Amerika o‘rta asrlarda 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 42-mavzu Xo‘jalik taraqqiyoti.
Olimlarning fikricha, Amerika qit’asiga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo‘g‘ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan 40 ming yil avval o‘ta boshlagan va bu jarayon uzoq davom etgan.
Hindular hayotidan
Bu qabilalarning asosiy qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan. Ammo Markaziy va Janubiy Amerikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida dehqonchilik xo‘jaligi vujudga kelib, keng taraqqiy etgan. Amerikaning katta qismida xonakilashtirilgan hayvonlar bo‘lmagan.
Ular uy hayvonlaridan shimolda itni, janubda tuyasimon – lamani boqishgan.
Ot, sigir, qo‘y va echkilar qit’aga keyinchalik Yevropadan olib kelingan.
Tuyasimon – lama
Mayyalar davlati.
Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida (hozirgi Meksika) qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar- davlatlar vujudga keladi.
Asteklar davlati.
Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida joylashgan. Bu yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta ko‘l o‘rtasidagi orollarda XII asrda Tenochtitlan shahriga asos soladilar, ular sun’iy to‘g‘onlar bunyod etishgan, ibodatxonalar va saroylar qurishgan.
O‘rta asrlardagi Tenochtitlan shahri
Asteklarda yer taqchil bo‘lganidan ko‘l tagidan suv o‘simliklari va unumdor loyni ko‘tarib, sollarda «suzuvchi dalalar» ham yaratganlar.
Bu o‘ziga xos ekinzorlardan yiliga bir necha marta hosil olingan.
Asteklar urug‘ jamoa bo‘lib yashaganlar. Jamoa boshliqlari saylab qo‘yilgan. Ekin maydonlari jamoa a’zolariga taqsimlab berilgan.
Asteklar
Inklar davlati.
Kechua tillariga mansub inklar XII–XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar.
Janubiy Amerikaning And tog‘lari yonbag‘ridagi vohalarda inklar davlati vujudga kelgan.
Kusko shahri
Inklar boshqa qabilalar yerlarini bosib olib, And tog‘laridan Tinch okeaniga qadar ulkan xududda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatadilar.
Inklar jangchilari
Bu davlatni Oliy Inka boshqargan. U «Quyoshning o‘g‘li», uning yerdagi ramzi sanalgan.
Inklardan bo‘lmagan aholi jamoa bo‘lib yashab, hukmron toifa uchun ishlagan.
Jamoa dehqonlar oilalaridan tashkil topib, ularning har biriga ma’lum yer, ekin maydoni biriktirib qo‘yilgan.
Inklarda hunarmandchilik yuksak rivojlangan. Oltin, kumush qazib olinib, ulardan buyumlar tayyorlash, kulolchilik va zargarlik, to‘qimachilik, bo‘yoqchilik, qurilish sohalari ayniqsa yuksalgan. Poytaxt Kuskoni viloyatlar bilan bog‘laydigan, umumiy uzunligi 15 minglab kilometr bo‘lgan tosh yo‘llar barpo etilgan, viloyatlar orasida pochta xizmati o‘rnatilgan. Savol va topshiriqlar 1. Amerika tub aholisining mashg‘ulotlari haqida gapirib bering. 2. Mayyalar tarixi va madaniyati haqida nimalarni bilasiz? 3. Astaklar kim? Ular haqida so‘zlab bering. 4. Inklar davlati qachon va qayerda vujudga kelgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |