A’MELIY JUMIS № 13
Bo’lip shig’ariw organlari anatomik du’zilisi
Sabaqtin’ maqseti: siydik ayirish organlari tizimi: buyrak, siydik yo'li, qovuq, siydik chiqarish kanali hamda siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o'rganish.
Ko’rgizbeli materiallar: har xil haywanlarning buyragi, siydik yo'li, qovug'i va siydik chiqarish kanalini quruq va ho'l preparatlari, sxema va tirik haywan.
Buyraklar - renes (nephros) juft organ bo'lib, bezli chiqarish kanalchalariga boy. Qoramollar buyraklari usti notekis ko'p so'rg'ichli bo'lib, buyrak bo'laklari har xil kattalikda bo'ladi.
Buyrakda ikkita uchi - kranial - extremitas cranialis va kaudal - extremitas caudalis, ikki cheti - lateral - margo lateralis va medial - margo medialis, ikki yuzasi - dorsal - facies dorsalis va ventral - facies ventralis farqlanadi. Buyrakning kaudal uchi kranial uchiga nisbatan keng, uning lateral cheti qavariq, pastga osilgan, medial cheti esa to'g'ri yoki sezilarsiz botiq va dorsal tomonga yo'nalgan; medial botiq chetida buyrak chuqurchasi - fossa renalis joylashadi; qoramolda ushbu chuqurcha ancha keng, buyrakka tomirlar va nervlarni kirish va undan siydik yo'lining naychalarini chiqish joyi hisoblanadi. Buyraklar tashqi tomondan fibroz kapsula - capsula fibrosa bilan qoplangan. Fibroz kapsulaning ustida yog' kapsulasi - capsula adiposa yotadi.
Buyrakni bo'ylamasiga kesib ko'rilganda, uchta: siydik ajratuvchi, siydik chiqaruvchi va chegaralovchi zonalari farqlanadi. Siydik ajratuvchi yoki po'stloq zonasi - zona corticalis buyrakning periferiyasida joylashib, to'q-qizil rangda bo'ladi. Siydik chiqaruvchi yoki mag'iz zonasi - zona medullaris buyrakning markazida joylashadi va birmuncha yorqin rangga ega. CHegaralovchi zonasi - zona intermedia yuqoridagi ikkita zonaning oralig'ini egallab, yorqin qizil rangda bo'ladi.
Chegaralovchi zonada buyrak arteriyasi va venasi - a. et v.renalis dan boshlanuvchi bo'laklararo arteriya va venalar - aa. et vv.interlobaris ning tarmoqlari bo'lgan yoysimon arteriya va vena - aa. et vv.arcuatae lar joylashadi. Yoysimon arteriyalardan siydik ajratuvchi zonaga bo'laklararo arteriya - aa. interlobulares lar chiqadi. Ularning yon tarmoqlarida tomirlar kalavasi - glomeruli vasculosis payda bo'ladi.
Tomirlar kalavasi buyrakning SHumlyansk - Boumen kapsulasi - capsula glomeruli ning kosachasimon chuqurchasida joylashib, ular birgalikda buyrak tanachalari - sorpusculis renis ni payda qiladi. Buyrak tanachalaridan egri-bugri siydik ajratish kanalchalari - tubuli renales contorti boshlanib, ular siydik ajratish zonasining asosini tashkil qiladi. Egri-bugri kanalchalar to'g'ri kanalchalar - tubuli recti ga o'tadi. To'g'ri kanalchalar siydik chiqaruvchi zonaga nursimon ko'rinish berib yo'naladi. Bu erda ular buyrak so'rg'ichlari yuzasiga ochiladigan yig'ishtiruvchi kanalchalar bilan qo'shilishadi. Barcha so'rg'ichlar buyrak chuqurchasiga qaragan va uchida siydik yo'lining tarmoqlangan naychalari bo'lgan buyrak kosachasi - calices renales ga osilib turadi. Siydik yo'li naychalari buyrak chuqurchasining qarshisida ikkita yirik oxirgi yo'llarga birlashadi. Ular bir-biri bilan qo'shilishadi va siydik yo'li - ureter ni payda qiladi.
O'ng buyrak bel sohasida 12-nchi qabirg’adan to 2 - 3-nchi bel omirtqasigacha bo'lgan joyda joylashadi. Dorsal tomondan u belning katta muskuli va diafragmaning o'ng oyoqchasiga tegib turadi; uning oldingi uchi jigarning buyrak chuqurchasida joylashadi. Ventral tomondan u oshqozon osti bezi, shuningdek, ko'richak va chambar ichaklar bilan chegaralangan.
Chap buyrak o'zining xususiy tutqichida osilgan va 2 - 5-nchi bel omirtqalari to'g'risida o'ng va chap tomonlarda joylashadi. Katta qorinning uzoq muddatli bosimi natijasida buyrakning lateral yuzasida, uning oldingi uchi yaqinida katta qorin chuqurchasi mavjud.
Haywanlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. Otda - usti tekis bir so'rg'ichli; odatda chap buyrak uzunchoq, loviyasimon, o'ng buyrak esa yuraksimon shaklga ega; buyrak chuqurchasi medial chetida joylashadi va ventral tomondan yaxshi ko'rinadi; fibroz varaq, yog' kapsulasi, siydik ajratuvchi, siydik chiqaruvchi va chegaralovchi zonalar qoramolniki singari tuzilishga ega; buyrak piramidalarining soni 40 - 64 taga etadi; o'ng buyrak o'ng qabirg’alar ostiga, 16-nchi qabirg’a to'g'risigacha surilgan va jigarga tegib turadi; orqa tomondan u ko'r ichakning boshiga tekkan holda 2-nchi bel umumrtqasiga boradi. Chap buyrak 1 - 3-nchi bel omirtqalari qarshisida joylashadi; u o'zining oldingi uchi bilan oshqozon osti bezining chap bo'lagiga, orqa uchi bilan och ichak va kichik chambar ichak ilgagiga tegib turadi; lateral tomondan u taloq asosi bilan, kraniomedial tomondan esa chap buyrak usti bezi bilan chegaralanadi. Har ikkala buyrak dorsal yuzasi bilan bel muskullari va diafragma oyoqchalariga tegib turadi, ventral tomondan yog' kapsulasi va qorin pardasi bilan yopilgan. Ikkala buyraklar o'rtasidan buyrak usti bezi va bel sisternasi bilan bir qatorda, yirik qon tomirlar: aorta va keyinli kovak vena o'tadi.
Cho'chqada - buyrak usti tekis, ko'p so'rg'ichli, loviyasimon shaklda, fibroz kapsula bilan qoplangan va deyarli butunlay yog' to'qimasi bilan o'ralgan. Bo'ylama kesimida aniq qo'shilgan siydik ajratish zonasi va butunlay ajralgan siydik chiqaruvchi zonalari ko'rinadi. Buyrak so'rg'ichlari 10 - 12 ta bo'lib, har bir so'rg'ich kosacha bilan o'ralgan. Buyrak kosachalari to'g'ridan-to'g'ri buyrak jomi - pelvis renalis ga ochiladi. Buyraklar 1 - 4-nchi bel omirtqalari ostida joylashadi. O'ng buyrak jigarga tegmaydi.
Itda - buyrak usti tekis, bir so'rg'ichli. Ularning shakli loviyasimon. Bo'ylamasiga kesimida siydik ajratish va siydik chiqarish zonalari aniq ajralib turadi. Siydik ajratish zonasida buyrak piramidalari asosidan ko'tariluvchi mag'iz nurlari yaxshi ko'ringan. Buyrak bo'lakchalari 12 tadan 17 tagacha bo'ladi. Buyraklar 1 - 3-nchi bel omirtqalari ostida joylashadi. O'ng buyrak jigarga tegib turadi va unda chuqurcha payda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |