangizda, qalbingiz mehr-shafqatga to’laligi, har qanday vaziyatdan uddaburonlik bilan chiqib ketishingiz, dovyurakligingiz, qisqasini aytganda, insoniyligingizning o’zi nomingizni jahonga tanitdi. Beshta insonning umriga zomin bo’lgan vahshiy jinoyatchi hindi Jodan qo’rqmasdan, mardonavor uning qilmishlarini aytib berishingizdagi, iziga tushishingizdagi jasorat bolalarni qo’ya turaylik, ba’zan kattalarda ham yetishmaydi. Sizning o’ta ketgan sho’xliklaringizdan aziyat chekkanlar ham talaygina. Biroq shunga qaramasdan, hindi Joning o’limi ko’rganda unga bir muddat achinganingiz haqiqiy insoniylikka ega ekanliginizga ishora deb bilaman. Bu jihatlaringizni barcha tengdoshlariningizga o’rnak qilib ko’rsatsa, arziydi.



Bilasizmi, men sizning antiqa qobiliyatlaringizni qaroqchilikka emas, balki insonlar uchun foydali, halol mehnatli ishlarga sarflashingizni juda xohlar edim. Hali ham kech emas, bizning Hoshimjonga o’xshab aqlingizni, ajoyib iqtidoringizni to’xtab qolgan ilmingizni boyitish uchun sarf etsangiz, ezgu ishlar uchun bag’ishlasangiz, o’zingiz kutgandek, yaxshi nom ostida butun jahonga nafi tegadigan mashhur inson bo’lasiz. Sudya Techer orzu qilganidek, advokat yoki buyuk bir askarboshi bo’lsangiz nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Kelajakdagi hayotingizda kim bo’lishingizdan qat’iy nazar biz sizni yaxshi ko’rib qolaveramiz, Tom Soyer.

Termiz tumani 9-maktab 9-sinf o’quvchisi Gulinor Xolmurotova
Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish