Siydik chiqarish kanali - urethra siydik pufagining bo'ynidan boshlanadi, orqaga tortiladi va urg'ochi haywanlarda qin va siydik-jinsiy dahliz chegarasida divertikula payda qilib qinning ventral devoriga, erkak haywanlarda jinsiy a'zoning boshchasiga ochiladi. Siydik chiqarish kanalining devori shilliq, muskul va biriktiruvchi to'qimali pardalardan tashkil topgan.
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR
siydik ayirish organlarini o'rganib, ularning rasmini chizing, lo'g'at tuzing.
siydik ayirish tizimiga qaysi organlar kiradi?
buyrakning tuzilishi va topografiyasini ayting.
siydik yo'li va siydik pufagini tuzilishi hamda topografiyasini ayting.
siydik chiqarish kanalining tuzilishi va topografiyasini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |